28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

Esda tuting 
Buxgalteriya hisobi schyotlarini chuqurroq o’rganish va ulardan amaliyotda to’liqroq 
foydalanishga erishish uchun, ularning quyidagi ikki xususiyatiga ko’ra turkumlarga ajratish 
mumkin.
1.
Schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab. 
2.
Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab. 


65 
bo’linishi va bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi yotadi. Agar 
buxgalteriya hisobida qo’llanilayotgan schyotlar iqtisodiy mazmuniga qarab 
guruhlashtirilsa, ular ikki guruhga, yaoni xo’jalik mablag’’lari va xo’jalik 
jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlar hamda xo’jalik mablag’’larini tashkil 
topish manbaalarini hisobga oluvchi schyotlarga bo’linadi. Birinchi 
guruhdagi buxgalteriya schyotlari o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi.
1. Xo’jalik mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlar.
2. Xo’jalik jarayonini hisobga oluvchi schyotlar. 
Xo’jalik mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlardan xo’jalik 
mablag’’larining xolati va xarakatini aks ettirish va ular ustidan nazorat olib 
borish uchun foydalaniladi. Bu schyotlarda korxonalarning ishlab chiqarish 
faoliyati, ishlab chiqarishda bo’ladigan isteomol, xo’jalik faoliyati natijasida 
olingan foyda summasining taqsimoti xo’jalik faoliyatidagi muomala 
munosabatlari va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan isteomollar hisobga 
olinadi. Firmalar va boshqa xo’jalik suboektlarining xo’jalik faoliyatidagi 
buxgalteriya hisobining oboektlari bo’lib, asosiy vositalar, ishlab chiqarish 
zaxiralari va ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Mazkur oboektlarning 
holati xarakati bilan bog’liq o’zgarishlar to’g’risida maolumotlarni etarlicha 
olish imkoniyati tug’iladi. 
SHunday muhim maolumotlar cchyotlar ro’yxatining “Asosiy vositalar 
va boshqa Uzoq muddatli qo’yilmalar”, “Ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab 
chiqarishga qilingan xarajatlar” deb nomlangan bo’limlarga kirgan uch guruh 
schyotlari yordamida olinadi. 
Xo’jalik faoliyati natijasida olingan foyda summasining taqsimoti 
tegishli umumlashtiruvchi ko’rsatkich bilan ta’minotlash uchun “Moliyaviy 
natijalar va foydaning ishlatilishi” deb nomlangan alohida bir guruh 
schyotlari ajratilgan. Bu schyotlar yordamida hisobot yili davomida 
korxonaning olgan foydasi hisobidan to’lovlar, dargumon qarzlar bo’yicha 
zaxiralar, kelgusi davr daromadlari va boshqa to’lovlar to’g’risidagi 
umumlashtiruvchi maolumotlar olinadi. 
Korxonaning tayyor mahsuloti sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar 
va boshqalar “Tayyor mahsulotlar va sotish” deb atalgan maxsus schyotlar 
guruhi yordamida hisobga olinadi. 
Korxonaning mavjud pul mablag’’lari va ularning xarakati, qisqa 
muddatli moliyaviy qo’yilmalar, yo’ldagi pullar va boshqalar haqida 
umumlashtiruvchi maolumotlar “Pul mablag’’lari” degan schyotlar guruhi 
yordamida hisobga olinadi.
Xo’jalik mablag’’larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi 
schyotlarda xo’jalik suboektlari mablag’’larining manbaalari, ularning 
oborotiga jalb qilingan mablag’’larning manbaalari va xo’jalik 
suboektlarining faoliyatidagi moliyaviy natijalar aks ettiriladi. 
Xo’jalik suboektlari o’z mablag’’larining manbaalari bo’lib, xar xil 
kapital va zaxiralar hisoblanadi. Bu schyotlar guruhi yordamida mavjud 
kapital va zahiralar hamda ularning o’zgarishi, shuningdek ulardan 
foydalanishga doir ko’pgina umumlashtiruvchi maolumotlar olinadi. 


66 
Firmalar va boshqa suboektlar oborotiga jalb qilingan mablag’’larning 
manbaalarini aks ettirish uchun mo’ljallagan schyotlar buxgalteriya schyotlar 
ro’yxatida alohida guruhlarga ajratilgan, bu schyotlar yordamida banklarning 
qisqa muddatli kreditlari va uzoq muddatli kreditlari, mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar hamda xar xil kreditorlar bilan hisob - kitoblar, qisqa muddatga 
olingan qarzlar va boshqalar to’g’risidagi maolumotlar umumlashtiriladi. Bu 
schyotlar “hisob -kitoblar” va “kreditlar” va mablag’’ bilan ta’minotlash” 
degan bo’limlarda guruhlashtirilgan. 
Bundan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy 
mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan 
ob’ektlar iqtisodiy mazmunining birligi asos qilinadi deb aytish mumkin. 
Shuning uchun ham iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan 
schyotlarning tayinlanishi va tuzilishi xar xil bo’lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi schyotlari o’zlarining tayinlanishi va tuzilishiga 
ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Asosiy schyotlar. 
2. Tartibga soluvchi schyotlar. 
3. Taqsimlovchi schyotlar.
4. Kal’qo’lyatsiya schyotlari.
5. Taqqoslovchi schyotlar. 
6. Balansdan tashqari schyotlar. 
Asosiy schyotlar. Xo’jalik sub’ektlari xo’jalik faoliyatini olib borish 
uchun maolum miqdorda xo’jalik mablag’’lariga ega bo’lishi kerak. 
SHuning uchun buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish 
maqsadida xujjatlar yordamida korxona qanday mablag’’larga ega va ular 
qanday manbaalardan tashkil topganligi hamda hisob - kitob munosabatlari 
haqidagi maolumotlar bilan ta’minotlanishi kerak. Bunday maolumotlarni 
asosiy schyotlar yordamida olish mumkin. Asosiy schyotlar o’z navbatida 
korxonaning mehnat vositalari, aylanma mablag’’lar va muomala 
munosabatlarini hisobga olish schyotariga bo’linadi. Bu schyotlarning 
debetida xo’jalik mablag’’larining kelishi aks ettirilsa, kreditida esa xo’jalik 
mablag’’larining ketishi, agar muomala munosabatlari xususida bo’lsa, 
schyotlarning kreditida korxona haqining kamayishi, debetida esa korxona 
haqining ko’payishi aks ettiriladi. Mehnat vositalarining hisobi “asosiy 
vositalar” deb nomlangan sintetik schyotda olib boriladi. Aylanma 
mablag’’larni hisobga olish uchun “ Materiallar”, “Kam baholi va tez ishdan 
chiqadigan buyumlar”, “Tayyor mahsulotlar”, “Kassa”, “Hisob-kitob 
schyoti” va boshqa sintetik schyotlar xizmat qiladi. 
Bu guruhga xo’jalik suboektlar mablag’’larining tashkil topish 
manbaalari, xolati va xarakatini hisobga oladigan schyotlar ham kiradi. Bu 
schyotlar asosiy passiv schyotlar bo’lib, ular o’z navbatida suboektlar o’z 
mablag’’larining manbaalari va jalb qilingan yoki qarzga olingan 
mablag’’larning manbaalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan 
schyotlar guruhiga bo’linadi. Xo’jalik suboektlari o’z mablag’’larining 
manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Ustav kapitali”, “Zaxira 


67 
kapitali”, “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”, “Kelgusida 
qilinadigan xarajat va tulovlar zaxirasi”, “Dargumon qarzlar bo’yicha 
zaxiralar” kabi sintetik schyotlar kiradi.
Xo’jalik faoliyatiga jalb etilgan yoki qarzga olingan mablag’’lar 
manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan hisob - kitoblar”, “ Banklarning qisqa muddatli kreditlari”, 
“Banklarning o’zoq muddatli kreditlari”, “Qisqa muddatli qarzlar”, “Uzoq 
muddatli qarzlar” va boshqa sintetik schyotlar kiradi. 
Bu schyotlar guruhining tayinlanishi va tuzilishi tushunarli bo’lishi 
uchun misol tariqasida “Ustav kapitali” schyotining nimaga xizmat qilishi va 
tuzilish bilan batafsil tanishib chiqamiz. Ustav kapitali qonun va taosis 
xujjatlari asosida tashkil qilinadi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning 
taosis etish xujjatlarida ko’rsatilgan bo’ladi.
Muomala munosabatlarining hisobi “Bo’naklar bo’yicha hisob - 
kitoblar”, “Xaridor va byurtmachilar bilan hisob - kitoblar”, “Hisobdor 
shaxslar bilan hisob - kitoblar” va boshqa sintetik schyotlarda olib boriladi. 
Xo’jalik suboektlaridan barcha muhim maolumotlarni buxgalteriya 
schetlaridan olinadi.Balans hamda hisobotlar ham shu schetlarning 
maolumotlari asosida tuziladi.SHuning uchun ham bunday maolumotlarni 
olish maqsadida bir qator schetlarni tanlab olish zarurki, natijada xo’jalik 
faoliyati to’g’risidagi maolumotlarni olish imkoniyati bo’lsin. 
SHu maqsadda va buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish uchun 
schetlar rejasi tuziladi. 
Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi deb, xo’jalik suboektlari 
buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish uchun bir tizimga solingan schyotlar 
ketma-ketligiga aytiladi.
Xozirgi kunda Respublikamiz xo’jalik suboektlarini yangi 
schyotlar rejasiga o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari va chora tadbirlar olib 
borilmoqda. O’zbekiston Respublikasida ishlatishga tavsiya etilayotgan
korxona moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi 
korxona faoliyatining hisobini amalga oshiradigan, standardlashtirilgan 
schyotlar rejasidir. Bu schyotlar rejasi mamlakatning oldingi schyotlar 
rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek schyotlarning sanalanishi va joylashish 
tartibi bo’yicha farq qiladi.
Tavsiya etilayotgan schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida 
bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat bo’lib, ularning 1-8 bo’limlari-balans 
sxemasiga, 9 bo’limi-moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot sxemasiga mos 
ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning extiyojlariga 
mos 
ravishda 
yangi 
schyotlar 
bilan 
to’ldirishda 
egiluvchanlikni 
taminlaydigan, 
to’rt 
xonali 
sanalanishga 
ega 
(schyotlar 
rejasi 
klassifikatsiyasiga qarang). 
YAngi schetlar rejasini kuyidagi kurinishda yakkol tasavvur kilish mumkin: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin