2-topshiriq. Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.
Tushunchalar
|
Tushunchalar tahlili
|
Oliy ta’lim
|
|
Universitet
|
|
Akademiya
|
|
Institut
|
|
Masofaviy ta’lim
|
|
Bakalavriat
|
|
Magistratura
|
|
3-topshiriq. Quyidagi klishelar yordamida gaplar tuzing.
Men … hisoblayman.
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg’otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) …o‘rgatadi.
4-topshiriq.
Uyali radiotelefon aloqa tizimlari
1991- yilda uyali radiotelefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha birinchi reklama e’lonlari paydo bo‘ldi. 2000 dollarga og‘irligi besh kilogramm, unchalik katta bo‘lmagan chemodancha (abonent radiotelefoni) sotib olish va yana shuncha pul tarmoqqa ulash uchun to‘lash taklif etildi. Hozir ana shu taklifga talablar topilganiga ishonish qiyin, negaki zamonaviy abonent radiotelefonlari cho‘ntakka erkin joylashadi, og’irligi 200gr keladi, ularni narxi bir necha yuz dollar atrofida, tarmoqqa ulash taxminan 100 dollar bo‘ladi, ba’zida esa umuman tekin.
Radiotelefon aloqaning uyali tizimi unchalik katta bo‘lmagan ko‘p zonalarga — uyalarga (sot—cell—mumkatak) bo‘lingan hududga xizmat ko‘rsatadi, ularning har biriga o‘zining radiojihozlar komplekti xizmat ko‘rsatadi. Bu zonalar shahar rejasida asalari uyasi yacheykalariga o‘xshash strukturani shakllantiradi, ana shu narsadan bu turdagi radiotelefon aloqaning nomi kelib chiqqan.
Uyaning chegarasi radioaloqaning turg‘unlik zonasi bilan aniqlanadi va qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmaning quvvati, joy topologiyasi va tizim ishining chastotali diapazoniga bog’liq bo‘ladi. Tizim ishining chastota polosasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uyaning radiusi shunchalik kichik, lekin signalning devorlar orqali va boshqa to‘siqlardan o‘tish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi va yana muhimi radioapparatura juda ixcham va katta miqdordagi abonentlik radiokanallarini tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy uyali tizimlar 450, 800, 900 va 1800 MGc chastotalarda ishlaydi.
Uyali radiojihozlar komplekti o‘z ichiga retranslyator (qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilma), bazaviy stanciya, radioantenna va shu uya bilan xizmat ko‘rsatiladigan abonentlarning ixcham radiotelefonlarini oladi. Abonent radiotelefonlari soni uyada doimiy bo‘lmaydi, negaki abonentlar harakatda bo‘lib ko‘chib yurishlarida bir uyadan boshqa uyaga o‘tadi. Bunda uyalar orasidagi chegarani kesib o‘tganda radiotelefon apparat boshqa uyaga avtomatik ravishda o‘tadi (yaqin oradagi retranslyatorga ulanadi). Uyali aloqa abonenti o‘zini qiziqtirgan hamsuhbat bilan so‘zlashish uchun o‘zining radiotelefoni klaviaturasida mos telefon nomerini teradi va bazaviy stansiya vositasida hamsuhbat bilan bog‘lanadi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing. Ma’nosi bilan tanishing.
2. Undagi terminlarni ko‘chirib yozing va ma’nosini izohlang. Bu atamalar qaysi uslubga xosligini aniqlang.
3. Respublikamizda qanday uyali aloqa kompaniyalari bor? Ular haqida qanday ma’lumotga egasiz?
5-topshiriq. Yuqoridagi matnga taqriz yozing.
Nazorat savollari
Taqriz – bu….
Qanday turdagi taqrizlarni bilasiz?
Taqrizning tuzilishini tavsiflang.
Taqriz xulosalariga nimalar kiradi?
Mavzuning dolzarbligi nimani anglatadi?
Dostları ilə paylaş: |