Leksikografiya (qadimgi yunoncha: λεξικόν [leksika] va γράφω [grafiya] - yozu) — lugʻatlar tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lug'atchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lugatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqa leksikografiya lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek leksikografiyasi tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) lugʻatlardandir. Mahmud Zamaxshariy oʻzining "Asos ul-balogʻa", "Muqaddimat ul-adab" asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy leksikografiyaning rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. Alisher Navoiy ijodiga boʻlgan katta qiziqish XV asrdan keyingi davrda bir qancha lugʻatlarning yaratilishiga sabab boʻldi: "Abushqa" (XVI asr, Turkiya) izohli lugʻati, Tole Imoni Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat", Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lugʻot", Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh", shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma", "Sulaymon Buxoriyning "Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy" ("Chigʻatoycha-turkcha lugʻat"), Ishoqxon Ibratning "Lugʻati sitta as-sina" ("Olti tilli lugʻat") kabi lugʻatlarini koʻrsatish mumkin. XIX asr oxiri va XX asr 1-choragida turli xil sabab va ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli L. rivoj topdi, oʻnlab ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-ruscha lugʻatlar, soʻzlashgichlar tuzilib nashr etildi. VM.Nalivkin va M.Na-livkinalarning 1884—1912-yillar mo-baynida bir necha marta nashr etilgan "Russko-sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar" ("Ruscha-sartcha va sart-charuscha lugʻat"), Ashurali Zohiriy tomonidan 1927-yilda tuzilib, nashr ettirilgan 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha mukammal lugʻat" keyingi davrlarda Oʻzbekistonda yaratilgan ikki tilli lugʻatlar uchun asos boʻldi. Hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan oʻzbekchani qiyoslovchi koʻplab tarjima lugʻatlari, fan sohalariga oid 100 dan ziyod bir, ikki va uch tilli terminologik lugʻatlar yaratildi. Oʻzbek xalqi tarixida birinchi marta "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" tuzilib, nashr etildi (1981). XX asr oʻzbek lugʻatchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, Olim Usmon, Z.Maʼrufov, Sh.T. Rahmatullayev, N.Mamatov, A.Hojiyev, T.Aliqulov va boshqa munosib hissa qoʻshdilar. Respublika mustaqilligi tufayli oʻzbek L.si oldiga yangi davr talablariga javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lugʻatlar yaratish vazifasi qoʻyilgan va bu vazifa oʻz oʻrni bilan amalga oshirilmoqda
29. Lug'atchilik tarixi ya'ni, dunyo lug'atchiligi tarixi qadim mingyilliklarga borib taqaladi. Jumladan, o'zbek lug'atchiligi tarixi ham bir necha ming yillar avval shakllana boshlagan. O'zbek lug'atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'ati-t-turk” asari bilan boshlanadi.Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug'ati-t-turk” asarini yaratib o'zbek lug'atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi. “Devonu lug'ati-t-turk” asari turkiy tilshunoslikning bizga ma'lum bo'lgan ilk yirik, shuning bilan birga, tengi yo'q ulug' yodgorligidir. O'z zamonida asar arablarga, qolaversa, arab tili orqali Sharq-u G'arb xalqlariga qadimgi turklarning tili, madaniyati, urf-odatlari va tarixi to'g'risida to'liq ma'lumot beruvchi qomusiy kitob sifatida yaratilgan. Asar arabchada “Divanu lug'ati-t-turki” deb atalgan. Ushbu atamada: divan- “devon” bu o'rinda so'zlarning muayyan izchillikdagi to'plami; lug'at- “so'zlar” degani; uning izohlovchisi bo'lmish turki -”turk ma'nosida bo'lib, o'sha zamondagi turkiy tilni bildiradi. “Divanu lug'ati-t-turki”ning so'zma-so'z tarjimasi “Turk so'zlari devoni” bo'ladi.(1; 3-b) “Devonu lug'ati-t-turk” asari ikki qismdan iborat bo'lib, u muqaddima va lug'at qismlaridan tuzilgan. Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o'sha davrda turklar ishlatgan yozuv , ot yasalishi, otlar va fe'llardagi orttirmalar, lug'atning tuzilish usullari, turkiy xalqlarning bayoni, joylashuv o'rni, turkiy tilning xususiyatlari, laxchalardagi farqlar to'g'risida so'z yuritilgan. Asarda har bir so'zning ma'nolari ( polisemiya, omonim, antonim, arxaik so'zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so'zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho'ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar ochib beriladi. Asarning muqaddima qismida shunday fikrni keltiradi. Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, sajlar,maqollar , qo'shiqlar rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim , qiyin va qorong'u joylarini yoritdim. Bu ish ustida so'zlarni o'z joyiga qo'yish, kerakli so'zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yil mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so'zlarni joyida ko'zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim.
30. O`zbek tili tarixan juda boy til hisoblangan, lekin sobiq Sovet davlati davrida tilimizning avvalgi salobati va ko`lami ancha zaiflashib qoldi. Shunga qaramasdan, 1989-yil 21-oktabr kuni o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tilimizning qudratini yanada mustahkamlashga yordam berdi. 1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi bilan o`zbek tilimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Mustaqillik yillarida tilimizning istiqboli va uning mohiyati haqida juda ko`plab ilmiy ishlar, monografiyalar va o`quv qo`llanmalar yaratildi. Bu borada eng katta qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 mayda e’lon qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonini misol sifatida keltirib o`tish mumkin. O`zbek tilining qo`llanishida frazeologizmlar ya’ni iboralar juda ham katta rol o`ynaydi. Kishilarning nutq jarayonida turli frazeologizmlar qo`llashi uning badiiy kitoblarni ko`p mutolaa qilishidan dalolat beradi. Ayni vaqtda esa tilimiz o`zida ko`plab iboralarni jam qilganligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Mustaqillik davrida tilimizning frazeologik boyligini to‘la qamrab oluvchi turli xil izohli lug‘atlar, so‘zliklar yaratishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Masalan, Sh.Rahmatullayevning «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati» (1992), M.Sodiqovaning “Qisqacha ruscha o‘zbekcha barqaror iboralar lug‘ati” (1994), Mahmud Sattorning “O‘zbekning gapi qiziq” (1994), B.Yo‘ldoshev, K.Bozorboyevning “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati” (so‘zlik, 1998), Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedovlarning “Ma’nolar mahzani” (2001) singari leksikografik asarlarni shular jumlasiga kiritishimiz mumkin. rni shular jumlasiga kiritishimiz mumkin. 1992 yilda Sh.Rahmatullayev tomonidan nashr etilgan “O`zbek tilida fe’l frazemalarining bog`lashuvi” nomli monografiyasi ushbu sohada yaratilgan dastlabki tadqiqot natijlaridan biri hisoblanadi. Unda frazeologizmlarning semantik strukturasiga alohida ta’rif berilgan bo`lib, ularni o`zaro darajasiga qarab izohlab bergan. Masalan, ta’bi hira, dili siyoh, bag’ri qon iboralari umumiy ma’noda bir xillikni kasb etadi. Lekin ularning o`zaro ma’no darajasining kuchliligi yoki pastligiga qarab farqlash mumkin. Ya’ni ular umumiy ma’noda bitta “xafalik” ma’nosini ifodalaydi, ammo ta’bi hira iborasi bir oz degan ma’noda qo`llansa, undan yuqoriroq daraja uchun dili siyoh iborasi ishlatiladi.
31. Antik davrda shakllangan tilshunoslik o'zining uzoq va murakkab yo‘lini bosib o ‘tdi. Bu yo‘lda tilshunoslikning turli xil tekshirish metodlariga asoslangan turli xil yo‘nalishlar maydonga keldi. Falsafiy tilshunoslik (XVII asrgacha bo‘lgan tilshunoslik), qiyosiy-tarixiy tilshunoslik (XIX asr oxirigacha bo‘lgan tilshunoslik), yosh grammatikachilar maktabi va struktur tilshunoslik ana shular jumlasidandir. 2. Jahon tilshunosligida struktur tilshunoslikka qadar bo‘lgan tilshunoslik umumlashtirilgan holda an'anaviy tilshunoslik nomi bilan yuritiladi va u sistemaviy-struktur tilshunoslikka qaramaqarshi qo‘yiladi. Bu ikki tilshunoslik o'rtasidagi muhim farqlovchi belgi tilsh u n o slik o b y ek tid a, y a ’ni tilsh u n o slik n im an i o‘rganishidadir. Struktur tilshunoslikning tekshirish obyekti til falsafasi ham, til shakllarining cvolutsiyasi ham emas, balki tilning immanent realligini o‘rganishdir. Ya’ni o‘rganilayotgan obyektga munosabatlar sistemasi sifatida qarovchi, tilning substansiyasi bilan shaklini farqlovchi tilshunoslik sistemaviy-struktur yoki struktur tilshunoslik sanaladi va ana shu xususiyati bilan obyektning immanent belgilariga emas, balki transsendent belgllariga asoslanuvchi a n ’anaviy tilshunoslikdan farq qiladi. Demak, struktur tilshunoslikning an'anaviy tilshunoslikdan ajratib turgan eng m uhim belgisi substansiya va shaklni farqlashdir. 3. Bu ikki tilshunosiik bilishning ikki bosqichiga, hissiy va idrokiy bilish bosqichiga tayanishi bilan ham farq qiladi. Chunki obyektning immanent belgilarini aniqlash bilishning bevosita kuzatish, analiz va sintez bosqichlarini e'tirof etadi. An’anaviy tilshunoslik bilishning birinchi bosqichiga, struktur tilshunoslik csa ikkinchi va uchinchi bosqichiga tayanadi. 4. Struktur tilshunoslik garchi obycktga munosabatlar sistemasi sifatida yondashish, asosiy e'tiborni butun tarkibidagi elementlar o ‘rtasidagi va elcmentlar bilan butun o‘rtasidagi munosabatlarni ochishga qaratish bilan umumiylikni tashkil etsa ham, lekin ana shu munosabatni ochishda qanday usullarga tayanish nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi.
32.