250
52-MAVZU. PUL MABLAG’’LARI HISOBI.
ma’ruza 2 soat,
Reja.
1.
Korxona kassasi, kassadagi naqd pulxarakatlarni dastlabki
xujjatlar bilan rasmiylashtirish tarrtibi.
2.
Milliy valyutadagi pulmablag’’lari hisobi.
3.
Chet el valyutasidagi pulmablag’’lari.
Tayanch iboralar
: Kassa, kassa daftari, kassa kirim order,
kassa chiqim
orderi, naqd pulcheki.
Korxonada naqd pulli muomalalar korxona kassasi orkali amalga oshiriladi.
Kassa belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Kassadagi naqd ‘ullar xarakatini kuyidagi boshlangich xujjatlar orkali amalga
oshiriladi:
- naqd pulolish uchun chek daftari
- kassa kirim orderi
- kassa chiqim orderi
- kassa daftari
Kassadagi pulmablag’’larining mavjudligi va xarakati to’gisidagi ma'lumotlar
kuyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
5010 "Milliy valyutadagi pulmablag’’lari";
5020 "Chet el valyutasidagi pulmablag’’lari". Kassa o’erasiyalarini amalga
oshirish va xujjatlashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi.Korxonalarning
uziga xos
xususiyatini inobatga olib (trans’ort, aloqa) "Korxona kassasi" va "Joriy kassa"
schyotlari ochilishi mumkin.Bu schyotlar balansga nisbatan aktiv schyot bo’lib,
debet tomonida tashqilot kassasiga kirim qilingan pulmablag’’lari hisobga olinadi.
Kredit tomonida kassadan berilgan pulmablag’’lari va bankka to’shirilgan limitdan
ortiqcha ‘ullar hisobga olib boriladi.
51 - Hisob-kitob schyotidagi pulmablag’’lari hisobi schyotlari
Korxonalarning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pulmablag’’larining
mavjudligi va xarakati to’gisidagi ma'lumot umumlashuvi 5110 "hisob-kitob
schyoti"da amalga oshiriladi.Hisob-kitob schyotida ho’jalik jarayonlarini
(o’erasiyalarini) amalga oshirish tartibi va rasmiylashtirilishi O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
5110 "Hisob-kitob schyoti" debetida korxonaning hisob-kitob schyotiga kelib
tushgan pulmablag’’lari aks ettiriladi. 5110 "Hisob-kitob schyoti"ning kredit
tomonida korxonaning hisob-kitob schyotidan chiqim qilingan pulmablag’’lari aks
ettiriladi. Bankdan olingan kuchirmani tekshirish natijasida aniqlangan,
korxona
hisob-kitob schyotining debet yoki kredit tomoniga noto’gi
olib borilgan
pulmablag’’lari 4210 "Da'volar bo’yicha olinadigan schyotlar" yoki 6860 "Da'volar
bo’yicha to’lanadigan schyotlar" schyotlarida aks ettiriladi.
251
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyotidagi jarayon (o’erasiya)lar bankdan
olingan kuchirmalar va ularga ilova qilingan pulva hisob xujjatlariga asosan aks
ettiriladi.
52 - Valyuta schyotlari hisobining schyotlari
Respublika xududi va xorij banklaridagi chet el valyuta schyotlarida mavjud
bo’lgan pulmablag’’larining mavjudligi va xarakati to’gisidagi ma'lumotlar
kuyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
5210 "Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari";
5220 "Xorijdagi valyuta schyotlari".
Valyuta schyotlarida o’erasiyalarni amalga oshirish va xuj-jatlashtirish tartibi
Uzbekistan Respublikasi Markaziy bankining me'yoriy
xujjatlari asosida tartibga
solinadi.Korxona valyuta mablag’’i hisobi schyotining debetida, korxona valyuta
schyotiga pulmablag’’lari tushumi, kreditida esa - pulmablag’’larining chiqimi aks
ettiriladi. Bankdan olingan kuchirmani tekshirish natijasida aniqlangan korxona
valyuta schyotining debet yoki kredit tomoniga noto’gi olib borilgan
pulmablag’’lari 4210 "Da'volar bo’yicha olinadigan schyotlar" schyotida aks
ettiriladi. Buxgalteriya hisobida valyuta schyotida o’erasiyalar bankdan olingan
kuchirma va ularga tavdim etilgan pul- hisob xujjatlariga asosan aks ettiriladi.
Valyuta mablag’’lari hisobi bo’yicha analitik hisob tashqilotlarda chet el
valyutasidagi pul mablag’’larini saqlash uchun bank
tizimvda ochilgan xar bir
schyot bo’yicha aloxida hisobga olib boriladi.
Ushbu bo’limning schyotlari korxonaga tegishli bo’lgan kassadagi mavjud
milliy va chet el valyutasidagi, O’zbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi
banklar schyotlardagi pul mablag’lari,
pul ekvivalentlari, qimmatli qog’ozlarga
qilingan qisqa muddatli qo’yilmalar, shuningdek kamomadlar va qiymatliklarning
buzilishidan yo’qotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va xarakati
to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Ushbu bo’limdagi schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablag’lari va ularga
tegishli operatsiyalar milliy valyutada - so’mda, chet el valyutasini pulli hisob-
kitob xujjatlaridan ko’chirma olingan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki kursi bo’yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi. Pul mablag’lari
qoldiqini hisobot oyining oxirgi sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki kursi bo’yicha xar oydagi qayta baxolash natijasidagi kurs farqlari (ijobiy
kurs farqi) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi)
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
Ushbu bo’limda quyidagi schyotlardagi hisob tartibi yoritiladi:
5000- Kassadagi pul mablag’larini hisobga
oluvchi schyotlar;
5100-Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar;
5200- CHet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar;
5500- Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi
schyotlar;
5600- Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5700- Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar;
5800- Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
252
5900- Kamomadlar va qiymatliklarning buzulishidan yo’qotishlar va boshqa
joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Korxona kassasidagi pul mablag’larining naqdligi va xarakati to’g’risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”;
5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”
Zarur xollarda ayrim (transport, aloqa) korxonalarda “Korxona kassasi” va
“Operatsion kassa” kabi schyotlar ochilishi mumkin.
Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning (5000) debeti
bo’yicha korxona kassasiga kelib tushgan pul mablag’lari aks ettiriladi.
Krediti
bo’yicha korxona kassasidan to’lanadigan pul mablag’lari va limitdan ortiqcha
pulni bankka topshirish aks ettiriladi.
Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5000)ning boјlanishi
Dostları ilə paylaş: