23-mavzu. Dumalash podshipniklari to‘G‘RI­sida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi. Dumalash podship­nik­­larining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi


Podshipnik detallaridagi kontakt kuchlanishlar



Yüklə 354,77 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü354,77 Kb.
#182678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI

Podshipnik detallaridagi kontakt kuchlanishlar. Podshipnikdagi kontakt kuchlanishlarni Fo, F1, ... , Fn ma’lumligida aniqlash qiyin emas va bu kontakt kuchlanishlarni aniqlash usullari bilan chuqur tanishishga hojat ham yo‘q. Chunki, amalda podshipniklarning hisobi (yoki ularni tanlash) kuchlanishlar bo‘yicha emas, balki yuklamalar bo‘yicha olib boriladi.
Halqalar va sharchalarning kontakt yuzasidagi har bir nuqtada kontakt kuchlanishlar pulsatsiyalanuvchi davrli yuklanish (23.5-rasm) bo‘yicha o‘zgaradi. 23.5-rasmda ichki halqa aylan­gandagi a va b nuqtalardagi kuchlanishlar tasvirlangan.

23.5 - rasm. Kuchlanishlarga oid tarh
Halqalarning dumalash ariqchalarining har bir nuqtasidagi kuchlan­ish­lar davri sikli mana shu nuqtaga navbatdagi sharchaning ko‘chish vaqtiga tengdir.
Podshipnik detallarining ishchi yuzalari yemirilishining toliqish tavsifiga egaligi o‘zgaruvchan kontakt kuchlanishlarga bog‘liqdir. Shuni qayd etish lozimki, podshipnikning toliqishga qarshiligini ichki yoki tashqi halqalarning qaysi biri aylanayotganligi belgilaydi. Ichki halqaning aylanishi ma’qul holat hisoblanadi (bu holda tashqi halqa qo‘zg‘almasdir). Amalda ham valning aylanishi korpus qo‘zg‘al­mas bo‘lganda ko‘p uchraydi. Darhaqiqat, Fo yuklamada halqalarning a nuqtasidagi kuchlanish (23.4-rasm) b nuqtadagi kuchlanishdan kat­taqordir, chunki a nuqtada sharcha qavariq, b nuqtada esa botiq yuza bilan o‘zaro kontaktda bo‘ladi. Mana shu sharoitlarda kuchlan­ishlar siklining bir xil soni avvalambor a nuqtada toliqishdan yemirilishni keltirib chiqaradi. Halqalar ish sharoitini tenglashtirish tadbiri sifatida b nuqtaga nisbatan a nuqtada kuchlanishlar sikli sonini kamaytirish qabul qilingan. Mana shu maqsadga ichki halqa va val birgalikda aylan­ganda erishiladi, chunki yarim aylanishda a nuqta butunlay yuksizlansa, qolgan ikkinchi qismning katta bo‘lagida a nuqta to‘liq yukla­n-maydi (23.5 - rasmga qarang).

Yüklə 354,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin