243
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotida ulgurji va taqsimot bazalarida,
omborlarda, umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlash joylarida, sabzavotni
saqlash joylarida va boshqalarda saqlanayotgan mavjud tovar zaxiralarining
naqdligi va xarakati sotib olish qiymatida hisobga olinadi.
Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi 2910
"Ombordagi tovarlar" schyotining debetida tovarlarni xarid qilish bilan bog’liq
xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi.
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510 "Materiallarni tayyorlash va
xarid qilish" schyotidan foydalanilgan xolda materiallar bilan bog’liq
muomalalarni hisobga olish tartibi kabi bir xilda hisobda aks ettirish mumkin.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga sotilgan tovarlar
va ular uchun ushbu xaridor
(buyurtmachi)larga hisob-kitob xujjatlarining taqdim etilishi yoki ular tomonidan
to’lanishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidan 9120 "Sotilgan tovarlarning
tannarxi" schyotining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi.
2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotida chakana savdo korxonalari
(magazinlar, palatkalar, laryoklar, kioskalar va hokazolar) va umumiy ovqatlanish
korxonalarining bufetlaridagi tovarlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi.
Chakana savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi
shisha idishlar (shishalar, bankalar va boshqalar)ning naqdligi va xarakati xam
ushbu schyotda hisobga olinadi. Chakana savdodagi tovarlarning sotilishida xam
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi buxgalteriya
yozuvlari amalga
oshiriladi.
2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotida ko’rgazmalar, yarmarkalar, reklama
va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tovarlar hisobga olinadi. Bunda 2930
"Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotining debeti va 2910 "Ombordagi tovarlar" yoki
2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar
amalga oshiriladi. Tovarlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar
shaxsdan boshqasiga o’tadi. Agar ko’rgazmaga, yarmarkaga va xokazoga
qo’yilgan tovarlar sotilsa, u xolda buxgalteriya yozuvlari 2910 "Ombordagi
tovarlar" schyotidagi kabi amalga oshiriladi.
2940 "Prokatdagi buyumlar" schyotida prokatga (ijaraga) berish uchun
mo’ljallangan buyumlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi.
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar" schyotida tovarlar bilan band va
bo’sh turgan idishlarning (chakana savdo korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish
korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlardan tashqari) naqdligi va xarakati
hisobga olinadi.
Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo’sh bo’lgan
idishlarning
xarakatini ularning tarkibi va baxosidan kelib chiqqan xolda idishlar guruhi baxosi
bo’yicha o’rnatiladigan o’rtacha hisob baxosi bo’yicha hisobga olishlari mumkin.
Bunda idishlarni sotib olish baxosi bilan o’rtacha hisob baxolari orasidagi farq
9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyotida yoki 9490 "Boshqa operatsion
xarajatlar" schyotida olib boriladi.
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar" schyotida boshqa korxonalarga
komissiya va konsignatsiya shartnomasi bo’yicha berilgan tovarlar hisobga olinadi.
244
2970 "Yo’ldagi tovarlar" schyotida hisobot davri oxirida yo’lda qolgan
(omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi.
2980 "Savdo ustamasi" schyoti agar chakana savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalarida tovarlar hisobda sotish baxosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama
(chegirma)lari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ushbu schyotda omborxonalar, bufetlar va
oshxonalardagi mavjud oziq-ovqat maxsulotlari va tovarlarning
savdo ustamalari
shuningdek, oshxona va bufet maxsulotlariga sotish baxosida ularning qiymatiga
belgilangan tartibda qo’yiladigan ustama summalari hisobga olinadi.
2980 "Savdo ustamasi" schyoti tovarlar kirim qilinganda savdo ustamasi
summasiga kreditlanib, sotilgan,
chiqarilgan, yoki tabiy yo’qotish natijasida
hisobdan chiqarilgan, yaroqsiz, buzilgan, kamomad va xokazolarda tovarlar
bo’yicha savdo ustamasi summasiga debetlanadi. Savdo ustamasining sotilgan
tovarlarga to’g’ri keladigan qismi 2980 "Savdo ustamasi" schyotining debetida va
9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Savdo
ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan qismi
yo’qlama qilish opislari asosida, o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq,
tovarlarga
tegishli ustamani aniqlash orqali aniqlashtiriladi.
Chakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan
savdo ustamasi summasi oy boshida tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan savdo
ustamasi summasi va 2980 "Savdo ustamasi" schyoti debeti bo’yicha aylanma
summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 "Savdo ustamasi"
schyoti krediti bo’yicha aylanmani bir oyda sotilgan tovarlar summasi (hisob
baxolari bo’yicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldig’iga (hisob baxolari bo’yicha)
nisbatidan kelib chiqqan xolda hisoblangan foiz bo’yicha aniqlanishi mumkin.
2990 "Boshqa tovarlar" schyotida 2910-2950 schyotlarda aks ettirilmaydigan
boshqa tovarlar hisobga olinadi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900) bo’yicha analitik hisob moddiy
javobgar shaxslar, tovarlarning nomlari (navi, guruіlari, toylar) va tovarlarning
saqlanish joylari bo’yicha yuritiladi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900)ning bog’lanishi
Dostları ilə paylaş: