25. Grammatika qadimgi yunoncha



Yüklə 45,75 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü45,75 Kb.
#208671
1   2   3   4
mustaqil ta\'lim

yanalif (“yangi alifbo” birikmasining qisqartmasi). O‘rta Osiyoda milliy respublikalar tuzilishidan avval uchta davlat tuzilmasi bor edi: Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Turkiston ASSR. Ularning intelligensiyasi 1920-yildan e’tiboran yanalif loyihasini muhokama qila boshladi, lekin ziyolilarning kattaroq qismi (ayniqsa buxoroliklar) arab alifbosini modernizatsiya qilish tarafdori bo‘lib qolaverdi. 1921-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘lka syezdida “lotinchi”lar mag‘lub bo‘ldi.1924–1925-yillarda milliy respublikalar tuzilishi bilan o‘zbek ziyolilari bitta davlat tuzilmasida to‘plandi va sa’y-harakatlarini birlashtirdi. Toshkentda Yangi alifbo markaziy qo‘mitasi tuzildi. U yangi alifbo yaratish ishlarini muvofiqlashtirib bordi.
34. Badiiy asar tilini o`rganish muhim masalalardan biri bo`lib, u shoir yoki yozuvchining o`ziga xos badiiy vositalarini aniqlashda va undan samarali foydalanishga yordam beradi. Lekin, shunday bo`lishiga qaramay, tanqidchilar yoki o`qituvchilar biror bir asarni tahlil qilar ekanlar, asardagi qahramonlarni salbiy yoki ijobiy obrazlarga bo`lib, ularning har birini xarakterlash bilan cheklanadilar, asarning tili, bu tilning mazmunga munosabati, voqeahodisalarni tasvirlashda qanday badiiy til vositalardan foydalanish, yozuvchining bu sohadagi yutuq va kamchiliklari e’tibordan chetda qoladi. Har bir yozuvchi, shoirning o`ziga xos stili, badiiy uslublari, tili bo`ladiki, u umumxalq tili qonuniyatlarga bo`ysunadi, unga asoslanadi. Har bir yozuvchi, shoir umumxalq tilidagi ifodalash vositalaridan o`zicha foydalanadi. Turgenev umumxalq tilini dengizga o`xshatib, shunday deb yozgan edi: «U (ya’ni dengiz) cheksiz va tubsiz to`lqinlari bilan oshibtoshib yotadi; biz – yozuvchilarning vazifasi – shu to`lqinlarning ma’lum qismini o`z tomonimizga, o`z tegirmonimizga burishdir». Yozuvchi umumxalq tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitadi, mukammallashtiradi. Yozuvchining bu imkoniyatlardan qanday foydalanganligini o`rganish asosiy vazifalardan biridir. Avvalo, har qanday asar tilini o`rganish va u haqida hukm chiqarish uchun yozuvchining yashagan davri, tarixiy sharoiti, asarning yozilish jarayoni, yozilish soatlari va yozuvchining shu asar orqali ifodalamoqchi bo`lgan maqsadini chuqur o`rganish lozim. Chunki ijtimoiy borliq yozuvchining ongiga bevosita ta’sir 
ko`rsatadi, bu hodisa o`z navbatida asarda o`z aksini topadi.
Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin