26-variant Ko‘pyoqning turlari haqida malumot bering.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped. Kub 169-177. Darsning maqsadi: Ta’limiy: to‘g‘riburchakli parallelepiped va kubning boshqa geometrik shakllardan farqli tomonlarini o‘quvchilarga tushuntirish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: fazoviy (parallelepiped, kub, shar) figuralarni tasavvur qila olish, tanish va nomlay olish; real ob’yektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda topqirlik, zukkolik, sinchkovlik xususiyatlarini shakllantirish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: ta’limiy oyin jarayonda o‘quvchilarda nuqtayi nazarini himoya qilish, sinf jamoasini o‘z fikriga ishontirishni, munozara madaniyatini shakillantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, o‘tilgan mavzu yuzasidan guruhlarga savollar beriladi. Shu savollarga to‘g‘ri va aniq javob bergan guruh o‘quvchilari rag‘batlantiriladi.
-Ko‘pyoq deb nimaga aytiladi?
-Ko‘pyoqning qirralari deb nimaga aytiladi?
-Ko‘pyoqning turlari haqida malumot bering.
- 8 ta ko‘pyoqqa ega bo‘lgan geometrik shakl nima deb ataladi?
III. Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni ekran orqali tushuntiriladi.
Ekranda navbat bilan qand qutisi, g‘isht, yashik, ko‘p qavatli uy, dori qutisi, kitob, shkaf, gugurt qutisi rasmlaridan rang o‘chib parallelepipedlarning shaffof ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ularning umumiy ko‘rinishi asosida yoqlari to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat bo‘lgan shakl to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb atalishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Ekranda navbat bilan kubik-rubik, quti, shoshqol toshi rasmlaridan rang o‘chib kubning shaffof ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ularning umumiy ko‘rinishi asosida hamma yoqlari kvadratdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb atalishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Darslik bilan ishlash: