Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va
moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidagi ifodasiga aytiladi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni insonning unumli faoliyati yaoni jonli
mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalarining birikishidan iborat.
SHuning uchun ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarishdagi
xodimlarining ish haqi , mahsulot qiymatiga kiritilgan xom-ashyo sarflari,
amartizatsiya ajratmalari sarflari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va
boshqarish bilan bog’liq bo’lgan va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish
maqsadida ular ma’lum tartibda turkumlarga ajratiladi.
Asosiy xarajatlar - deb mahsulot ishlab chiqarishning
texnologik jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi.
Bularga xom ashyo, asosiy materiallar, texnologik maqsadlarda
sarflanadigan yoqilgi , elektr energiyasi, suv va ishlab chiqarishda
ishlaydigan ishchilarning asosiy va qo’shimcha ish haqi, yangi mahsulot
ishlab chiqarishni joriy qilish xarajatlari va mahsulotning yangi turlarini
o’zlashtirish bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Ustama xarajatlar -
deb ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga xizmat qilish va boshqarish
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. TSex yoki uchastka doirasida
kerakli mehnat sharoitini yaratish uchun qilingan boshqarish va xizmat
ko’rsatish xarajatlariga- umumtsex, umumuchastka, ya’ni umumishlab
chiqarish xarajatlari deyiladi .
Bevosita (to’g’ri) xarajatlar - deb tegishli kalpqo’latsiya
obe’ktining tannarxiga to’g’ridan - to’g’ri, ya’ni bevosita yoziladigan
xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlar mahsulotning ma’lum turini
ishlab chiqarishga tegishli bo’lib ular ko’pincha shu mahsulotning
miqdoriga bog’liq bo’ladi, ya’ni mahsulot miqdori oshgan sari bu
xarajatlar ham oshib boradi.