Nido“, toʻliq nomi „Nido. Dostonlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub dostonlar toʻplami. 1965-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyotida (hozirgi nomi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi) chop etilgan. Toʻplamga Vohidovning „Nido“, „Buyuk hayot tongi“ hamda „Orzu chashmasi“ dostonlari kiritilgan. Ushbu uch doston keyinchalik Vohidovning bir necha toʻplamiga, jumladan, „Dostonlar“ toʻplamiga kiritilgan.
Mazkur toʻplamda ilk bor eʼlon qilingan „Nido“ dostoni ham tanqidchilar, ham oʻquvchilar tomonidan yuqori baholandi va Vohidov ismi xalq orasida tanilishida muhim rol oʻynadi.[1] Doston Vohidovning Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan otasi Chuyanboy Vohidovga bagʻishlagan. „Buyuk hayot tongi“ dostoni esa Vladimir Leninning yoshligi haqidadir. Nihoyat, „Orzu chashmasi“ dostonida Qora dengiz sohilida yashovchi ikki sevishgan – Orzu va Ogʻadoʻstning fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Dostonni muallif Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan otasiga bagʻishlagan. Xususan, asarda Vohidov otasi yana uch askar bilan dushman hududiga razvedkaga borib, halok boʻlgani haqida soʻz yuritadi. Tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yuqori baholangan ushbu doston Vohidovga shuhrat olib keldi. Doston koʻp sonli oʻzbek tilidagi adabiyot darsliklaridan oʻrin olgan.
2.SHoir asarlarining o’ziga xosligi
Erkin Vohidov nomini ko’p eshitganmiz. Darsliklarda uning asarlari bilan tanishganmiz. Xo’sh savol tug’iladi: Erkin Vohidov kim? Biz bu insonni kim sifatida bilamiz? Qaysi xizmatlari uchun u “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi?
Avvalo, Erkin Vohidov haqida gap ketganda hech bir o’zbek millati inkor eta olmaydigan qo’shiqqa aylangan yuzlab lirik she’rlari, ijtimoiy hayotga befarq qaray olmagan vatanparvar inson ekanligini isbotlab beruvchi dostonlari, g’azallarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. “Inson o’zing”, “O’zbegim”, “Ishq istilosi”, “Achchiq haqiqat”, “Do’st bilan obod uying” ushbu qo’shiqlarni ko’p bora tinglaganmiz, ammo she’r, g’azallarining muallifi bizga ma’lummi? Siz o’zingizga shu savolni berib ko’rganmisiz?
Ey sen Erkin, sen bugun yozding dilingdan bir tugun,
Sen kim-u men daxri dun, biyron o’zing, nodon o’zing.
(Inson qasidasi)
Qayga borsam boshda do’ppim, g’oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan O’zbekiston - o’zbegim.
(O’zbegim qasidasi)
Muhabbat sajdagohida sig’indim yor sanamga man,
Biling dinsizlar osiymas, muhabbatsizlar osiydur.
(Ishq istilosi)
Do’st bilan obod uying, gar bo’lsa u vayrona ham,
Do’st qadam qo’ymas esa vayronadur koshona ham.
(Do’st bilan obod uying)
Bu g’azallar bir insonga tegishlidir. Bunday Vatanparvarlik, ishq, insoniylik va do’stlik kabi o’tkir fikrlar faqat Erkin Vohidov qalamiga mansub bo’lishi mumkin.
Erkin Vohidov ijod cho’qqisiga chiqish bilan birga insoniylik cho’qqisini ham zabt etgan inson ekanligini ko’p shoiru, yozuvchilarimiz o’z xotiralarida ko’p bor ta’kidlab o’tishgan.
Erkin Vohidov faqat she’rlar, hajviyalar yozgan shoir sifatida emas, balki, mudrab qolgan aruz vaznini qayta uyg’otgan g’azalnavis sifatida adabiyot gulshanida chuqur iz qoldirgan.
Sobiq ittifoq davrida Aruz vazniga nisbatan eskicha qarash shakllangan bo’lib, bu vazn 20-asr insonining ijtimoiy – ruhiy holatini yoritib berish talablariga javob bera olmaydi degan fikrlar mavjud edi. Ammo buni qarangki, shoir ijodiga nazar solar ekanmiz, bu vaznda yaratilgan lirik g’azallar hech bir jihati bilan an’anaviy she’riyatdan qolishmasligini kuzatishimiz mumkin. Erkin Vohidov g’azallari sodda va ravon, qo’shiqdek o’qiladi. Uni o’qigan inson g’azallar ichida vazn talab qiladigan g’aliz jumlalar yoki umumiste’molda ishlatilmaydigan so’zlarga duch kelmaydi.
Jonga solgan hamma sozdir, elga so’ylab man kabi,
Shoiri devonayi ishq nomini olgan yomon.
(Achchiq haqiqat)
Erkin Vohidov g’azallarida lirik qahramon nafaqat oshiq timsolida balki, ijtimoiy hayotga befarq qaray olmaydigan davr kishisi sifatida ham shakllangan. Jumladan, dunyoning ko’plab mamlakatlarida millatchilik atalmish illatning mavjud ekanligi, inson hayotiga naqadar katta tahdid solayotgani va albatta, bag’rikeng o’zbegimning har bir millat va elatga nisbatan do’stona kayfiyatidan kelib chiqib, XX asrning insoniyat boshiga juda o’gir kunlarni solgan 1 va 2 – jahon urushlaridagi millatchilik g’oyalarini o’zining “Inson qasidasi” g’azalida, shuningdek, insonlar o’rtasidagi millatlar va dinlar o’rtasidagi o’zaro nifoq jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini “Ruhlar isyoni” dostonida ta’kidlab o’tadi va bunday holatni keskin qoralaydi.
Kim farang-u, kim habash, irq qon talash, iymon talash,
Shumi insondek yashash armon o’zing, afg’on o’zing.
(Inson qasidasi)
Kalkuttani
Quchdi g’ulu,
Bosh ko’tardi olomon.
Qutlug’ jang, deb turdi hindu,
G’azot, dedi musulmon.
Barahmanlar dovul qoqdi,
Fatvo berdi
Imomlar.
Ko’cha to’lib qonlar oqdi
To’qnashganda imonlar.
(Ruhlar isyoni)
Bunday fikrlarni ya’ni tinchlikni ulug’lab o’zining “Nido” dostonida quyidagi fikrlarni keltirgan.
Asrdosh birodar qo’lni ber,
Kel yerga qilaylik qasamyod.
Bo’lurmiz gar kelsa har birimizga,
Tinchlik jangohining fidosi
Bu senga,
Bu menga,
Bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
(Nido) dostoni
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, qalbida vataniga bo’lgan muhabbat cheksiz bo’lgan, insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko’radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog’lardek ulug’vor bo’lgan insonni o’z umrining qahramoni deyish mumkin. Erkin Vohidov ham shunday insonlardan edi desak yanglishmagan bo’lamiz. Mustaqillikka erishib o’zligini, o’zbegini yaratayotgan xalqimiz esa bunday insonlarni ulug’lashi tabiiy va mantiqiy holdir. Erkin Vohidovning hayot yo’li, yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g’oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.
Bu qasidam senga xalqim oq sut-u, tuz hurmati,
Erkin o’g’lingman qabul et O’zbegim jon O’zbegim.
III bob.XULOSA
Erkin vohidov ijodida Quyosh insonning homiysi har qadamda insonga xizmat qiladi.Yana bu xizmatim insonga yoqdimikin deb xayol suradi.Yo’qsa o’rik shoxida bodroq qovuradimi Majnuntolning yomg’ir yuvgan sochlarini tararmidi.
Iqtidorli shoir –Yaratganning millatga yuborgan sovg’asi.SHuning uchun adiblar o’zlari mansub millatga yashashni poklikni bir-biriga yaxshilik qilishni Vatanni va xalqni sevishni o’rgatadi.
U xalq qalbidagi alamlarni olamga shior qilib e’lon qiluvchi minbar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat
1.
Azizxo‘jaeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006 y. 200b.
2.
Abu Rayhon Beruniy. Feruza (Javohirlar haqida naql va hikoyatlar). – Toshkent: A.Qodiriy nomidagi nashriyot, 1993.
3.
Axmedova M., Abdurahmonova N., Jumaev M. Matematika. 1-sinf uchun darslik. T.: “Turon-iqbol”. 2008-yil.
Божович Л. И. Проблемы формирования личности. –М.: Вронеж 1997 г.
Бондаренко С.М. Проблема формирование познавательного интереса при классно-групповом и программированном обучении: по материалом психолого-педагогической литературы. //Вопросы алгоритмизации и программирования обучения. /Под.ред. Л.Н.Ланды. Москва., 1973 г.
Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q. Matematika. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. –T.: 2012 yil. 208 bet.
Васильев И.А., Магомед Эминов М.Ш. Мотивация и контроль за действием. М. 1991 г. 143 с.
Вилюнас В. К. Психологические механизмы мотивации человека. –М.: 1990 г.
Выготский Л. С. Педагогическая психология. –М.: 1996 г.
Годфура Ж. Что такое психология: В 2 т.: Пер. С фрац. –М.: 1990 г.
Джемс В. Психология. –М.: 1991 г.
Деси.Е.Л и д.р. Мотивация и образования. 1991 г. 325-326 с.
Ziyomuxamedov B. Pedagogika. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. –T: “Turon-Iqbol”. 2008 yil. 112-bet.
Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010y. 304 b.
Ibragimov X.I., Yo‘ldoshev U.A.,Bobomirzaev X., Pedagogik-psixologiya (o‘quv qo‘llanma). –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2009y. 490 b.
Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. СПб,: Питер. 2000. 512с.
Yo‘ldosheva J.R. Usmonova S.A., Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. –T: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2008-yil. 132-bet.
Yo‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008 y. 153 b.
Karimova V. Psixologiya. –T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. –T.: 2002 y. 204 b.
Ковалев В.И. Мотивы поведения и деательности. –М.: 1988 г.
Леонтьев А. Н. Деятельность, сознание, личность. –М.: 1975 г.
Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova I., Pedagogika nazariyasi va tarixi (darslik) –T:, “Fan va texnologiya” nashriyoti 2010-yil. 464-bet.
Mavlonova R.A. va boshqalar. Pedagogika (darslik). T: “O‘qituvchi” nashriyoti. 2002 yil.
Mavlonova R., Arabova M., Pedagogik texnologiya (metodik qo‘llanma) –T: 2008 yil. 47 bet.