28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

kartochka - orderli 
shaklidir. 
Kartochka - orderli shaklida qayta - qayta ko’chirish ishlarini qisqartirish 
mahsadida nusxa ko’chirish (kopirovka) yordamida bir necha nusxada tuziladigan 
orderlar kiritilgan edi. Har bir muomalaga alohida order yozib berilib, unda ushbu 
jarayon bo’yicha buxgalteriya yozuvi va uning qisqacha izoxi berilar edi. 
Orderlar uch nusxada yozilib, ular keyinchalik sintetik hisobning xronologik 
yozuvi, tahliliy hisobning debetli va kreditli yozuvlari uchun ishlati-lardi. Bu narsa 
ushbu registrlardagi ezuvlarni orderlarning tegishli nusxalari joy - joyiga terib 
qo’yish bilan almashtirish imkonini berdi. Orderning birinchi nusxasi xronologik 
hisob registrlarida (kassa orderlari yoki memorial orderlarda) tikib qo’yilar, ikkinchi 
va uchinchisi esa - debetlanadigan va kreditlanadigan schyotlar tahliliy hisobining 
tegishli kartochkalarida taxlab qo’yilardi. 
Qayta - qayta ko’chirishni qisqartirishga intilish turlashtirilgan orderlarning 
(ularda muomalalarni izohlovchi matn oldindan bosib yozilgan -«Turlashtirilgan» 
bo’ladi) yaratalishiga olib keldi. Bosh kitobdagi yozuvlar yig’ma jurnal asosida 
qilinar edi. 
Lekin hisobning bu shakli amaliyotda keng qo’llanishga erisha olmadi, 
chunki har bir muomalaga alohida orderning berilishi mehnatni kamaytirish o’rniga, 
uning sarfini oshirib yubordi va hisob registrlarining tasviriyligini yomonlashtirib 
qo’ydi. SHularning hammasi hisobni ratsionalizatsiya qilishning boshqa yo’llarini 
izlashga majbur etdi. 
Kartochka - orderli shaklning negizida 1927 yilda birinchi marta savdo 
korxonalarida qo’llangan kartochkali - nusxa ko’chirish («kopiruchyot») shakli 
yaratildi. 
Bu shaklning negiziga tahliliy hdsob kartochkalariga va sintetik hisob 
jurnallariga bir vaqtning o’zida nusxa ko’chirish yo’li bnlan yozish tamoyili qo’yilgan 
edi. Bu hisobning shaklida har bir jurnal, odatga ko’ra, bir necha turdosh schyotyaar 
bo’yicha yozuvlarni o’z ichiga olar edi. Masalan, barcha hisob -kitob schyotlari 


115 
bo’yicha yozuvlarni birlashtiruvchi jurnallar yuritilar edi. Hech qanday orderlar 
tuzilmas va barcha yozuvlar bevosita hujjatlarning o’zidan amalga oshirilar edi. Bu 
bilan hisob ma’lumotlarining hujjatlarda-giga to’g’ri kelishiga erishilar edi. 
Korrespondentsiyalantiruvchi schyotlarning raqamlari hujjatlarga maxsus muzf 
bilan qo’yilar edi. 
Bosh daftar kundalik nazorat vedomosti bilan almashtirilib, u har bir 
schyotining ichida u bilan korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha yozuvlarni 
guruhlashni ta’minlar edi. Nazorat vedomostidagi yozuvlar har kunning oxirida 
jurnallardagi yozuvlar bilan solishtirib tekshirilar, bu esa o’z navbatida hisobotlarni 
tuzishni tezlashtirar, xatolarni topishga sarflanadigan vaqtni qisqartirar va kundalik 
balans tuzish imkoniyatini yaratar edi. 
Solishtirib tekshirish guruhlovchi varaqchalar yordamida - bir turda 
korrestgondentsiyalanuvchi schyotlardan aylanmalarni tanlab olish yo’li bilan olib 
borilar edi. Ular o’tgan kunda amalga oshirilgan yozuvlarni yakunlash uchun har 
bir jurnal bo’yicha tuzilar edi. Natijada, sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlarini 
keyinchalik solishtirib tekshirishga hojat qolmas edi, chunki tahliliy registrlar 
kartochkalaridagi yozuvlar ularni bir vaqtning o’zida tegishli jurnallarda nusxa 
ko’chirish yo’li bilan amalga oshirilar va ularning aylanma summalari kunda nazorat 
vedomosti bilan solish-tirib tekshirilar edi. SHu yo’l bilan nazorat vedomostining 
ko’rsatkichlari avtomatik tartibda kartochkalardagi yakuniy ma’lumotlar bilan mos 
keli-shiga erishilar edi. Tahliliy hisob bo’yicha aylanma vedomostlar aylanma 
yakunini va salg’doni hisoblab topish, qayd etish hamda ulardan tezkor kuzatuv 
maqsadida foydalanish uchungina mo’ljallangan edi. 
Kartochkali - nusxa ko’chirish shakli asosan savdo korxonalarida tarhal-gan 
edi. Uni sanoat korxonalarida joriy etish harakatlari sanoatdagi hisobning juda 
murakkabligi tufayli, garchi uning ayrim tamoyillari, jumladan, yozuvlardan nusxa 
ko’chirish usuli qo’llanilgan bo’lsa ham, yaxshi natija bera olmadi. 
Hozirgi paytda korxonalarda asosan buxgalteriya hisobining uch shakli: 
memorial - orderli, jurnal - orderli va PEHMdan foydalanishga asoslangan 
avtomatlashtirilgan shakllari g’hllanmoqda. 
Buxgalteriya hisobining memorial - order shakli 1928 - 1930 yillarda yuzaga 
kelgan. Uning yaratilishi hisobga asta - sekin eng ilg’or bo’lgan texnika vositalarini va 
oldinga shakllarning ilgor usullarini joriy etish yo’li bilan amalga oshiripgan. 
Natijada kartochka - orderli shakddan material-lar hisobining 
hujjampi 

nusxa 
ko’chirish shakli 
deb nomlangan shakliga (dokumentno - kopirovalg’naya forma) 
o’tilgan. 
Tahliliy hisobning soddalashtirilishi bu tamoyillardan foydalanish bilan 
cheklanmadi. Masalan, materiallar hisobqda tahliliy hisob registrlari vaqt - vahti 
bilan dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan sortli aylanma (yoki salg’doli) 
vedomostlar bilan almashtirilgan. 
Xo’jalik jarayonlari haqida axborotni tezkor olish munosabati bilan sintetik 
hisob registrlarining tarkibiy tuzilishi ham o’zgartirildi. Bosh daftar nazorat 
vedomosti shaklida yuritiladigan bo’lib, unda har bir schyot shaxmat shaklida, uning 
korrespondentsiyasi ochib beriladigan bo’ddi. Aylanmalarni yig’ishning yangi shakli, 
ya’ni korrespondentsiyalanuvchi schyotlarni ochib berish yo’li bilan xo’jalik 


116 
faoliyatini yaqqol tasvirlab beruvchi shaxmat aylanma vedomosti kiritildi. Bu 
shaklning mohiyati shundan iboratki, unda dastlabki hujjatlar asosvda memorial-
orderlar tuzilib, ularda maz-kur m(uomalalar bo’yicha korrespondentsiyalanuvchi 
schyotlar (muomalalar) ko’rsa-tiladi va shu bilan sintetik hisob yozuvlari tartibga 
keltiriladi. 
Memorial-order 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin