28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


- « Kamomadlar va qimmatliklarga yetkazilgan zaradan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

5910- « Kamomadlar va qimmatliklarga yetkazilgan zaradan 
yo’qotishlar
» schetida kamomadlar, o’g’irlashlar va qimmatliklarga etkazilagn 
zaradan yo’qotishlar summalari to’g’risidagi axborot aks ettiriladi. Bu tranzit 
hisobvaraqdir, chunki har qanday kamomadlar va qimmatliklarning buzilishi oxir-
oqibatida aniq aybdorlar hisobidan, yoki korxona xarajatlari hisobidan qoplanadi. 
Masalan, buzilish ( kamomad ) aniqlanishi chog’ida 5910 – hisobvaraq 
debetlanadi, so’ngra anna shu 5910 – hisobvaraqning krediti bo’yicha 
quyidagilarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi: 
Muammoli vaziyat: 
 
Misol. 
Ashyoviy yo’qlama qilish natijasida korxona kassasida 300 so’m kamomad 
aniqlandi. Bu kamomad summasiga buxgalteriya hisobida qo’yidagicha provodka beriladi: 
 D-t “ Moddiy qiymatliklarning kamomadi va nobudgar chiliklar” 
K-t “ Kassa “
 
300 so’m.
Agar bu kamomad moddiy javobgar shaxsning oylik maoshidan ushlansa, bu operatsiya 
quyidagicha aks ettiriladi:
 
 D-t “ Har xil muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob
 
 
kitoblar” schyotining “ Moddiy zararni qoplash bo’yicha
 
hisob - kitoblar” subschyoti. 
K-t “Kamomad va qiymatliklarning buzilishi natijasida
 
 
sodir bo’lgan nobudgarchiliklar schyoti 300 so’m. 
Agar yo’qlama qilish natijasida kassadagi mavjud pul summasining buxgalteriya 
hisobidagi summadan ortiq ekanligi aniqlansa. U holda quyidagicha buxgalteriya porvodkasi 
tuziladi (agar korxona davlat mulkiga asoslangan bo’lsa): 
D-t “Kassa” schyoti 
K-t “Byudjet bilan hisob kitoblar” schyoti 
300 so’m 


101 
a) tabiiy yo’qotish me’yorlaridan ortiq bo’lgan qimmatliklar kamomadi, 
muayyan 
aybdorlar 
aniqlangan hollarda qimmatliklarning 
buzilishi va 
o’g’irlanishidan ko’rilgan yo’qotishlarning: 
- etkazib beruvchilarning aybi bilan: 
D-t 4860 “ Dahvolar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” 
K-t 
5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan 
yo’qotishlar”; 
- korxonaning moddiy javobgar xodimi aybi bilan: 
D-t 4730 “Moddiy zarani qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari” 
K-t 
5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan 
yo’qotishlar”; 
b) tabiiy chiqib ketish me’yorlaridan ortiq bo’lgan qimmatliklar kamomadi, 
buzilishlar va aniq aybdorlarning mavjud emasligi va sudlarning dahvolarni asosli 
emasligi 
oqibatida 
rad 
etishi hollarida 
o’g’irlangan 
qimatliklarning 
yo’qotilishining: 
D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” 
K-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan 
yo’qotishlar”; 
Ilgari kamomadlar va yo’qotishlar hisobi 84 - “Qimmatliklarning 
buzilishidan ko’rilgan kamomadlar va yo’qotishlar” hisobvarag’ida yuritilar edi. 
Mol – mulkninginvestitsiya qilinishi chog’ida aniqlangan kamomadlar va 
ortiqcha molk- mulkni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish taritbi 
inventarlash chog’ida aniqlangan mol- mulk kamomadi va ortiqcha chiqishining 
buxgalteriya hisobi va uni soliqqa tortish tartibi to’g’risida Nizomga ( O’zR Adliya 
vazirligi tomonidan 2004 yil 6 aprelda 1334 – sonli bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) 
muvofiq belgilanadi. 
Mehnat kodeksi va yuqorida keltirilgan Nizomga ko’ra o’rtacha oylik ish 
haqi miqdorida ko’p bo’lmagan etkazilgan zarar summasining aybdor xodim 
hisobidan undirilishi ish beruvchining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, 
Farmoyish zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechiqtirmasdan berilishi 
mumkin. 
Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning 
o’rtacha oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo’lsa yoki zarar aniqlangan kundan 
boshlab bir muddat nihoyasiga etgan bo’lsa undiruv sud tartibida amalga 
oshiriladi. 
Ish beruvchining mol- mulki o’g’irlanishi, kamomadi, qasddan yo’q qilinishi 
yoki qasddan buzilishi hollarida , shuningdek qolgan holatlarda, zarar miqdori 
mazkur hududda ishning vakolatli ( sud organlari ) tomonidan ko’rib chiqilishi 
kunidan amal qilgan bozor baholari bo’yicha hisob – kitob qilinadi. 
Inventarlash chog’ida aniqlangan obhektlarning bozor bahosini belgilash 
uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin: 
- tayyorlov tashkilotlarida va ularning rasmiy dilerlaridan , tovar xom ashyo
birjalaridan , ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan , bu kabi 
mahsulotlarga oid narxlar to’g’risidagi ma’lumotlardan; 


102 
- kamomadni ( ortiqchaliklarni ) aniqlash sanasiga va tegishli obhektning 
sotib olinishi sanasiga bo’lgan Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida 
aniqlanadigan hisob- kitob koeffitsentini qo’llash yo’li bilan xarid qilish sanasiga 
bo’lgan ( buni tasdiqlovchi hujjatlar majud bo’lgan hollarda ) EAV dagi aktivlar 
qiymati to’g’risidagi ma’lumotlardan; 
- tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi haqidagi 
ma’lumotlardan; 
- inventarlash o’tkazilishi davrida ommaviy axborot vositalarida va maxsus
adabiyotlarda chop etilgan narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlardan; 
- tegishli obhektlarning qiymati to’g’risidagi ekspert xulosalaridan . 
Buxgalteriya hisobidan inventarlash chog’ida etishmayotgan asosiy vositalar 
obhektlarini ( ofis kreslosini ) aniqlashning aks ettirilishini misol asosida ko’rib 
chiqamiz. Bunda bizga mazkur obhektning bozor bahosini mahlum deb faraz 
qilamiz, u eskirishni hisobga olganda 160 ming so’mni tashkil qiladi. Obhektning 
g’olang’ich qiymati 150 ming so’m , hisoblangan amortizatsiya – 7,5 ming so’m. 
Kamomad chiqib ketishlar hisobvaraqlari orqali quyidagi tarzda aks 
ettiriladi: 
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti boshlang’ich ( tiklash ) qiymatining 
hisobdan chiqarilishi: 
D-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” - 150 
K-t 0140 “Mebelg’ va ofis jihozlari” – 150 
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti bo’yicha hisoblab yozilgan 
eskirishning hisobdan chiqarilishi: 
D-t 0240 “Mebelg’ va ofis jihozlarining eskirishi” – 7,5 
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” – 7,5 
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti qoldiq qiymatiga: 
D-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar” 
-142,5 
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” – 142,5 
Obhektning bozor bahosi ( undiriladigan summa ) etishmayotgan obhektning 
qoldiq qiymatidan yuqori bo’lib chiqqanligi sababli Nizomga binoan daromadni 
aks ettirish zarur: 
D-t 4730 “Xodimlarning moddiy zaran qoplash bo’yicha qarzlari” – 160; 
K-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar” 
– 142,5 
K-t 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” – 17,5 
Olingan daromad summasi umumbelgilangan tartibda soliqqa tortiladi. 
Agar baholash natijasida obhektning bozor bahosi ( undirish summasi ) 
etishmayotgan obhektning qoldiq qiymatidan past bo’lib chiqsa - masalan 140 
ming so’m , ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks 
ettiriladi: 
D-t 4730 “Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari” – 140 
D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” – 2,5 
K-t“Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar” 142,5 


103 
Ko’rilgan zarar summasi umumbelgilangan tartibda daromad ( foyda ) 
solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida soliqqa tortish bazasini oshiradi. 
Ushbu asosiy vositalar obhektning 8510 “Mol – mulkni qayta baholash 
bo’yicha tuzatishlar” hisobvarag’ida yig’ilgan qo’shimcha baholash summasi, 
chiqib ketishdan olingan foydani ko’paytiradi( yoki zararni kamaytiradi ). 
5910 – hisobvaraqdan mol-mulkning kamomadi va buzilishidan ko’rilgan 
yo’qotishlarni qaerga kiritishda noaniqlik mavjud bo’lgan hollarda foydalanish 
tavsiya qilinadi. 
Agar kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar 
shaxslardan undirish imkoniyati mavjud bo’lmasa, etishmayotgan obhektning 
hisobdan chiqarilishini 5910 – hisobvaraqni chetlab o’tgan holda, quyidagi tartibda 
amalga oshirish mumkin: 
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti boshlang’ich ( tiklash) qiymatini 
hisobdan chiqarish: 
D-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” -150 
K-t 0140 “Mebelg’ va ofis jihozlari” – 150; 
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti yuzasidan hisoblab yozilgan 
eskirishning hisobdan chiqarilishi: 
D-t 0240 “Mebelg’ va ofis jihozlarining eskirishi” – 7,5 
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” -7,5; 
- ko’rilgan zarar summasining aks ettirlishi: 
D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” –142,5 
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” -142,5 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin