Vaqt bo‘yicha valyuta kurslari Faraz qilaylik, 10000 $ ni yillik foiz stavkasi 8% bo’lgan dollardagi obligatsiyalarga yoki yillik foiz stavkasi 4%ni tashkil etuvchi iendagi yapon obligatsiyalariga joylashtirmoqchi bo’lyapmiz.
Ayirboshlash kursi hozir 1 $ uchun 100 ¥, o’z navbatida, hozirgi kunda 10000 $ 1 mln. ¥ turadi. Agar siz iendagi yapon obligatsiyalariga mablag’ joylashtirsangiz, u holda bir yildan so’ng u 1040000 ien bo’ladi. Agar dollardagi obligatsiyalarga kapital joylashtirsangiz, unda bir yildan so’ng qo’lingizda 10800 $ bo’ladi.
Bir yildan so’ng dollarning ienga nisbatan kursi 6% ga pasaydi, ya’ni, u 1 $ uchun 94 ¥ bo’ldi. Iendagi obligatsiyalar = 11064 $, ya’ni, yil boshiga nisbatan 264 $ ko’proq.
formulaga muvofiq, xuddi shunday natijaga erishamiz:
Endi qanday ayirboshlash kursida qaysi obligatsiyaga afzallik berish muhimligni aniqlab olamiz. Bizning investitsiyamizni zararsizlik nuqtasiga olib chiqadigan ayirboshlash kursi darajasini topamiz.
formulaga ko’ra, n = 1 da shunday natija olamiz:
.
Olingan natija – 96,29 ¥/$. Shunday qilib, biz riskli variantlardan birini tanlash bo’yicha quyidagicha xulosa qila olamiz: agar ienda ifodalangan $ qiymati yil davomida 3,71% dan ko’proqqa pasayib ketsa, iendagi obligatsiyalar eng yaxshi investitsiyalash varianti bo’ladi.
Turli valyutalarga nisbatan to’g’ri moliyaviy qaror qabul qilish uchun quyidagi qoidadan foydalanish kerak: pulning vaqt bo’yicha qiymatiga bog’liq barcha hisob-kitoblarda pul oqimlari va foiz stavkasi bir valyutada ifodalangan bo’lishi kerak. Bizning misolimizga tatbiqan, bu ienda ifodalangan pul oqimlarining keltirilgan (joriy) qiymatini hisoblash uchun biz ularni iendagi investitsiyalar uchun ¥ foiz stavkasidan foydalangan holda diskontlashimiz kerak. $ da ifodalangan pul oqimlarining keltirilgan (joriy) qiymatini hisoblashda esa $ foiz stavkasidan foydalaniladi. Ienda ifodalangan to’lovlarning keltirilgan (joriy) qiymatini hisoblashda $ foiz stavkasidan foydalanish xato natijalarga olib keladi.
Kapitalni optimal joylashtirish bo’yicha misolni ko’rib chiqamiz. Biz 10000 $ ni AQSh yoki Yaponiyaga joylashtirish imkoniyatiga egamiz. Yapon loyihasi 5 yil davomida yiliga 500,0 ming ien daromad keltiradi, besh yilga mo’ljallangan, Amerika loyihasidan tushgan mablag’ esa 5200 dollarni tashkil etadi. $ ning foiz stavkasi yillik 6%, iendagi foiz stavkasi yillik 4%, joriy ayirboshlash kursi 1 $= 100 ¥ ni tashkil etadi.
Dollardagi 6%lik foiz stavkasi yordamida Amerika loyihasining sof keltirilgan qiymatini topamiz, buning uchun esa avval keltirilgan qiymatni topish lozim: