258. Tabiat falsafasining mohiyati


Global jarayonlarning shakllanish tarixi



Yüklə 32,02 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü32,02 Kb.
#123981
1   2
258-280Falsafa javoblari Hilola

Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Global miqyosdagi muammolar ilmiy munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-70 yillarda jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish uyg‘otgan. Dastlab 1930 yillarda E.Lerua, Teyyar de SHarden va V.I.Vernadskiylar insoniyat hamjamiyatining global mohiyatini va uning Erdagi yashash tarixi uchun masuldir deganlar. Keyin bu masala malum vaqtga unutildi va bir necha yildan keyingina 1970-80 yillarda yana esga olindi. Bugungi kunda globallashuv jaryonining jadallashuvi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro tasir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga, tasir o‘tkazmoqdaki, bu o‘z navbatida yoshlardagi ijtimoiy masullik jarayoni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika-texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o‘zaro aloqadorlikda yuzaga keladi.Global muammolarning turli darajalari.Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning ananaviy subekti — milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda tasir etyapti. Bu esa davlatlarning o‘z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Malum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo‘lib qolmoqda. Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o‘laroq, o‘zining ananaviy ahamiyatini yo‘qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda
263.Korrupsiya shakllarining tarixi.BMT kodeksida korrupsiyaga munosabati
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.IKorrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lumO‘zbekistonda barcha darajalarda korrupsiyaga qarshi kurash ketmoqda, shuning jumlasiga mamlakatning korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasiga qo‘shilganligini aytib o‘tish mumkin. O‘zbekiston bu Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi paytda dunyoning 177 mamlakati ushbu Konvensiya ishtirokchilaridir. Konvensiyaning maqsadlari sifatida korrupsiyaning oldini olishda samaraliroq va natijaga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlashga ko‘maklashish, jumladan, aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish, halollik va pora olmaslik, mas’uliyatni, shuningdek, davlat ishlari va davlat mulkini tegishli tartibda boshqarishni rag‘batlantirish kabilarni keltirish mumkin.
264.2017-2021yillardagi Oʻzbekistonnni yanada rivojlantirish boʻyicha xarakatlar strategiyasida
Global muammolarning tasiriStrategiya – bu Yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat. Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
265.OʻZBEKISTONDA Korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati Albatta, mamlakatimizda korrupsiya¬ga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulk va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning bosh¬qa turlaridan himoya qi¬lishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 19 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrup¬siya¬ga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida”gi Qonuni bu boradagidastlabki normativ-huquqiy hujjatlardandir.
Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo’lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to’qnaShuviga doir tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o’z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot berad
266.Hozirgi davrning asosiy global muammolarning tasnifiInsoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon va hechqayerdaOson, beto‘siq kechmagan. Har doim va hamma davrlarda jamiyatOldida muayyan muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan. Bular, birTomondan, tabiat ofatlarining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladiganYer silkinishlari, suv toshqinlari, qurg’oqchilik, quyosh radiatsiyasiO‘zgarishi bilan bog‘liq turli epidemik kasaliiklar va hokazolar bo‘lsa,Ikkinchi tomondan, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiyiqtisodiy,Siyosiy-madaniy hayotga oid bo’lgan antropogen Muammolardir.Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlaritahlili shuni ko‘rsatadiki,Hozirgi vaqtda, insoniyat uchun o‘tkir, dolzarb bo‘lib turganGlobal muammolar quyidagilardan iborat:
Yer yuzida tinchlikni ta’minlash va yalpi qirg‘in urushlarining
Oldini olish (urush va tinchlik muammosi);
B) atrof- muhitni samarali muhofaza qUish (ekologik muammo);
d) aholi sonining orta borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishimutanosibligiga erishish (demografik muammo);
e) Yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalaribilan ishonchli ta’minlash;
f) ochlik,- qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksakrivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlkatlar o‘rtasidagikeskinfarqni bartaraf etish;
g) xavfli kasalliklarni tugatish;ʼ
h) inson ma’naviy-axloqiy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiyamuammosi) va boshqalar.
Bu muammolaming har biri u yoki bu darajada ijtimoiysiyosiy,Iqtisodiy, huquqiy nuqtayi nazardan ilmiy tahlil etilgan.Ayni vaqtda, davrimizning umumbashariy muammolariningFalsafiy talqini ham ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topmoqda.

  • 267.Falsafaning qonun va kategoriyalar

268.Golbal muammolarni hal qilishda Xususiy va umumiy manfaatlar uygʻunligi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqini tom maʼnoda har bir sohadagi yangilanish uchun muhim qadam deyish mumkin. Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi boʻyicha yetti ustuvor yoʻnalish ilgari surildi. Xususan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, xalqaro hamkorliknrivojlantirish sohasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.Yurtboshimiz tomonidan barcha sohalar qatori ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, iqlim oʻzgarishlari, ekologik muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha saʼy-harakatlarni uygʻunlashtirish, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.Masalan, yaqinda sodir boʻlgan qum boʻronlari yurtimizda ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiri ortib borayotgani, Orol dengizining qurishi bilan bogʻliq vaziyat tobora keskin tus olayotganini yana bir bor tasdiqlagani alohida taʼkidlandi.Shu oʻrinda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan uzoqni koʻzlab amalga oshirilgan ishlar bunday tabiiy ofatlarni yumshatishga, oldini olishga xizmat qilishini alohida taʼkidlash lozim.Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining minbaridan turib ilgari surgan barcha tashabbuslar qatori ekologiya sohasidagi takliflar ham dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmoqda. BMT huzuridagi Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondining taʼsis etilishi hamda Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi tom maʼnoda oʻzbek diplomatiyasining yutugʻi boʻldi.Bu borada maxsus rezolyutsiyasini hayotga tatbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozimligi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish kerakligi qayd etildi.
269.Jamiyat hayotida falsafaning oʻrni
Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, basho­rat­lash, sintetik)ni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.Falsafa jamlama-umumlashgan shaklda bilish jarayoni va ijtimoiy amaliyot rivoji yo‘nalishiga ta’sir etadigan paradig­ma­lar­ni shakllantiradi. Yaqin va O‘rta Sharqda falsafaning rivojlanishi ilk o‘rta asr musulmon sivilizatsiyasining taraqqiyotiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi. Uyg‘onish va Yangi davrlar falsafasidagi insonparvarlik va ma’rifat g‘oyalari cherkov hukmronligi va mutlaqlashtirishni cheklashga, tabaqalarning maqomini o‘zgarishiga, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga imkon yaratdi, nemis klassik falsafasining g‘oyalari esa qator fanlar: geologiya, biologiya, jamiyatshunoslikdagi tasavvurlarning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. «Amaliy fanlar» falsafasining g‘oyalari Uzoq Sharq mamlakatlarida jamiyat siyosiy va ijtimoiy tizimi, iqtisodiyot, ta’lim sohasida muhim islohotlarga sabab bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda falsafa totalitar jamiyatlarda mafkura, apologetika va senzuraning quroliga aylanib, taraqqiyot rivojini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Stalinizm falsafasining genetika va kibernetikani burjuaziyaning soxta fanlari deb e’lon qilganligini misol keltirishning o‘zi yetarlidir.Falsafiy paradigmalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlari: iqtisodiyot, siyosat, fan, madaniyat va hokazolarga ta’sir ko‘rsatadi.Bugungi kunda bashariyat nafaqat yangi ming yillikka, balki yangi chegara, yangi tarixiy davrga ham qadam qo‘ydi. Mavjud zamonaviy sivilizatsiya turlarini belgilagan o‘tgan asrlar, jumladan XX asr paradigmalari kelajagimiz uchun qadriy yo‘nalish, mo‘ljal bo‘la olmaydi. Bashariyat oldida turgan bugungi masalalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga va uning mavjudligi asoslarining o‘ziga ham daxldor. Bashariyat bir butun sifatida o‘zining yashab qolishi va keyingi rivoji uchun yangi paradigmalar: yangi tafakkur, yangi xulq modellari, yangi qadriy yo‘nalishlarga ehtiyoj sezadi. Va yangi paradigmalarning shakllanishida falsafaning tutgan o‘rni muhimdir.
270.Global muammolarni xal qilishda xalqaro kuchlar birladhuvi.umumiy va xususiy manfaatlarJahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
271.texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati
Texnika falsafasining vujudga kelishi
Hozir jamiyat hayotida texnika hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Uning taraqqiyoti inson hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo‘lib, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni hal qiluvchi tarzda belgilab beradi, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga, insonning o‘zligini anglashiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli texnika fenomeni, uning genezisi, mohiyati, sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va rolini tahlil etish XX asr falsafasining diqqat-e’tibor predmetiga aylandi. So‘nggi vaqtlarda texnika bilan bog‘liq hodisalarni keng ko‘lamda tahlil etish, uning rivojlanishiga ta’sir o‘tkazuvchi turli omillarni, jumladan, tarixiy, iqtisodiy, siyosiy, antropologik va boshqa omillarni hisobga olish ishlari amalga oshirilayapti.Texnikaviy tizimlarning murakkablashib va rivojlanib borishi bilan «texnika» degan so‘zning mazmuni ham o‘zgaradi. Masalan, Nyuton davrida «texnika» atamasi ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan barcha uchta vosita yig‘indisini anglatgan. Mashinalar yaratilgach (birinchi dvigatel 1776 yilda, elektromotor esa 1867 yilda yaratilgan), texnika deganda eng avvalo mashinalar va mexanizmlar tushunilgan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti texnika hodisasini anglash jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va bu tushunchaning predmet maydonini sezilarli ravishda kengaytirdi.
272.texnologik taraqqiyotning Istiqbollari.Nanotexnologiyalarning ijtimoiy jarayonlarga tasiri
Fan-texnika taraqqiyotining yо‘nalishlaridan biri – oldindan belgilangan xossalarga, ayniqsa, istiqbolli konstruksion xossalarga ega bо‘lgan, jumladan, sintetik, kompozitsion, о‘ta toza va boshqa materiallar yaratishdir. Ularni ishlab chiqarishga joriy etish materiallar va qotishmalarni qimmatli tabiiy materiallarni tejash imkonini beradi.Energiyani tejashga, uning yangi manbalaridan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.Yuqori kategoriyadagi sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ancha kо‘paytirish, texnikaning ishonchligini oshirish va ekspluatatsiya (qо‘llash) muddatlarini uzaytirish, mо‘ljallanmoqda. Shu maqsadda sifatni boshqarishning majmua tizimi joriy etilmoqda, fan – texnikaning istiqbol yutuqlari asosida detallar, uzellar va texnologiyalarni tarmoqlar hamda tarmoqlararo unifikatsiyalashtirish chuqurlashmoqda.Fan-texnika taraqqiyotining yuqorida kо‘rib chiqilgan yо‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish fanning ishlab chiqarish bilan maksimal darajada yaqinlashuviga, «ilmiy g‘oya – ishlab chiqish – joriy etish» jarayonning tezlashuviga yordam beradi, shunga kо‘ra ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarining tarmoqlari kengaytirilmoqda, tarmoqlararo ilmiy – texnik majmualar fan bilan ishlab chiqarish birlashuvining tamoyil yangi shakli kengaytirilmoqda. Hozirgi kunda «Rotor» ilmiy – texnik majmuasi ishlamoqda va uning mahsuloti (rotor va rotor – konveyer liniyalari) texnologik jarayonlarni majmua mexanizatsiyalashtirishni va mehnat unumdorligini bir necha marta oshirishni ta’minlaydi.
273.Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va salbiy tasirlari
.Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Albatta, ularning oʻziga yarasha ijobiy va salbiy jihatlari bor. Qolaversa hozirgi paytda internet, uyali telefonlar orqali shaxsni badnom qiluvchi behayo tasvirlarning tarqalib, ommalashib borayotgani dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan Vazirlik Tashkiliy departamenti Navbatchilik xizmatlarini tashkil etish boshqarmasi boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Otabek Shoxakimov va Axborot texnologiyalar sikli katta oʻqituvchisi, mayor Shokir Sheraliyev va sikl oʻqituvchisi, leytenant Jahongir Risqaliyevlar ishtirokida “Ijtimoiy tarmoqlar: ijobiy va salbiy jihatlar” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.Seminarda internet – katta bozor boʻlib, u yerda xaridor oʻziga kerakli barcha maʼlumotlarni topishi, “oʻrgimchak toʻri” deya nom olgan virtual olam orqali xohlagan suratlarni koʻrish yoki istagan videofilmlarni tomosha qilishi, shuningdek, bu global tarmoq orqali oʻzaro muloqot qilish, turli mavzuda fikr almashish, qolaversa oʻzlari uchun tanishlar topishi mumkinligiga eʼtibor qaratildi.Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlarni toʻla qoralab yo oqlab boʻlmasligi, kishilar undan qanday maqsadda foydalanayotganiga qarab, ijobiy yoki salbiy baho berilishi, bugungi kunda “Facebook”, “Telegram”, “Youtube” kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ancha-muncha foydali maʼlumotlar ham borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.Darhaqiqat, oʻsmirlarda 15–20 yosh oʻzgarish davri boʻladi. Internetdagi behayolikni targʻib qiluvchi saytlar, hamjamiyatlarga aʼzo boʻlib, ularni doimiy koʻrib, kuzatib boruvchi insonlar, xususan yoshlar u yerdagi fotosuratlar, videolavhalarni koʻrish naqadar salbiy oqibatlarga olib kelishini bilmoqlari lozim.
274.mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida
Hukm – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo’ladi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo’ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot – bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.
Oddiy hukmlar
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb, tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat. Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish mumkin. Mantiqiy ega – sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog’lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog’laydi, natijada hukm hosil bo’ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P. Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga bo’linadi. Sifatiga ko’ra, tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog’lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko’rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir»– tasdiq hukm, «Matematika ijtimoiy fan emas» – inkor hukm. Miqdoriga ko’ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo’linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning sonidan, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi. Yakka hukmlarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Ahmedov tarixchi emas»
275.Etika fanining predmeti mohiyati va tuzilmasi
Etika (yun. Flosofia ) – “axloq falsafasi”, yun. (ētos) – “odat”) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U “toʻgʻri”-“notoʻgʻri”, “yaxshi”-“yomon” tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.
Etika (yun. Yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. Axloqshunoslikning falsafiy nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda Etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi.
276.Nikoxni qadimiy axloqiy munosabat shakli
277.Axloqning paydo boʻlishiga oid diniy ilmiy qarashlar tasnifi 21-asrda global etosferani yaratish
ZaruriyatiAxloqShunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro’pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha Shu atamani qo’llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so’zidan olingan. Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g’oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o’nlab asrlar avval ro’y bergan. Ajdodlarimizning eng ko’hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtayi nazaridan «AxloqShunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik.AxloqShunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. «Axloq« so’zi arabchadan olingan bo’lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini – xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.Axloq – jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
278.Oila nomusi va shanini shakllanishida ota ona va farzandlarning masʼuliyati
279.Etikaning kategoriyalari tamoyillari va meyyorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon boʻlishi
Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa – illatlarda namoyon bo`ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo`lgan qadimgi faylasuflar ta`kidlaganlaridek, ikki illat oralig`ida ro`y beradi. Chunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg`anchilik bilan rujuning o`rtalig`i sifatida voqe bo`ladi.Fazilat va illatlar esa o`z navbatida axloqiy tushunchalarda namoyon bo`ladi. Axloqshunoslik fanida barcha tushunchalarni uch guruhga bo`lib o`rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.Axloqiy bilish bilan real hayot o`rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in`ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoki kategoriyalari sifatida tushunamiz.
280.Muomala madaniyati ahloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy tarixiy ahamiyati

O‘zbeklar mentalitetida muomala madaniyati ko‘pchilik hollarda o‘zaro salom-alik qilish, ahvol so‘rash, oiladagi ahvol bo‘yicha axborotlarga qiziqish ko‘rsatish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ammo aslida muomala madaniyati – o‘zga insonga bo‘lgan munosabat madaniyati bilan belgilanadi. Faqat salom-alik qilgandagiga emas, balki hayot tartibida, har kunlik hayot tarzida insonga ko‘rsatiladigan hurmatli va e’zozli, samimiy va to‘g‘ri munosabatni anglatadi. Ichki madaniyatga ega bo‘lgan odamgina har turli vaziyatlarda har qanday boshqa insonga nisbatan doimiy to‘g‘ri, samimiy va aniq munosabat ko‘rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko‘rsatilishini talab etadi. Qarshingizda turgan odam boymi, qambag‘almi, qishloqlikmi, yoki shaharlikmi, mansabdormi, yoki oddiy o‘qituvchimi, bundan qat’iy nazar unga to‘g‘ri munosabat ko‘rsata olish haqiqiy insonparvarlik mezoni bo‘lib kelgan. Ammo muloqot madaniyati insondan o‘z ustida muntazam ish olib borishni talab etadi. Muloqot madaniyati o‘z o‘zidan vujudga kelib qolmayd


i.
Yüklə 32,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin