Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
IPT O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilar guruhga bo‘linib, vaqt birliklariga oid savollar beriladi.
1) Botir ertalab soat 8 dan 15 minut o‘tganda yo‘lga chiqib 15 minutdan keyin maktabga yetib keldi. Botir maktabga soat nechada yetib kelgan?
2)Nafisa do‘konga nonga ketayotganida soat 14 dan 15 daqiqa o‘tgan edi. Agar u uyga qaytganida soat 14 dan 45 daqiqa o‘tgan bo‘lsa, u necha minut yo‘lda bo‘lgan?
3) Xolam biznikiga kelib ertalab soat 6 da yo‘lga chiqqanlarini aytdilar. Agar ular biznikiga soat 7 yu 30 da kirib kelgan bo‘lsalar qancha vaqt yo‘lda bo‘lganlar?
4) Dars 45 minut davom etadi. Agar u soat 8 da boshlangan bo‘lsa birinchi soat tugaganida soat necha bo‘ladi?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzu doskada 199-misol asosida tushuntiriladi.
Bunda ko‘p xonali sondan ko‘p xonali sonni ayirish yuqoridagi kabi bajariladi.
200-misol dokada ustun shaklida bajariladi.
700 – 64 = 636 2 000 – 796 = 1204 50 003 – 534 = 49 469
7000 – 748 = 6 252 20 000 – 846 = 19 154 64 004 – 25 069 = 38 935
201-masala ekran orqali tushuntirish bilan bajariladi. Shu o‘rinda sotuvchi va xaridor orasidagi munosabatlar asosida suhbat o‘tkaziladi.
Xaridor 400 so‘mdan 2kg kartoshka va 160 so‘mga lavlagi sotib oldi. U sotuvchiga 1000 so‘m berdi. Xaridor qancha qaytim olishi kerak?
Ekran orqali masalani tushunib olgach uni birgalikda bajaradilar.
Yechilishi: 1) 400 ∙ 2 = 800 (so‘m) 2) 800 + 160 = 960 (so‘m)
1000 – 960 = 40 (so‘m)
Javob: xaridor 40 so‘m qaytim olishi kerak.
202-masala doskada bajariladi.
Omborda 4 t shaker bor edi. Bir do‘konda 1 265 kg, ikkinchiga undan 275 kg ortiq shakar jo‘natildi. Omborda necha kilogram shakar qoldi. ( tonnani kilogammlarda ifodalanadi. )
Masalaga qisqa shart tuziladi.
Bor edi – 4 t
Jo‘natildi:
Bir do‘konga – 1265 kg
Ikkinchi do‘konga - ?, birinchidan 375 kg ortiq
Qoldi - ? kg
Yechish: 4 t = 4000 kg
1265 + 375 = 1640 (kg) bu ikkinchi ombordagi shakar
1265 + 1640 = 2 905 (kg) bu ikkala ombordagi shaker
4000 – 2905 = 1095 (kg) omborda qolgan shaker
Javob: omborda 1095 kilogramm shakar qoldi.
203-misol doskada amallar tartibiga ko‘ra bajariladi.
24 894 – (12 504 + 9 847) = 24 894 – 22 351 = 2543
480 : 8 ∙ 6 = 60 ∙ 6 = 360
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda ekran orqali do‘kon oyinidan foydalaniladi. Bunda ekranda sabzavot do‘koni tasviri chiqadi. Unda turli maxsulotlar narxlari bilan beriladi. Unda lavlagi 1500 so‘m, sabzi 500 so‘m, piyoz 1000 so‘m, kartoshka esa 2000 so‘m deb belgilangan.
O‘quvchidan 5000 so‘mlik sabzavotlarni harid qilish talab etiladi. Agar topshiriq noto‘g‘ri bajarilsa, maxsus ovoz eshitiladi. To‘g‘ri bajarilsa, qarsak ovozi eshitiladi. Mashqni bir necha marta bajarish mumkin.
V. Uyga vazifa berish.
204-masala va 205-misollar sharti tushuntiriladi.
VI. O‘quvchilarni baholash va darsga yakun yasash.
Bugungi darsda nimalarni o‘rganganlari so‘raladi. Dars haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashiladi. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi va rag‘batlantiriladi.
6. Тenglamalarning ba’zi turlari ustidagi ishning didaktik xususiyatlari, ularni yechish usullarini tushuntirish. Sharti: Har bir talaba о‘zi individual yondoshgan holda topshiriqni bajarishi shart. Bir-biridan kо‘chirilgan ish baholanmaydi.