27- mavzu. Bank axborot tizimi



Yüklə 38,29 Kb.
səhifə1/4
tarix17.03.2023
ölçüsü38,29 Kb.
#88492
  1   2   3   4
27- mavzu. Bank axborot tizimi


27- mavzu. BANK AXBOROT TIZIMI


27.1. Bank avtomatlashtirilgan axbo­rot tizimlari tushunchasi.
27.2. Bankda boshqaruv tizimidagiaxbo­rot tizimlarini avtomatlashtirishni loyihalashtirishdagi muammolar.
27.3. Bankning avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv tizimining tuzilishi
27.4. Bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik ta’minoti


Tayanch iboralar: aхbоrоtlаshtirish, aхbоrоt rеsursi, aхbоrоt tizimi, aхbоrоt sохаsi, bоshqаruv tizimi, vidеоmоnitоr, opеrаtsiоn tizim.


ANNOTTSIYA
Axborot texnologiyalarini bank faoliyatida qo‘llashga harakat qilish birinchi marta AQSH, Yaponiya va Germaniya mamlakatlarida amalga oshirila boshlandi. Avvalo bu texnologiyalar “operatsionistlar” uchun yaratilgan tizimlardan iborot bo‘lib, keyinroq “Bank operatsion kuni” dasturlari va ishlanmalari vujudga keldi. Banklar moliviy muassasalarini asosiy xususiyatlari va funksiyalari birinchi navbvtda davlat, yuridik va jismoniy sub'yektlarning mijozlar pul mablag‘larini saqlashdan iborat. Bu mablag‘larni qabul qilish chog‘ida depozit hisoblari ochiladi va kelgusida bu hisob egalarining talabnomalariga asosan ularga moliya-kredit xizmatlari ko‘rsatiladi.
Mijozlar o‘z pul mablag‘larini bankka ishonib topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo‘yishlari mumkin:
- Pul mablag‘larini ro‘yxatga kiritish va bankda bo‘lgan davrda ulardan hisobot olib turish.
- Pul mablag‘larini saqlash javobgarligini ta'minlanishini talab qilish.
- Pul mablag‘lari holati va ulardan foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta'minlash.
Hozirgi davrda vujudga kelgan bank industriyasining rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va mijoz mablag‘larini jalb qilish kabi oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Ayni damda bankning moliyaviy xizmatlari borasida uning samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy omillar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin
- xizmatlar taqdim etish ko‘llami;
- bank safarbarlik darajasi: o‘rab turgan moliyaviy sharoit muhit o‘zgarishiga adekvat reaksiya tezligi, ya'ni bank faoliyatini zamonaviy biznesga yo‘naltirish imkoniyati - ma'lum vaqtdagi tashqi omillar o‘zgarishidagi faoliyati, bu vaqt davomida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar dolzarbligini saqlab qoladi;
- bozorda keng ishtirok etish (geografik) tarqalganlik. Bunda har bir gegrafik regionda bank muassasasining jismoniy qatnashishi ko‘zda tutilmaydi; bankni masshtabliylik darajasi: bank o‘zining o‘tkazish qobiliyatini qo‘shimcha investitsiyalarga qanchalik kattalashtira oladi, yoki bankni o‘z biznes faoliyatida qanday minimal chegaralarda mumkin bo‘lgan rentabellik darajasini saqlay oladi;
- bankni boshqarish darajasi: har bir real vaqt mobaynida resurslarni adekvat baholash va muhim strategik (uzoq muddatli) yoki tezkor ( qisqa muddatli) masalalar yechimlari uchun ularni mobilizatsiya, rekonstruksiya qilish; bank va moddiy komponentlar uchun sharoitlar yaratish, rivjlantirish, xizmat ko‘rsatish va bankni quvvatlashga hamma chiqimlarini hisobga olgan holda bank xizmatlari tannarxini raqobatbardoshligini oshirish.
Ayni damda bank faoliyati samaradorligining zaruriy ko‘rsatkichlariga erishishning yagona birmuncha samarali yo‘li masshtabli va adekvat talablar va maqsadga erishish hamda qo‘yilgan masalalarni yechish uchun puhta o‘ylangan yangi texnologiyalar(kopyuter axborot texnologiyalari)ni joriy eish zarurdir.
Hozirgi vaqtda bank faoliyatida intensiv va total yo‘naltirilgan elektron usullar nafaqat bank operatsiyalariga (operatsion faoliyatga), balki bank faoliyatidagi barcha jarayonlarga (menedjerlik faoliyatiga ham) axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali erishiladi.Bu moliyaviy trasaksiyalarni amalga oshirishda tezlik, adaptivlik va gegrafik tarqalganlik bankning faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun hal qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan mezonga aylangan moliya industriyasi texnologik jarayonlarining umumiy intensifikatsiyasi bilan ifodalanadi.
Biz quyidagi 1-rasmda bank tizimidagi axborot arxetekturasining asosiy komponentlarini ko‘rishimiz mumkin. Bankni avtomatlashtirish qo‘mitasi (BAQ) - bankni avtomatlashtirilgan bo‘linmalaridan tashkil topib, qaror va dasturlarni amalga oshirish ijroiy organini ifoda qiluvchi faoliyatini va bankni axborot-kommuniyeatsiya texnologiyalarini qo‘llashda quvvatlash doirasiga kiruvchi axborot texnologshiyalari bo‘yicha guruh hisoblanadi. Bu qo‘mitani vazifasi asosan xozirgi bozor isloxotlari davrida davr talabiga mos ravishda banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlash jarayonini yanada takomillashitirib bozor isloxotlari sharoitiga moslab tashkillashtirishdar.

1-rasm. Bank tizimidagi axborot arxitekturasining asosiy komponentlarini tuzilishi.


Axborot texnologiyalari portfeli - kompyuterlar, dasturiy ta'minot, tarmoq va tizim quvvatlovchilariga inqyestitsiyalar haqida eng samarali yechimlarni qabul qilish instrumentlarini va shu bilan birga tashkilot-muassasa darajasidagi texnlogiyalar uchun nazorat-kuzatuv va samarali ijroiy rahbarlik uchun talab qilinadigan, jamlangan tabiiy mavjud axborotlarni, xulosalarni o‘z ichiga oladi.


Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalarini quyidagi 2.-rasmdan ko‘rishimiz mumkin.


Yüklə 38,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin