24– son ixtisoslashtirilgan umum ta`lim maktabida “Yosh tarixchi” to`garagining ish rejasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə9/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#47795
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi. O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi

O‘zbekiston ziyolilari qatag‘on qilinishining yangi bosqichi. Urush tugagandan keyin oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston SSR bo‘ylab yana bir yalpi qatag‘on to‘lqini yelib o‘tdi. XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi qatag‘onlar asosan madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Markazning yo‘l-yo‘riqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi kommunistik partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi 1950-yil 1-sentyabrda “O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib, akademiya olimlaridan sharqshunos va tarixchi Abdusamad Boboxo‘jayev, adabiyotshunos va faylasuf Vohid Zohidov, iqtisodchi Olim Aminov, tilshunos Olim Usmonov va boshqalarni nohaq ravishda qoraladi. Nihoyat, 1952-yil fevralda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkuraviy masalalarga bag‘ishlangan X plenumi (yalpi majlis) bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari Amin Niyozov “Respublikada mafkuraviy ishning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risi-da” ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘zbekiston ziyolilaridan bir guruhi (yozuvchilar, olimlar, shoirlar va b.) noto‘g‘ri ravishda millatchilikda ayblandi. O‘zbek xalqining qatag‘on qilingan bu vakillarining asarlari va “Alpomish” dostonini o‘qish taqiqlandi. Ma’ruzada O‘zSSR FA tarkibidagi Tarix va arxeologiya, Sharqshunoslik, O‘zbek tili va adabiyoti institutlari olimlari keskin ravishda, biroq nohaq tanqid qilinadi. Mazkur plenum va unda qabul qilingan qarorlar O‘zbekistonning ma’naviy hayotiga kuchli zarba bo‘lib tushdi.Ijodkor ziyolilardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Ne’mat Toshpo‘lat, Yong‘in Mirzo, Hamid Sulaymonov, Muhiddin Qoriyoqubov va boshqalar (12 kishi) “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati” olib borganlikda ayblanib, 1951-yilda qamoqqa olindi va 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular “xalqlar otasi” va “xalqlar dohiysi” I.V.Stalin vafot etganidan bir necha yil o‘tib, 1955-yili sovet rejimi tomonidan oqlanib, qamoqdan ozod qilindi va O‘zbekistonga qaytishdi. O‘sha paytda o‘zbek xalqining faxri hisoblangan Oybek qatag‘onga uchradi.Stalinning o‘limi va shaxsga sig‘inish oqibatlarini tugatish yo‘lidagi urinishlar. 1953-yil 5-martda KPSS MK Bosh sekretari va SSSR Ministrlar Sovetining raisi Iosif Stalin vafot etdi. Georgiy Malenkov SSSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimiga tayinlandi1956-yil 25-fevralda bo‘lgan KPSS XX syezdining yopiq majlisida KPSS MK Birinchi sekretari Nikita Xrushchev shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Stalin shaxsiga sig‘inish qoralandi va uning oqibatlarini tugatishga kirishildi.Bu davrda qatag‘on qilinganlarni oqlash jarayoni ham boshlandi. O‘zbekiston bo‘yicha otilgan va qamoqqa olinganlardan 40 000 nafarga yaqin kishi oqlandi. Qatag‘on qilinib, qamoqqa tashlangan va surgunga yuborilgan yurtdoshlarimizning bir qismi O‘zbekistonga qaytdi. Lekin ularni oqlash ham kommunistik mafkura andozasi ostida amalga oshirildi. Mustabid sovet rejimi o‘ziga ma’qul bo‘lgan shaxslarnigina grajdan (fuqaro) sifatida oqladi. Shu bilan birga 1953-yildan keyin ham boshqacha fikrlovchilar ta’qib ostiga olindi hamda ularning “eng o‘tkirlari” doimiy ravishda qatag‘on qilib borildi.

O‘zbekistonda siyosiy rahbariyatning o‘zgarishi. O‘sha davrda sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, turli darajadagi Sovet organlari, kasaba uyushmalari, komsomol (yoshlar tashkilotlari) kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblangan. U o‘zini rahbarlik qiluvchi va yo‘naltiruvchi kuch hi soblab, Sovetlar va jamoat tashkilotlariga o‘z irodasini amalda zo‘rlik bilan o‘tkazib kelardi.1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917 – 1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi.Sharof Rashidov atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur yozuvchi bo‘lgan. 1917-yil 7noyabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U 1950 – 1959-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi sifatida o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U iste’dodli tashkilotchi va mohir rahbar edi. Sh.Rashidov rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin