79
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo’lim) ikkinchi qismi to’rt
(2,3,4 va 5)lardan> uchinchi qismi ikki (6 va 7), turtinchi qism bir (8- bo’lim)
va beshinchi qism bir (9 - bo’lim) bo’limlardan iborat.
Schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo’lib ko’rsatilgan.
1.
Aktiv schetlar (A) - xo’jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy
resurslarning zhisobot davridagi ko’payishini debet tomonida va shu
davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar.
2.
Passiv schyotlar (P) - xo’jalikning majburiyatlari va kapitalini aks
ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot
davri mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalni o’sishini kredit
tomonida va shu davrdagi majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini
debet tomonida aks ettiradigan schyotlardir.
3.
Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda
aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq
bo’lgan aktiv schyotning qoldshgidan chegirib tashlanadi. Bunday schyot
passiv schyotlarga mansub bo’lnb ko’payishi kreditida, kamayishi
debetida aks ettiriladi.
4.
Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda
majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan
bog’liq bo’lgan passiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi.
Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida,
kamayishi kreditida aks ettiriladi.
yuqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, ular
hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo’lgan va buxgalteriya balansida aks
ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir.
5.Tranzit (o’tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, lekin
yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig’i bo’lmaydigan daromad
hamda
xarajatlarning
vaqtinchalik
schyotlaridir.
Bu
schyotlarning
ma’lumotlari moliyaviy natnjalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub
bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.
Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar
passiv schyotlarga mansub
bo’lib, daromadning ko’payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks
ettiriladi-Schyotlarning yuqoridagi guruxlanishidan ko’rinib turibdnki yangi
schyotlar rejasida aktiv - passiv schyotlar yo’q. Schyotlarning barchasi yoki
aktiv -ko’payishi debetida, kamayishi
kreditida aks ettiriladi, yoki passiv -
ko’payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vu-
judga kelishi va ularni to’lash vaqtlari bir hisob registrida chizihli ezuv usulida
birlashtirilmaydi).
Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir
debitor va kreditorlik qarzlari bo’yicha aloxida aktiv yoki passiv schyotlarda
hisobga olinadi:
a) schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» bo’limi (4000 -
4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa muomalalar natijasida vujudga
keladigan debitorlar hisobga olinadi.
80
b) schyotlar rejasining 6 - «Joriy majburiyatlar» bo’limi (6000 -6900
schyotlar) da mol sotib olish va boshqa muomalalar natijasida vujudga
keladigan kreditorlar hisobga olinadi.
Misol uchun safar xarajatlari bo’yicha hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan
hisob - kitoblarni olaylik. Xizmat safari uchun xo’jalik xodimlaridan biriga
naqd pul berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar»
aktiv
schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’’lari» schyoti
kreditlanadi. Hisobdor shaxslar olgan bo’nak summasidan ortiqcha xarajat
qilgan bo’lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar
summasiga 4220 - schyoti kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 -
«Hisobdor shaxslardan qarz» passiv schyoti kreditlanadi. Ortiqcha qilingan
safar xarajatlar summasi kassadan to’langanda 6970 schyoti debet-lanib 5010
schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish schyoti (eski 46 - «Mahsulot sotish» aktiv
- passiv schyoti)
ham
shunday. Eski schyotlar rejasi bo’yicha
mahsulot
sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, sotilgan mahsulotning
ishlab chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga olingan. YAngi schyotlar
rejasi bo’yicha maxsulot sotishdan tushgan tushum 9010 «Maxsulot sotish-dan olingan
daromadlar» passiv schyotlarga mansub bo’lgan schyotning krediti-da hisobga olinib,
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 9110 «Sotiltan mahsulot tannarxi»
aktiv schyotlarga mansub bo’lgan schetning de-betida hisobga olinadi.
Schyotlar korrespondentsiyasi faqat tizimli hisob moxiyatini ochib bera-di.
Ko’plab schyotlar balansli schyotlar bo’lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar
korrespondentsiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz,
korrespondentsiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar
bo’yicha yozuvlar ikkinchi korrespondentsiyalanadigan schyotlarsiz amalga
oshiriladi.
SHunday qilib, korrespondentsiyalanishiga qarab schyotlar balansli va ba-lansdan
tashqari bo’lishi mumkin.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - korxonaga tegashli bo’lmagan, lekin
vaqtinchalik uning foydalanishida to’rgan
mavjud aktivlar, shartli xuquq va
majburiyatlar to’g’risvdagi axborotlarni umumlashtirish uchun tayinlan-gan
schyotlardir.
Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular tizimsiz, oz
miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar bo’lib
hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan obhektlarni
aktiv va passivga bo’lish mahlum bir mahnoga ega emas.
Balansdan tashqari
schyotlarning ko’payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi.
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va ax-borotlarni
avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo etadi.
Schyotlar rejasida balansli schyotlar ikki raqamli, subschyotlar bir rakamli va
balansdan tashqari schyotlar uch raqamli kodlar bilan belgilangan bo’lsa, yangi
schyotlar rejasida subschyotlar ko’rsatilmagan. Har bir balansli schyot go’rt raqamli,
balansdan tashqari schyot esa uch raqamli kodlar bilan belgilan-gan. Schyotlar uchun
belgilangan raqamlar schyotlarning kоdi deyiladi.
81
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning
nomi - bu tub mahnoda schyotning o’zidzrr. CHunoychi-,har bir shaxsning familiyasi
uning o’zining ramzi bo’lganidek schyotning nomi o’zini anglatadi. Schyotlar bilan
ish olib borganda, asosan ularning tayinlanishi va foydalanish
tamoyillarini bilish
zarur.
Hisob subhektlari tomonidan qo’llaniladigan schyotlarning to’liq ro’yxati
schyotlar rejasidir. Ayrim subhektlar tomonidan qo’llaniladigan schyotlar ro’yxatida
farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi - namunali,
qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi - buxgalteriya hisobining
ish (rabochiy) schyotlar rejasi.
Har bir korxona umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga
asosan o’z ish schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab
olingan schyotlar mig’kdori xo’jalik faoliyati turiga qarab barcha qo’llaniladigan
xo’jalik muomalalari hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha subhektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko’rsatilmagan schyotlarni qo’llash faqat O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobining milliy andozasi «Xo’jalik
yurituvchi subhektlarning
moliya - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha
yo’riqnoma»ga ilova qilingan schyotlar rejasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: