23-mavzu. Matn. Matnning tuzilishi. Reja



Yüklə 51,86 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2023
ölçüsü51,86 Kb.
#187762
  1   2   3   4
23-mavzu


23-MAVZU. MATN. MATNNING TUZILISHI.
REJA:
1.Matn va uning turlari
2.Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.
3.Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.

Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.


Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol- javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi.
Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdirTavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea- hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.

Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.


Matn tilini ilmiy organishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), soz (tilning asosiy markaziy birligi), soz birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida organadi.
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham ozaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo - matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida organish mumkin.

Hozir yurtimizda matn tilshunosligiga doir yirik asar yoki darslik, nazariy konsepsiya yoq. Bu sohada yaratilgan ba’zi oquv qollanmalarigina mavjud, biroq ular hali ommalashmagan. Matn tilshunosligida xorijda taklif etilgan kopgina nazariy qarashlar mavjud. Ulardagi ijobiy jihatlardan oz darslarimiz va amaliy faoliyatimizda, matn tabdili va tahlili sohalarida foydalanish mumkin. Olimlar koproq mumtoz asarlar matnini tayyorlash va uni organish sohasida oz fikrlarini aytmoqdalar. Biroq mumtoz asarlarimizning Garb tillariga tarjimalarini organish, ular tahlili va tabdili masalalarini ham unutmaslik lozim.
Tarjima doim asosan til va adabiyot oraligida bolib kelgan; shu sababli ba’zan xorijiy tadqiqotchilar tarjimaning tilshunoslik va adabiyotshunoslik bilan bogliq bolimlarini korsatadilar, lekin ularga hech qachon ikki mutaxassislik sifatida qaramaydilar. Matnshunoslar badiiy asarlar matniga yassi(gorizontal) va tik(vertikal) holatlar jihatidan qaraydilar. Birinchi holatda matn, abzats, murakkab sintaktik birikma va gap farqlansa, ikkinchi — tik holatda matn ichidagi barcha xususiyatlar mazmunni tashkil etishi ko’rinadi. Tarjimada ham ana shu ikki holat e’tiborga olinadi.
Fikrimiz dalili — 2004 yili Kambrij universiteti nashriyotida chop etilgan Basil Xatimning “Tarjima” nomli darsligi va yana shu muallifning “Tarjima va bu sohada ilmiy-tadqiqot olib borishga o’rgatish” nomli o’quv qo’llanmasida aynan shunday qarash mavjud.
Yaxshi tarjima natijasida asar muallifining uslubi, o’z “ovozi”, mahorati, ba’zi til alomatlari saqlanib qoladi.
Shu ijobiy xislatlar mohir tarjimon Ibrohim G’afurov tomonidan Chingiz Aytmatovning rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan “Qulayotgan tog’lar” asari matnida ko’plab topiladi.
Tarjimada I.G’afurov o’zining tilni chuqur bilishini namoyish etgan.
Nazarimda, uning tarjima jarayonida qo’llaydigan o’z lug’ati bor. Mana, e’tibor bering: “...kaboblarning hidlari ko’kka o’rlagan”; ...serizdihom azim shaharda turar” “olti oy muz-qori erimaydigan terskaylarda istiqomat qilardi. Shuning uchun uni qorli tog’lar ilvirsi deb atashardi, qor uyurimlari...”; “...echkilar hurkak, sezgir ko’zlarini yiltiratib...”; “...ular tovushdan ham tez uchishadi – jonlari, tuyoqlarining kuchida – barashmaydi...”, “...suvloqdan bosh ko’tarib, ...suvotga borayotgan kiyiklar...”
Bu soz va iboralarning kopchiligi hattoki besh jildli izohli lugatdan ham topilmaydi. Asliyat matniga tarjima jarayonida qanday yondashish, zarur so’z va iboralarni topib, ularni o’z o’rniga qo’ya olish, urf-odat, madaniyat, psixologiya va hayotning eng nozik tomonlarini yaxshi bilish natijasida Chingiz Aytmatovning “Qulayotgan toglar” asari goyo ozbek tilida yozilgandek tuyuladi.
Matnshunoslarni tayyorlashda xorijiy tillarni, xususan, turk, arab, fors, hind, xitoy, koreys, yapon, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan va boshqa tillarni orgatish foydadan holi emas. Chunki ozbek mumtoz adabiyoti namunalaridan ba’zilari ana shu tillarga tarjima qilinib nashr etilgan. Hozirgi davrda arab va fors tillaridan ozbek tiliga yoki, aksincha, ozbek tilidan arab va fors tillariga tarjima qiluvchilar koproq topiladi. Biroq Garb tillaridan, hattoki, rus tilidan ozbek tiliga yoki, aksincha
ozbek tilidan rus tiliga tarjima qiluvchilar ancha kamroq. Albatta, matnshunoslik va manbashunoslik adabiyotshunos, tilshunos, psixolog, tarixchi va faylasuflarni birlashtirib turadi.
Uzoq paytlardan buyon asosiy semiotik belgi sifatida lug’aviy birlik – so’z qarab kelinayotganligini bilamiz.
Keyinchalik lisoniy belgilar qatoriga so’z birikmasi va gap kiritildi. Lekin matnning shu qatordan o’rin olishi bir oz qiyin kechmoqda. Xosh, nimalarga asoslangan holda matnni lisoniy belgi va, tabiiyki, birlik sifatida qarash mumkin?
Ma’lumki, «belgi» semiotikaning asosiy tushunchasi va semiotik tadqiqotlar oldiga belgilarni ajratish hamda tavsiflash vazifasi qo’yiladi. Belgini ajratish uchun uning shakliy tuzilishini farqlash yetarli emas, bunda u yoki bu belgi tashiydigan axborot - ma’noni anglash ham muhimdir. Axborotning belgilar vositasida uzatilishi, tadqiq qilinishi voqelikni tasavvur qilishning faqat insonga xos shaklidir. Belgilar vositasidagi tasvir umumlashtirish va o’rin almashtirish harakatlarining bajarilishini talab qiladi. Bu harakatlar, oz navbatida, lisoniy tafakkur faoliyati jarayonida bajariladi.

An’anaga binoan matn birliklari yoki belgilarining ketma-ket qatorda birikishidan hosil boladigan murakkab tuzilma sifatida qaraladi. Bunday tuzilma tarkibidagi har bir til belgisi ma’lum bir ma’noga ega. Demak, matn ham alohida korinishdagi belgi deb qaralishi lozim. Lekin ba’zilar matnni bu xususiyatga ega ekanligini inkor etadilar.
Matnni lisoniy belgi maqomiga ega bolish imkoniyatini bunday qat’iy inkor etilishining sababi uni til tizimi birliklari guruhiga kiritmaslik an’anasi bilan bog’liq. Belgining idealligi uning ma’nosida. Ma’no, o’z navbatida, belgining harakati, rivoji asosida shakllanadi. Matnga doimiy harakat, dinamika xosdir. Uning mavjudligi materiyaning asosiy harakat shakllari bilan bogliq va ma’no-mazmuni ham shunday harakat davomida namoyon boladi.
Haqiqatdan ham, Moskva va Tartu shaharlarida to’plangan bir qator adabiyotchi olimlar alohida belgilardan tarkib topadigan matnni ikkilamchi belgilar tizimidan o’rin oladigan hodisa sifatida talqin qilmoqdalar, ammo bunday qarashda matn madaniy belgi maqomini oladi. Matnga madaniy vazifa xosligini inkor etmagan holda, uning ayni paytning ozida lisoniy hodisa ham ekanligini unutmaslik lozim. Matnni belgi sifatida organish g‘oyasi Tartu universitetida faoliyat korsatgan strukturalistlar maktabi tomonidan keng miqyosda targib qilinib kelinmoqda.
Otgan asrning 60-yillarida «global semiotika» oqimi vakillarining ishlarida matnning invariant xususiyatlarini aniqlash va matn lingvistik tadqiqini til estetikasi bilan bog’lash harakati ildamlashdi. Bu yo’nalishda bajarilgan ishlarning ba’zilari qo’llanilgan tahlil usullari bilan farq qilsalar-da, ularning barchasining mantiqiy asosini matnning «quyi» bosqichidagi birliklaridan «yuqori» pog’onalari sari yurish va oxirgi natijani yaxlitlikdan, umumiy kontekstdan izlash an’anasi tashkil qiladi. Shu oqim tarafdori R.Bart matn tilshunosligini «Translingvistika» deb atab, «matn» tushunchasini keng ma’noda talqin qiladi va har qanday nutqiy tuzilmani unga tenglashtiradi. Fransuz olimi badiiy matn mazmuni kontekstual xususiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. U matnning mavjudligini «harakatdagi ma’noda» va «bu harakatning o’zi ma’no yaratish jarayoni» ekanligini ko’radi. Bart ma’no yaratilishining kontekstga bog’liq omillarini qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning tasnifini ham beradi va kontekstlar qatoriga matnning o’kuvchi tomonidan idrok etilishi sharoitlaridan tashqari, matn mavjud bo’ladigan («hayot kechiradigan») ijtimoiy muhit, «vaziyat» kontekstlarini ham kiritadi.
Translingvistikaning organish obyekti bolgan badiiy matn bunday qoshimcha, ikkilamchi axborot manbasi bolayotib, madaniy hodisalar safidan orin oladi. Shunga kora, uning oziga xos ko’rinishda
ifoda topgan va lisoniy hududda qayd etilgan, tilshunoslikning katta hajmdagi lisoniy tuzilmalar, madaniy shakllar haqidagi fan sifatida e’tirof etilishi tabiiydir.
Badiiy matn mazmuni tahlilida kontekstga bogliq omillardan tashqari, uning oquvchi tomonidan idrok etilishini ham e’tiborga olish lozim boladi. Badiiy asarning «yagona ma’nosi»ni topish qiyin yoki uning umuman yoqligiga Bart ham ishora qilgan edi.
Bizningcha, olimning ushbu fikriga faqat qisman qoshilish mumkin. «Oxirgi ma’no – cheklangan ma’nodir», deb yozgan edi bir paytlar M.M.Baxtin.
Badiiy asarning mazmuni ma’lum ijtimoiy, madaniy muhitda o’zgacha ko’rinish olishi mumkinligini ham inkor etib bo’lmaydi. Ammo har qanday ko’rinishdagi mazmun uni ifodalovchi birlikning imkoniyatlari zahirasida mavjud bo’lgandagina faol ko’rinishni olishi mumkin.
Ya.Muxarjovskiyning talqinicha, badiiy matn, eng avvalo, kommunikativ vazifani bajaradi va u axborot tashuvchi semiotik birlikdir.
Shunga asosan matnning har bir qismi kommunikativ qiymatga ega bo`ladi
Badiiy matn mazmunini anglash oquvchidan ijodkorona yondashuvni talab qiladi va bunda asar matnining dialogik yaxlitlik tuzilishiga ega ekanligini his etish, uni «bir tomonlama oqish» mumkin emasligini unutmaslik lozim.
Bartning talqinicha esa, har bir ma’no oz-ozicha mavjud, bu ma’nolar hosil bolishi va yoqolishi, boshqalariga orin boshatib berishi mumkin. U holda matn mazmuni qismlarining mexanik tarzdagi birikishidan iborat tuzilishni olishi fransuz semiotigini unchalik qiziqtirmaydi.
Bu yosindagi tahlil, sozsiz, matnning semiotik belgi sifatida qabul qilish, uning tabiatiga xos mundarijaviy belgilarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Zotan, matn mazmunining mohiyati ko’pincha uning boshqa matnlar, madaniy hodisalar bilan bo’lgan aloqasida namoyon boladi. «Matnning asosini, deb yozadi R.Bart, - uning bevosita tahlilga tortiladigan ichki yopiq tuzilish emas, balki boshqa matnlar, kodlar, belgilar bilan bog’liqligi tashkil qiladi».
Bundan ko’rinadiki, olim mazmunning struktur tuzilishini matnlar umumlashuvi, o’zaro birikuvi g’oyasi bilan bog’lash niyatida. Ammo fransuz semiotigining yaxlitni qismlarga ajratib tashlash a’anasidan butunlay forig’ bo’la olmagani aniq ko’rinib turibdi. Bu esa mazmunning asl mohiyatini buzib talqin qilishdan boshqa narsa emas.
Badiiyatda estetik vazifa yetakchilik qiladi, boshqa vazifalar aynan shu yetakchi funksiya doirasida faollashadilar «Global semiotika» oqimining yana bir vakili Yu.Kristeva diqqatni badiiy matn statik tuzilishidan mazmun yaratilishi jarayonlariga ko’chirish tarafdori. Uning e’tiroficha, tayyor yoki tugallangan strukturalarni o’rganishdan ko’ra «ma’no kvantlari»ning hosil bo’lish jarayonini tadqiq qilish ma’qulroq. Bu olima ham xuddi R.Bart kabi matn mazmuni boshqalardan ajralgan holda mavjud bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaydi.
Uningcha, mazmunlar ko’chib yuradi va bir-biriga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham uning matn tahliliga eng to’g’ri yondashuv - transformatsiya amallaridan foydalanishdir.
Olim semiologik yondashuvni badiiy asar matnining ichki tuzilishini tahlil qilishga tatbiq etadi hamda uning har bir unsurining ma’lum bir xususiy ma’noga ega ekanligini hamda ushbu ma’nolar matn umumiy mazmunini shakllantirishda o’z o’rniga ega bo’lishini e’tirof etadi. Badiiy matnning semiologik belgi, hodisa sifatida e’tirof etilishida «o’rindoshlik» mezonidan ko’ra, uning timsollik va estetik qiymatlarini inobatga olish va alohida turdagi kommunikativ vazifani bajarishini unutmaslik talab qilinadi.

Yüklə 51,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin