60
elementlari va kalg’qo’lyatsiya moddalari bo’yicha tegishli ma’lumotlarni
olish imkonini beradi. Bu maolumotlar ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi
hisobotlarni tuzishga moslashgan bo’lib, hisobot shakllarini tuzishni
osonlashtiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari bo’yicha aniqlash uchun
ishlab chiqarishdagi xarajatlar schyotlari o’rtasida sodir bo’lgan o’zaro
sarflarni umumiy xarajatlar summasidan chiqarib tashlash kerak.
Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ushbu ishlab
chiqarishning xususiyati hamda unda qo’llanilayotgan kalpqo’lyatsiya qilish
usuliga bog’liq. Bunda ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilaetgan
buyumlarning bir turdagi guruxlari, mahsulotning ayrim turlari, ayrim
buyurtmalar va ishlab chiqarishning ayrim bo’linmalari bo’yicha hisob
qilinishi mumkin. Mahsulot ayrim turlarining ishlab chiqarishga ketadigan
xarajatlari baozi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim
korxonalar va tsexlar bunday xarajatlarni maxsus daftarlarda yuritishlari
mumkin. Bu registrlarning asosiy ko’rsatkichlari xo’jalik operatsiyasining
qisqacha mazmuni, sanasi, xarajatlarning kalpqo’lyatsiya moddalari bo’yicha
summalari va ishlab chiqargan mahsulot miqdorida iborat.
Ishlab
chiqarilgan
mahsulot
tannarxini
aniqlash
xo’jalik
suboektlaridagi buxgalteriya hisobining eng asosiy qismlaridan biridir.
Suboektlarda mahsulot tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mahsulot tannarxida iste’mol qilingan aylanma kapitallar, asosiy
vositalarning ishlab chiqarish jarayonida amartizatsiya ajratmalari
shaklidagi eskirishi, ish haqi tarzida xodimlarga to’lanadigan jonli
mehnatning maolum bir qismi hamda jamiyat uchun vujudga keltirgan
mahsulotning ijtimoiy sugurta ajratmalari ko’rinishidagi qismi o’z ifodasini
topadi. SHuning uchun mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining pul
shaklidagi ko’rinishi bo’lib, u xo’jalik suboektlariga mahsulot ishlab
chiqarish necha pulga tushganligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: