Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ish hujjatlarini nazorat qilish shakllarini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy, o’quv va badiiy manbalarni o’rganish
Pedagogik tajriba uchun vositalar tanlash
Tajribani tashkil etish va olib boorish
Olingan natijalar tahlilini amalga oshirish va tegishli tavsiyalar berish
Kurs ishini talab darajasida jihozlash va rasmiylashtirish.
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish ish shaklini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish.
Kurs ishining metodlari: kuzatish, suhbat, adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining metodologik asosi: “Ta’lim to’g’risida’’ Qonun , SH.M.Mirziyoyevning ma’ruzalari ,maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga , nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish , haqidagi fikrlari, maktabgacha ta’lim sohasi oid prezident qarorlari va farmonlari ,vazirlikning sohaga oid chiqargan huquqiy me’yoriy hujjatlari.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati, tuzilishi, ish jarayonlari, Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish, kadrlar faoliyati nazariy va amaliy jihatdan o’rganib chiqildi. Ushbu kurs ishidan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari o’zlarining mustaqil va kurs ishlarini tayyorlashda ilmiy va amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin.
4
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar va 35 betdan iborat.
I BOB Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari 1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari. Bolalar bog‘chasining Nizomiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasida muayyan hujjatlar olib borilishi kerak.
Buyruqlar daftari bolalar bog‘chasiga tartib raqami berilgandan keyin rasmiylashtiriladi. Uning hamma sahifalari raqamlanadi, oxirida uning necha varaqligi ko‘rsatiladi.Bolalarni hisobga olish daftari (DP-2-shakli) bolalar va ota- onalar haqidagi ma’lumotlarni, bolalarning uy manzili, bog‘chaga kelgan va undan (butunlay) ketgan sanalarni o‘z ichiga oladi.
Har bir gurahda bolalarning har kungi davomati (bog'chaga kelishi) hisobga olinadi (DP-3-shakli). Shuningdek, xodimlarning, bolalarning shaxsiy hujjatlari; tibbiy kartalari; xodimlarning ish jadvali, ularning ish vaqtini hisobga olish tabeli; maktabgacha tar- biya muassasasiga yo‘l-yo‘riq beradigan, uni tekshiradigan va na- zorat qiladigan kishilarning mulohaza va takliflarini yozish daftari; sanitariya jurnali; pedagogika, ishlab chiqarish yig‘ilishlari va ota- onalar majlislarining bayonnomalari; inventar va oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olish daftari; muassasaning yillik, oylik ish rejasi va boshqalar olib boriladi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidan“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;
davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;,
5
davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari; maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat o‘quv dasturi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan. Maktabgacha ta`lim muassasasi ning asosiy maqsadlari maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: