Bir necha pul oqimlarining keltirilgan qiymati qiymati ANNUITETLAR Ko’pincha, jamg’arma sxemalarda, investitsion loyihalarda yoki kreditni qaytarish sxemasida bo’lajak pul tushumlari yoki to’lovlari (ya’ni, ijobiy yoki salbiy pul oqimlari) yildan yilga o’zgarmas bo’lib qoladi. Bu kabi doimiy pul tushumlari yoki to’lovlari annuitetlar, yoki renta (annuity) deb ataladi.
1) Annuitetning bo’lajak qiymati Faraz qilaylik, Siz keyingi uch yil davomida har yili 110 dollardan jamg’arib borishni rejalashtirgansiz. Agar foiz stavkasi yiliga 10%ga teng bo’lsa, bu davrning oxiriga kelib Sizda qancha pul to’planib qolishi mumkin? Sizda qancha pul to’planishini aniqlash annuitetning bo’lajak qiymatini topish formulasidan foydalasiz.
n
i
PV
FV
PMT
Natija
3
10
0
?
110
FV = 364,10
Agar pulni zudlik bilan jamg’arishni boshlasangiz pulingiz quyidagi qiymatga teng bo’ladi:
2) Annuitetning keltirilgan qiymati Ko’pincha, bizga annuitetning keltirilgan qiymatini ham bilish kerak bo’ladi. Masalan, keyingi uch yil davomida yiliga 10 foiz foyda yoziladigan fonddan har yili 100 dollar olib turish uchun shu fondga qancha pul qo’yishingiz kerak? Buni aniqlash uchun annuitetning keltirilgan qiymatini topish formulasidan foydalanasiz.