Bolalarni sportcha suzishga o’rgatish xususiyatlari.
Bolalarni suzishga boshlang’ich o’rgatishni uyushtirish va o’tkazishda ularning аnatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Kattalar va bolalarni suzish sportiga boshlang’ich o’rgatish metodikasi o’rtasida prinsipial tafovut yo’q. Lekin shunga qaramay o’qituvchi bolalar bilan shug’ullangan paytda ularning yosh хususiyatlari va imkoniyatlariga qarab metodik usullarni qo’llashi zarur.
O’rgatish metodikasi suzishning boshlang’ich ta’lim va sport trenirovkasi metodlarini o’z ichiga oladi. Boshlang’ich ta’lim va sport trenirovkasi bir butun jarayon bo’lib, materialning boshlang’ich va keyingi bosqichlarini ketma-ket bayon qilish maqsadida u boshlang’ich trenirovka va sport trenirovkasiga bo’lingan. Suzish mashg’uloti tashkiliy jarayonining asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Shug’ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy kamoloti sog’liqlarini mustahkamlashga, ular organizmini chiniqtirishga xizmat qiladi.
2. Shug’ullanuvchilar sportcha suzish texnikasining nazariy asosi va metodikasi bilan qurollantiriladi, shuningdek keyinchalik buni takomillashtirish yo’llari ularga o’rgatiladi. Bu masalalar ma’ruza va suhbatlar o’tkazish, sport-o’quv kinofilmlari, kinokolsovka, suratlar, kinogramma va boshqa ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish, suzish texnikasining individual xususiyatlari va kuchli suzuvchilarning mashq 91
olish metodlarini, suzish texnikasida shaxsiy xatolarning kelib chiqishi va ularni bartaraf qilish usullari, shug’ullanuvchilarning sportcha suzishga oid maxsus adabiyotlarni o’qishi orqali ochib beriladi.
3. Suzish ko’nikmasi amaliy mashg’ulotlar jarayonida ayrim mashqlarni quruqlikda va suvda trener rahbarligida ko’p marta takrorlash orqali takomillashtiriladi, suzish texnikasining malakasi oshiriladi.
4. Har tomonlama suzish tayyorgarligi va hamma suzish usullari texnikasi mukammal o’zlashtirilgandan keyin shug’ullanuvchilarning u yoki bu suzish turiga moyilligi aniqlanadi.
5. Shug’ullanuvchilarga tanlangan sportcha suzish turi bo’yicha mahoratlarini oshirishlari uchun kerakli sharoit yaratib beriladi.
Sportcha suzishga o’rgatish metodikasi deganda shug’ullanuvchilar suzish texnikasini tez va puxta egallashlari uchun o’qituvchi qo’llagan usul hamda qo’llanmalar tushuniladi. Sportcha suzish texnikasini o’rgatishda qo’llaniladigan asosiy usullar:
1. Tushuntirish usuli
2. Ko’rsatish usuli
3. Suzish texnikasini alohida elementlarga bo’lib va bir butunlikda o’rgatish usuli.
4. Mashq usuli.
Tushuncha berish usuli turli xil tushuntirish usullari va qo’llanmalarni
o’z ichiga oladi. Tinglovchilarda ayrim harakatlar haqida tushuncha hosil qilish va ularning o’zaro moslashuvini yaxshiroq eslab olishga yordam beradi. O’rganilayotgan material haqida tushuncha berishning asosiy formalari quyidagilar: mashg’ulot jarayonida quruqlikda gruppa bilan qisqa tushuncha va ko’rsatmalar beriladi.
O’qituvchi sportcha suzish texnikasining asosiy qonun va elementlarini chuqurroq o’rganishlari uchun shug’ullanuvchilarga maxsus adabiyot tavsiya qiladi. Tushuncha berish ba’zi hollarda ko’rgazmalar bilan yakunlanadi yoki ikkalasidan bir vaqtda foydalaniladi. Shuningdek ko’rgazmadan keyin tushuncha berish mumkin.
Birinchi holda asosiy maqsad: tushuncha berish orqali shug’ullanuvchilarda o’rganilayotgan harakat haqida yaqqol tasavvur qosil qilish, ko’rsatish orqali uni mustahkamlash yoki to’g’ri bajartirish; ikkinchi holda – ko’rsatish asnosida shug’ullanuvchilar e’tiborini asosiy harakatlariga jalb qilish va shu bilan birga, ular o’rganayotgan harakatni to’g’ri tushunishga yordam berish; uchinchi holda ko’rsatish yordamida keyingi tushunchalarni to’g’ri tushuntirishdan iborat. Ko’rsatish uslubiyatining asosiy maqsadi – shug’ullanuvchilarda suvdagi harakatlar to’g’risida to’liq va aniq tasavvur hosil qilishga ko’maklashishdan iborat. Shug’ullanuvchilarga barcha yangi o’rganilmagan harakatlar, suvdagi mashqlar ko’rsatiladi.
kichik boladi.
Boshqa bir misol: predmetning yupqa tomonini harakat yonalishiga perpendikulyar qilib joylashtirsak, suv qarshiligi nihoyatda kattalashadi.
Bu – bizning maqsadimizga teskari hodisalar. Shu sababli, suzuvchi suvga tushar ekan, u gorizontal holatni egallab olishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |