Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
240 Amir Temur faoliyatida muayyan siyosiy yo‘l mayda feodal hukmronligini
tugatish, muhim xalqaro karvon yo‘llarida ustunlik qilib turgan Oltin O‘rda, Eron va
boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib, Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy
quvvatini ta’minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish edi. Amir Temur
avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-
intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni kengaytirishga
imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini ta’minlash yo‘lida
qo‘shinning qudratini oshirish kabilarga katta e’tibor berdi.
Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu
sabablar-o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan
himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin,
aldamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini
kengaytirish kabilardan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin.
Masalan, Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi yurishini olsak, Temur
To‘xtamishxonga ko‘p iltifotlar, yordamlar ko‘rsatib, 1379 yilda Urusxonni yengib,
Oq O‘rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazgan edi. Ammo To‘xtamishxon Amir
Temurning umidlarini puchga chiqardi.
U Movarounnaxrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan so‘ng,
Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keddi va 1395 yil 15 aprelda
qunduzchada Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasida hal qiluvchi hayot-mamot
jangi boshlandi. Jang faqat To‘xtamishxonning taqdirini hal qilib qo‘yaqolmay, balki
butun Oltin O‘rda taqdirini ham hal qildi.
Tarix Temur zimmasiga Oltin O‘rdadek qudratli mo‘g‘ul imperiyasining asosini
yemirishdek ulkan vazifani qo‘ygan ekan, Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat
bilan ado etib, Rus knyazliklari va Sharqiy Ovro‘po xalqlarini mo‘g‘ullar asoratidan
xalos bo‘lishlariga yo‘l ochib berdi. Yirik rus olimi A. Yu. Yakubovskiy:Temurning
To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy
Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi‖, deb yozdi.
Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, yangi davlat tizimi bo‘yicha
Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu
boshqarmalar soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar bozorlar, hammomlar,
yo‘llar, sug‘orish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini
nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Har bir Devonda kirim va
chiqimlarni hisobga olish, qayd etish turk-o‘zbek va fors-tojik tillarida olib borilgan.
Temur tarixchilar tasviricha, O‘rta asrning atoqli davlat va xarbiy arboblaridan
bo‘lib, Ovro‘po olimlari o‘z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga muhim
fazilatlarini ham ta’kidlab o‘tganlar. Nemis olimi F. Shlosser o‘zining Jahon tarixi (III-
tom) asarida: Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqda qonunshunos bo‘lish bilan