Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
241 birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi‖, deb
yozsa, atoqli nemis olimi va tarixshunosi M. Veber: Temur o‘z dushmanlariga nisbatan
juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk
talantga ega edi‖, deb ta’riflaydi. Shuningdek, Tuzuki Timur tuzuklarida ham
Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal
davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari haqida gap boradi.
Temur tuzuklarida davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi
turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan qoidalar,
qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta’minlash, rag‘batlantirish, qo‘shin
turlarining tutgan o‘rni va o‘zaro munosabati kabi masalalar bayon etiladi. Davlat
ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligi bir necha bor
ta’kidlanadi. Saltanatim martabasini, deb ta’kidlaydi Amir Temur, qonun-qoidalar
asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir
kimsaning qurbi yetmasdi‖. Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi odamlarning
12 toifaga bo‘linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilinganligi, saltanat 4
qatiy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan bayon etilgan.
Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o‘z zamonasining
eng qudratli hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy
san’ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘z davrining nodir
mo‘jizasi edi. Uning harbiy mahorati turli yo‘nalishlarda askariy qismlarni qayta
tashkil etishda, dushmanga hujum kilihda turli-tuman usullardan foydalanishda,
hujumdan oldin dushman joylashgan yerlarni obdon o‘rganib chiqishda, ham
lashkarboshi qo‘mondonlikda namoyon bo‘ldi.
Temur tuzuklari‖ni inglizchadan fransuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr
etgan fransuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: Temur xon (Temur)
siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o‘z avlodlariga juda dono tizim
qoldirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning urushlarini bosqinchilik va
talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik. Deyarli yengib bo‘lmaydigan ikki to‘siq -
bizdagi taassub hamda tarixiy nohaqlik Temurni bilishimizga va to‘g‘ri
baholashimizga xalaqit berib keldi.
Amir Temur o‘zini mohir diplomat sifatida ham namoyon qilaolgan. Uning
Vizantiya, Venesiya, Genuya, Ispaniya, Fransiya, Angliya, boshqacha aytganda, o‘sha
vaqtda ko‘proq ma’lum va mashhur bo‘lgan Ovro‘po davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar
o‘rnatish va uni musahkamlash sohasidagi faoliyatini fransuz va ingliz qirollarining
unga yozgan maktublari bilan dalillash mumkin.
Manbalarda sohibqiron Amir Temur yorqin xislatlarga ega ekanligi, xotirasi
o‘tkir, shijoatli va qatiyatli, birso‘zli, zo‘r ruhiy qudrat egasi, salobatli inson sifatida
ta’riflanadi.