59
yig’ib taqsimlovchi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti xizmat
qiladi.
Xarajatlar to’g’risidagi Nizomga muvofiq xo’jalik sub’ektlarini
boshqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotidagi
to’rtta schyotlar asosida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar oy
davomida yig’ib boriladi va davr oxirida molyaviy natijalar hisobidan
qoplanadi.
Xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish
haqi va shu kabi to’g’ri xarajatlar bevosita “ Asosiy ishlab chiqarish “
schyotining debetiga yoziladi, qolgan bilvosita xarajatlar avval yig’ib
taqsimlovchi schyotlarda oy mobaynida yig’ilib, oyning oxirida
kalpqo’lyatsiya schyotlariga, ya’ni “Asosiy ishlab chiqarish” va
“YOrdamchi ishlab chiqarish” schyotlariga kompleks summalarida
o’tkaziladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish
xarajatlarining sintetik hisobi 10-jurnal orderda yuritiladi.
Bu jurnal orderining yuqori tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi
schyotlar, chap tomonga esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi.
Masalan, kreditlanuvchi schyotlar “Materiallar “, “ Kambaxoli va tez
eskiruvchi buyumlarning eskirishi”, “Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va
xo’jaliklar“, “ Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitolar“,
“ Ijtimoiy sug’urta va ta’minototga doir hisob
kitoblar “ va boshqa schyotlardan iborat. Bu
schyotlarning
krediti
asosan
10-jurnal
orderidan debetlanuvchi schyotlar qatorida
keltiriladigan “Asosiy ishlab chiqarish “,
“Korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar “, “Yordamchi
ishlab chiqarishlar“ , “Umumishlab chiqarish xarajatlari“, “Ishlab
chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlar”, “Kelgusi davr xarajatlari” schyotlari
bilan korrespondentsiyada bo’ladi. Yuqorida keltirilgan kreditlanuvchi
schyotlarning ishlab chiqarish xarajatlari bilan aloqador bo’lmagan kreditli
operatsiyalar 10.1 - jurnal orderida yozib boriladi. Oy tomom bo’lgandan
sung 10-jurnal orderining yakuniy summalari 10.1-jurnal- orderiga
ko’chiriladi, so’ngra undan hisoblab chiqilgan umumiy summalar bosh
daftardagi schyotlarga o’tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishga sarflangan barcha
xarajatlarni topish uchun bu ikki jurnal-orderdan tashqari ishlab chiqarish
xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan “Kassa”, “Hisob- kitob schyoti “, “Mol
etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” va shu kabi
schyotlarning kreditlari bo’yicha yuritiladigan jurnal- orderlariga xam
murojaat qilinadi. 10-junal- orderni to’ldirish uchun asosan ayrim tsexlardagi
xarajatlarning analitik hisobi uchun yurtiladigan 12-yordamchi vedomostdan,
kelgusi davr xarajatlari xamda kelajakdagi xarajatlar va tulovlar rezervi
hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan
15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi. 10-jurnal orderi shunday
tuzilganki, undagi barcha ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlari bo’yicha
yakunlangan summalar shu ishlab chiqarish xarajatlarining ayrim
Dostları ilə paylaş: