Qoziqlipoydevorlarni loyihalash Loyihalashning asosiy prinsiplari:
grunt muvozanat sharti bo‘yicha ustun qoziq va rostverk mustahkamlikka, gruntning yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha loyihalash;
grunt cho‘kishi bo‘yicha loyihalash.
Qoziqli poydevorlar quyidagilarga amal qilgan holda loynhalanadi:
a) injener-geologiq geodezik va gidrogeologik qidiruv ishlarining qurilish maydoni to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlariga asosan;
b) poydevorga ta’sir etadigan hisobiy yuk mikdoriga asosan;
v) loyihalanayotgan bino yoki inshootning konstruktiv va texnologik sharoitlari haqida ma’lumotlarga asosan;
g) maqsadi va ekspluatatsiya sharoitlariga asosan;
d) qabul qilingan poydevor variantlarini texnik-iktisodiy echimlariga asosan;
e) mahalliy qurilish sharoitlarini hisobga olgan holda yuqorigilardan kelib chiqib, injenerlik-geologik va texnikaviy-iqtisodiy asoslar yetarli bo‘lmagan hollarda qoziqli poydevorlar loyihalashga ruxsat etilmaydi.
Qoziqli poydevorlar QMQ2.02.03-98 «Qoziqli poydevorlar» ko‘rsatmalariga asosan loyihalanadi.
Nazorat savollari
Qoziqdeb nimaga aytiladi?
Qoziqli poydevorlar ishlatiladigan ashyolar bo‘yicha qanday turlarga bo`linadi?
Beton qoziqlarga ta’rif bering.
Metall qoziqlarga ta’rif bering.
Gruntda ishlash sharoitiga mos ravishda qoziqlarning turlari.
Osma qoziqlarga ta’rif bering.
Rostverk turiga qarab qanday poydevorlarni bilasiz?