26-variant Ko‘pyoqning turlari haqida malumot bering



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə2/11
tarix19.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#88735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MO\'M 26-variant

169-topshiriq. Bunda o‘quvchilarbir necha ko‘pyoq modellarini ko‘rib chiqadilar va qand qutisiga o‘xshash shaklni tanlaydilar. Eshitib, ko‘rganlari asosida quyidagi ta’rifni beradilar. Demak, qand qutisi, g‘isht, yashik shakliga o‘xshash ko‘pyoq to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb ataladi.
170-topshiriq. Bunda o‘quvchilar stol ustiga qo‘yilgan modellardan tanlab olingan bittasini qo‘llariga olib ko‘rishadi va savollarga javob berishadi.
- To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir yog‘i qanday shaklga ega? U nechta shaklga ega?
- U nechta yoqqa ega?
- Uning o‘zaro teng yoqlari, qirralari bormi?
- Ular qaysilar?
-To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta uchi va qirrasi bor?
- Har bir uchidan nechta qirra chiqadi?
- Nima uchun to‘g‘ri burchakli parallelepiped to‘g‘ri burchakli deyiladi?
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri burchakliligini tushuntirish uchun geometrik shakilini ko‘rsatiladi va uning burchaklarini tengligini transpartyorda o‘lchab bolalarga parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri burchakliligi to‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi.

To’g’ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to’g’ri to’rtburchaklardir.


171- topshiriq. Kubni to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb aytish mumkinmi? – deb savol beriladi va bolalarning javobini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan mustahkamlanadi.
Hamma yoqlari kvadratdan iborat to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb atalishini tushuntirib beriladi. O‘quvchilardan ko‘rinishi kub shaklidagi qanday buyumlarni bilishlarini so‘raladi va ularning javoblari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi tushuntirib beriladi.

Hamma yoqlari kvadratdan iborat to’g’ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi.

IPT
172- topshiriq. Topshiriq guruhlarda bajariladi. O‘quvchilar o‘zaro fikrlashib ishlaydilar.
Bunda o‘quvchilar to‘g‘ri burchakli parallelepipedning A va K uchlaridan chiqqan qirralarini aytadilar. Har bir ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qirrani va rasmda qaysi yoqlar ko‘rinishi, qaysi yoqlar ko‘rinmasligi so‘raladi. Teng yoqlar juftliklarini topadilar.
Guruh ishlari bajarilganiga qarab rag‘batlantiriladi.




Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin