237 amir temur harbiy salohiyаtda jahonga


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 204,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix22.12.2023
ölçüsü204,39 Kb.
#189120
1   2   3   4   5   6
237-242

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
242
 
Sobiq sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik qilgan sharoitda 
Temur faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lindi, o‘sha davr adabiyotlarida har 
doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy to‘siq, taqiqlashlarga qaramay ayrim ilmiy 
asarlarda Temur haqida ba’zi to‘g‘ri fikrlar ham bildirildi.
Bu jihatdan O‘zbekistonda 1968 yili akademik I. M. Mo‘minovning Amir 
Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli‖ risolasining nashr etilishi muhim 
voqea bo‘ldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga qarshi yozilgan ilmiy 
asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Lekin bu qadam Moskvadagi yuqori idoralar va 
matbuot organlari tomonidan qoralandi va asar muallifi benihoya aziyatlar cheqdi.
Xotima o‘rnida quyidagi jumlaga e’tibor qaratsak: Amir Temur bobomizning 
XIV asrdayoq Kuch - adolatda shiorini davlat siyosati mavqei darajasiga olib chiqdi va 
umri davomida bu shiorni o‘ziga dasturul amal deb bildi. Bu axloqiy-ma’naviy mezon 
hamma davrlar uchun e’tiborli bo‘lib, hozirgi kunga kadar insoniyat hayotida dolzarb 
ahamiyat asb etib kelmokda. U harbiy san’at, soliq siyosati, raiyatga munosabatda, o‘z 
davlat boshqaruvi tizimida, ko‘l ostidagilarga munosabatda ham ushbu tamoyilga 
qat’iy amal qildi. Amir Temur o‘z hukmronligi davrida mutaassiblik, ayirmachilik, 
mazhabchilik ko‘rinishlariga yo‘l bermadi.
Osoyishtalik,
tinchlik 
xotirjamlik, xavfsizlik borasida ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Bu xususda 
Sohibkiron, ...saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir savat 
tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom 
o‘rnatdim‖, deya qayd qilgan edi. Barcha sohalarga
birdek
e’tibor, ijtimoiy 
adolat
tamoyili,
yuksak vatanparvarlik, tadbirkorlikning 
rivojlanishidan
manfaatdorlik, umuman obod turmush konsepsiyasi Amir Temur 
siyosatining natijasi sifatida ikkinchi Renessansga asos bo‘lib xizmat qilgan.
 
ADABIYOTLAR 
1.
Odilov A.A. Amir Temur tuzuklari – davlat boshqaruvi asosi-T.: «Fan va 
tenologiya», 2016.
2.
Nurmatova N. Amir Temur o‘gitlarining barkamol avlodni shakllantirishdagi 
o‘rni-T.: «Texno tasvir», 2019. 
3.
3. O‘ljaeva Sh.M. Amir Temur va temuriylar davrida buyuk ipak yo‘li.-T.: 
«Tamaddum», 2020.

Yüklə 204,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin