28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Hisobotning mohiyati, ahamiyati va tarkibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

1. Hisobotning mohiyati, ahamiyati va tarkibi 
Ho’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar 
va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) 
davomida ho’jalik faoliyatining yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar yetarli emas. 
Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo’li bilan 
erishiladi. 
Demak, hisobot ho’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’tgan vaqt ichidagi ishlari 
natijalari va sharoitlari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, undan faoliyatini 
tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi. Hisobot axborotlari 
sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish xarajatlari, ho’jalik 
mablag’’lari va ularni tashkil bo’lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, 
soliqqa tortish va dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, 
«Nou Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatining 
o’sishi hamda rivojlanish rezervlarini qidirib topish, korxonaning bozordagi 
barqarorligini ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona 
rahbari mulkdorlar, tahsischilar, nazorat tizimi tashkilotlari (banklar, moliyaviy 
organlar), hukumatning rasmiy va yuqori boshqaruv organlari oldida hisobot beradi. 
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali 
korustunlardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga choraklik va 
yillik hisobotini topshiradi: 
- tahsis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo’yicha vakolatli 
organlar, tahsischilar); 
- davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa); 


143 
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining 
ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan 
boshqa davlat organlariga. 
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga 
binoan: 
1.
Barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31 
dekabrgacha bo’lgan davr hisoblanadi. 
2.
YAngi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili 
bo’lib, ular yuridik huquqga ega bo’lgan sanadan shu yilning 31 
dekabrigachabo’lgandavrhisoblanadi. 1 oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, 
haytadan 
tashkil 
etilgan) 
korxonalar 
(ularning 
strukturaviy 
bo’linmalari 
asosida 
tashkil 
etilganlardan 
tashqari 
korxonalar) uchunularning goridik huquqga ega bo’ltan sanadan keyin 
gi yilning 31 dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yshsh davri hisoblashga 
ruxsat beriladi. 
3.
Korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshirishadilar. 
Hisobot rahbar, bosh buxgalter, basharti korxonaning buxgalteriya hisoboti 
shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, 
hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi. . SHuni ham eslatib o’tish kerakki, 
korxonaning ho’jalik faoliyati natih jalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi 
yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, xaridorh mol yurituvchi va 
boshqalar) uchun ochiq bo’lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning 
to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirilishidan 
oldin tahsis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni (16
modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 
1
«Korxona balansi»; 
2
«Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»; 
3
«Asosiy 
vositalar 
harakati 
to’g’risida 
hisobot»; 
4 «Pul oqimlari to’g’risida hisobot»; 
5 «Xususiy kapital to’g’risida hisobot». 
YUqoridagi hisobot shakllariga izohlar, hisob kitoblar va tushuntirishlar ilova 
qilinadi. 
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans 
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot 
beradi. CHunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha 
eskirishni chiqarib tashlab ko’rsatiladi. Asosiy vositalar, nomodtsiy aktivlar va 
boshqalar, foyda summasi esa jamiga faqat hisobot davrida tasdshhyaanmagan fovda 
xajmigina qo’shiladi. Lekin ho’jalik faoliyatini taxlil etish maqsadida balansda huyidagi 
ko’rsatkichlar saqlanib kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda. 
SHo’hba korxonalari
?
filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar 
konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi. 


144 
SHo’hba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy 
hisobotida uning moliyaviy ho’yilmalari sifatida aks ettiriladi. YUridik shaxslar 
o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy bo’linmalarini mustaqil 
balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari 
tegishli goridik shaxsining konsolidatsiyalashgan hisobotiga, albatta, qo’shiladi. 
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova 
qilinadi. Konsolvdallashgan hisobot 8milliy buxgalteriya hisobi standarti (BHMS)ga 
binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari bo’yicha 
tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar buddan mustasno. Moliyaviy hisobot yil 
boshidan yig’ilib boruvchi jami bilan xar chorakdan tekshiriladi. 
Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini 
yuqori 
organ O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradi. 
Ayrim ho’jalik yurituvchi subhektlar uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasi tomonidan moliyaviy hisobotni topshirish bo’yicha boshqa muddatlar 
belgilanishi mumkin. 
Ho’jalik yurituvchi subhektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi 
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. 
Ochiq turdagi aktsioner jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, jamg’arma 
va tovar birjalari, investitsiya jamg’armalari va boshqa moliyaviy muassasalar, 
hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan 
so’ng yillik moliyaviy zhisobotni hisobot yshshdan keyingi yilning birinchi 
mayigacha, albatta, nashr etishlari kerak. 
Ho’jalik yurituvchi subhekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi. 
Korxonani tugatish bo’yicha muomolaning buxgalteriya hisobi, tugatish 
balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini anihlash ishlari tugatish 
komissiyasiga yuklatiladi. 
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shiladi. 
Tugatish balansida majburiyatlar ularning haytarish vaqtiga hisoblangan foizlar 
bilan birga aks ettiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin