25- mavzu. Taqrizning tuzilishi Nazariy ma’lumot


Taqriz va sharhlarni yozish uchun namunaviy reja



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/3
tarix25.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#148134
1   2   3
3-AY amaliy mashg\'ulot ishlanmasi

Taqriz va sharhlarni yozish uchun namunaviy reja
Tahlil predmeti. (muallifning ishida.... Taqriz berilayotgan ishda.....Tahlil predmetida...)
Mavzuning dolzarbligi. (Ish dolzarb mavzu......ga bag‘ishlangan. Ishning dolzarbligi.....asoslangan. Mavzuning dolzarbligi qo‘shimcha dalillarni talab qilmaydi.)
Asosiy tezisni shakllantirish. (muallif asosiy (muhim, sezilarli)natijalarga erishgan ishning markaziy (muhim)masalasi.... Maqolada birinchi planga asoslangan masalalar chiqarilgan.)
Ishning qisqacha mazmuni
Umumiy baho. (ishni umumiy baholaganda....... Alohida boblarning natijalarini umumlashtirganda.... Shunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan ish.... Muallif ushbu.... tahlil qila olishini namoyon qildi, materiallarni tizimlashtirdi va ularni umumlashtirdi. Yangi metodik yondashuvlarni qo‘llashi muallifning yutug’i hisoblanadi (taklif etilgan klassifikatsiya, mavjud tushunchalar aniqlashtirish). Muallif tadqiq etilayotgan hodisa haqidagi bizning fikrimizni chuqurlashtirib, uning yangi tomonlarini ochib beradi).
Kamchiliklar. (Shu bilan birga tezis ba’zi..... haqida gumonlarni keltirib chiqaradi. Ishning kamchilik tomonlariga muallif tomonidan yo‘l qo‘yilgan .....larni ko‘rsatish mumkin(bayon qilinganida aniqliq yetishmasligi). Ishni..... qisqartirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar yedi. Ishning asosiy kamchiliklari....dan iborat. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar lokal xarakterga ega bo‘lib, ishning natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishning ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklari uning yuqori darajada bajarilganligini inkor qilmaydi, ularni muallifning keyingi ishlarga taklif sifatida qabul qilsa bo‘ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar faqat ... bilan bog’liq emas.)
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Oliy ta’lim

“Oliy ta’lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo‘llagan va o‘z ustida ishlagan holda nazariy hamda amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.


Oliy ta’lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta’lim muassasalarining quyidagi ko‘rinishlari bor:
-Universitet- oliy ta’lim dasturini bajarishda talabalarga tanlayotgan sohasi bo‘yicha yoki keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e’tibor qaratiladi;
-Akademiya- oliy ta’lim dasturini bajarishda oliy ta’lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo‘nalishga tayyorlaydi;
-Institut- barcha oliy ta’lim muassasalari kabi oliy ta’lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo‘nalishga qaratilgan bilim beriladi.
Masofaviy ta’lim- asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim muassasasidan uzoqda o‘quv dasturidagi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Kunduzgi o‘qish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo‘nalishlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Universitet:
- Oliy va undan keyingi ta’lim uchun ta’limni bir necha yo‘nalishda beradi;
- Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;
- Fanning turli yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi;
- Ilm sohasi bilan chambarchas bog‘liq ilmiy va metodik markaz hisoblanadi.
Akademiya:
- Ta’lim sohasida ma’lum belgilangan oliy va oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim berishga mo‘ljallangan o‘quv dasturini bajaradi;
- Mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;
- Fan, madaniyat, san’at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi;
- O‘z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi.
Institut :
- Oliy va oliy ta’limdan keyingi o‘quv dasturlarini bajarishni ta’lim va fanning ma’lum bir me’yorida amalga oshiradi;
- Mutaxassislarni ma’lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanadi;
- Fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1.Matnni o‘qing va undagi termin hamda iboralarni izohlang.
2. Matnga reja tuzing va tuzgan rejangiz asosida mazmunini so‘zlab bering.
3. Oliy ta’lim terminlari lug’atini tuzing.
4. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining qisqartma otlarini yozing.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin