28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


№31  200 yil yanvar uchun  Asosiy (hujjatlarga ilova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

№31 
200 yil yanvar uchun 
Asosiy (hujjatlarga ilova 
va 
yozuv 
mazmuni)
Debeti 
bo’yicha 
Schyot krediti 
bo’yicha 
Summa
3 - sonli ish haqini 
taqsimlash vedomosti 
20 23 25 26 29 
123500 16700 
65600 30650 
9010 
Jami 
70 
245460 
200 yil, 3 fevral 
Ilova: 4 varaadan iborat. 
Har bir memorial-order uchun doimiy raqam belgilanib, bir turdagi 
muomalalar (kassa, hisob - kitob schyotlari, ish haqi va hokazo)ning xar bir turi 
uchun bir oyda bitta order tuzish imkoniyat beradi. 
Orderlarni ro’yxatga olish jurnalida - sintetik hisobning xronologik registri 
ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga olish jurnali memorial-orderlarni navbat bilan 
raqamlash va ularni tikib qo’yilgan hujjatlar bilan birga-likda but saqlanishini 
nazorat qilish hamda keyinchalik sintetik schyotning tizimli registrida xo’jalik 
muomalalarining to’la - to’kis qamrab olingan-ligini tekshirish uchun 
mo’ljallangan. Bu tekshirish oyning oxirida ro’yxatga olish jurnalining yakunlarini 
sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomost-da hisoblab chiqiladigan barcha 
sintetik schyotlar bo’yicha alohida debetli va kreditli aylanma summalarining 
yakunlari bilan solishtirib, tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Ro’yxatga olish vedomosti quyidagi ko’rinishga ega: 
 
Ro’yxatga olish vedomosti
200 ___ yil yanvari uchun 
Memorial-orderlarning
tartib raqami 
Orderlar sanasi
Memorial-orderlar 
bo’yicha summa
1 2 34 
2 2 

8 va hokazo 
16700 2350-50 
11750 197361 
YAnvardagi jami 
2056743 
Memorial-orderlar ro’yxatga olingandan keyin muomalalarni Bosh daf-
targa yozish uchun ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa 
qaralsin) har bir schyotni xar bir korrespondentsiyalanuvchi schyot bo’yicha 
aylanma summalarni yozish uchun ajratiladigan usgunlarga bo’lingan xolda, ya’ni 
shaxmat tamoyili bo’yicha tuziladi. 
Unda faqat joriy aylanmalar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha salg’do 
chiqarilmaydi. Bosh daftar asosida sintetik hisob schyotlari bo’yicha aylanma 


117 
vedomost tuziladi. Bunda Bosh daftarni tarkibiy tuzilishi shaxmatli aylanma 
vedomostni tuzishni engillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita har bir 
schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi. 
Tahliliy zhisob bu erda «kopiruchyot»dagidek - kartochkalarda bevosita hujjat 
ma’lumotlari asosida yuritiladi. Lekin kartochkadagi yozuvlar jurnallarga nusxa 
ko’chirmasidan qilinadi. SHu bilan birga, tahliliy hisob-ning ayrim uchastkalarida 
(materiallar, hisob - kitoblar va boshqalar hisobida) yuqorida eslatib o’tilgan 
ihakllardan olingan tamoyshshar (nusxa ko’chirish, qisman terib taxlash tamoyillari) 
qo’llaniladi. 
Hisob registrlariga, ayniqsa sintetik haqiqiy jamg’aruvchi va guruhlovchi 
vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi. 
Bevosita memorial-orderlarga tikib qo’yilgan hujjatlardan olinadi. Tahliliy va 
sintetik hisoblarning to’g’riligini tekshirish taxliliy schyotlar bo’yicha aylanma 
vedomostlarning yakunlarini sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarning 
tegishli summalari bilan solishtirib tekshirish yo’li orqali amalga oshirshgadi. 
Hozirgi paytda hisobyai memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng 
miqyosda foydalansa bo’ladi. 
Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning regis-trlari 
o’zining tarkibiy tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish 
osonlik bilan belgalanadi. Hisob yozuvlarining texnikasi uncha qiyin emas va tez 
o’zlashtiriladi. SHu munosabat bilan bu shakl yuzaga kelgan birinchi yillarda u 
hisobotchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzalliklarga ega 
bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muammolari bo’lgan tahliliy 
hisobning sintetik hisobdan orqada holishi, hisobotni hisob registrlari ma’lumotlari 
bo’yicha bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini 
yuritishning ishchi amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik 
muomalalarini aks ettirishni tartibga solish (reglamentatsiya) kabi masalalarini echa 
olmadi. Bu kamchiliklarning barchasi deyarli jurnal - order shaklida bartaraf 
qilingan edi. 
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh jurnal» shak-lidir. U 
kichiq va o’rta biznes korxonalari hamda byudjet muassasalari, turarjoylardan 
foydalanish idoralari va boshqa tashkilotlarda keng tarq-algan. 
«Bosh jurnal» shaklining memorial - order shaklqdan birgina farhi 
shundaki, sintetik hisob registrining tarkibida bitta ochilgan varaqning betida ham 
xronologik, ham tizimli (sistematik) yozuvlar birgaliqda olib boriladi. Bu registr, 
odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi. 
Daftarning birinchi uch ustuni xo’jalik muomalalarini xronologik tar-tibda 
yozish uchun mo’ljallangan. Ular ro’yxatga olish jurnalining tarkibiy tuzilishiga 
o’xshab ketadi. Daftar varag’ining qolgan qismi barcha sintetik schyotlar bo’yicha 
tizimli yozuvlar uchun ishlatiladi. Agar schyotlar soni ko’p bo’lib, ularni daftarning 
bir necha betiga sig’dirib bo’lmasa, uvda qo’shimcha varahlar ko’zda tutiladi. Har 
bir schyot uchun ikkita chiziqcha debetli va kre-ditli ustun ajratiladi. 
Bosh jurnal birtsnchi qatorida barcha schetlar bo’yicha 1 yanvarga bo’lgan 
qoddiqlarning yozuvi bilan ochiladi. Kredit bo’yicha holdiqlarning umumiy 
yakuniga teng bo’lgan debetli qoldihlarning umumiy yakuni «Memorial orderlar 


118 
bo’yicha summa» ustuniga yozib qo’yiladi. Sungra bir oydagi barcha muomalalar 
aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik aylanma summalar 
va kelgusi oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib 
chiqilgan bunday ma’lumotlarning mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha aylanma 
vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi. 
Sintetik hisobni tahliliy hisob bylan solishtirib tekshirish va ba-lansni 
to’ldirish bevosita Bosh jurnal ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Bu kitobga muomalalarni yozish, memorial-order shaklidagi kabi jamg’aruvchi yoki 
guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlari bo’yicha yoki dastlabki hujjatlar 
bo’yicha tuziladigan memorial-orderlar asosida amalga oshiriladi. 
Bu shakldagi tahliliy hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning 
tahliliy hisob bilan solishtirib tekshirish aylanma vedomost-lar yordamida amalga 
oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha 
hisob-kitob qilinadi. SHunday qilib, Bosh daftar shaklidagi hisob yuritish texnikasi 
memorial-order shaklidan sintetik hisob registrining tuzilishitsan tashqari, hech 
narsa bilan farq qilmaydi. 
Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan ti-zimli 
hisobning birgalikda olib boriladigan bosh schyotlari daftarining tarkibiy tuzilishidir. 
Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida joylashtirganligi tufayli juda yaqqol va 
osonlik bilan kuzatiladi. Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha katta malakani 
talab qilmaydi. SHu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa, yuqori malakali 
hisob xodimlariga ega bo’lmagan korxonalarda keng tarqalishiga olib keladi. 
Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p 
bo’lgan holda u axborotni qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib 
qoladi. 
Qo’shimcha varaqlardan foydalanish muomalalarini qiyinlashtiradi va 
summalarni tegishli bo’lmagan boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan 
xatolarning ko’payishiga olib keladi. SHuning uchun Bosh jurnal daftarini yuritish 
uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lo-zim. Bosh 
jurnal shakliga kelsak, memorial - order shaklida qadday kamchi-liklar bo’lsa, unga 
ham shu kamchiliklar bo’lishi mumkin. 
Jurnal-order shakli 20-asrning 40-yillarida yuzaga kelgan. O’sha yillarda hisob 
fani va amaliyoti tomonidan yaratilgan barcha eng ilg’or bo’lgan narsa-lardan 
foydalanilgan edi. Jurnal-order shakli bilan buxgalteriyaga kiritilgan o’zgarishlar 
asosan hisobdagi ro’yxatta olish texnikasiga tegishli bo’lgan, lekin u bir vaqtning 
o’zida hisob registrlariga hujjatli ma’lumotlarni tayyorlash tizimini ham 
yaxshilashga olib keldi. 
Jurnal-order shaklining asosida dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini 
jamg’arish tamoyili yotadi. Bu tamoyilni hisob ishlarining ayrim uchastkalarida, 
masalan, buxgalteriyali hujjatlashtirishda ba’zi bir sintetik schyotlar bo’yicha 
yozuvlarni tayyorlashda qo’llash memorial-order shakli-da 
ham 
mavjud bo’lgan. 
Lekin jurnal-order shaklida hisobni amalga oshirishda hisob ma’lumotlarini 
jamg’arib borish asosiy tamoyil sifatida qabul qilingan. 
Jurnal-order shaklida bir turdagi muomalalarni, ya’ni bitta sintetik schyotda 
aks ettiryladigan jarayonlarni, hisobot davri mobaynidagi summalarini jamg’arish 


119 
imkoniyatini bera qolmay, shu bilan bir vaqtda ularni korrespondeytsiyalanuvchi 
schyotlar bo’yicha guruxlash imkoniyatini ham yaratadi. Hisobo? davrining oxirida 
har bir registrda barcha yozuvlarning yakun-lari korrespondentsiyalanuvchi schyotlar 
bo’yicha hamda unda ro’yxatta olingan barcha muomalalar bo’yicha butunlay 
hisoblab chiqiladi, so’ngra ulardan Bosh daftarga yozish uchun foydalaniladi. 
Jurnal-order shaklida qo’llaniladigan asosiy registrlar jurnallardan iboratdir, 
chunki hujjatlar ularda xronologik tartibda ro’yxatga olib boriladi. Jurnallarning 
yakunlari esa korrespondentsiyalanadigan schyotlar bo’yicha guruhlangan sintetik 
schyotlarning bir oylik aylanma summalari zhisoblanadi. Bu yakunlar mazkur 
schyotning aylanma summalarini Bosh daftarda aks ettirish uchun tayyor 
buxgalteriya yozuvlarini beradi, ya’ni orderlar vazifasini bajaradn. SHuning uchun 
ushbu shaklning asosiy registrlari jurnal-orderlar, shaklning o’zi esa jurnal-order 
shakli deb nomla-nadi. 
Hisobning jurnal - order shaklida xo’jalik muomalalari to’g’risidagi 
ma’lumotlar hujjatlardan jurnal - orderlarga yoki jamg’aruvchi va guruxlovchi 
vedomostlarga o’tkaziladi. Ma’lumotlarni hujjatlardan bevosita jurnal - orderlarga 
yozish, uncha ko’p bo’lmagan muomalalarni qayd etadigan schyotlardagina 
(«Asosiy vositalar», «Kassa», «Hisob-kitob schyoti», «Ustav kapitali» va boshqalar) 
amalga oshirilishi mumkin. Boshqa schyotlar bo’yicha esa ma’lumotlarni avval 
jamg’arish yoki guruxlab olish lozim Bosh daftarda xar bir schyot bo’yicha 
aylanmalar ko’rsatiladi va qoldiqlar chiqariladi; schyotning krediti bo’yicha 
aylanmalar umumiy yakun bilan beriladi (chunki ular jurnal -orderlarda ochiq 
beriladi), debeti bo’yicha esa korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha 
beriladi (xar xil jurnallarga tarqatilib yuborilgan debetli aylanmaning 
korrespondentsiyasini ko’rsatish uchun). 
Bosh daftar, jurnal 
- orderlar, jamgaruvchi va guruhlovchi 
vedomostlarning ma’lumotlaridan buxgalteriya balansi va hisobotni tuzish 
uchun foy-dalaniladi. 
Jurnal - order shakli oldingi hisob shakllariga qaraganda, axborotni, 
ayniqsa, qo’l bilan ishlash sharoitida hisobni yuritishning mehnat sig’imini 
pasaytirishi bilan, albatta, afzalliklarga ega. SHuning uchun u faqat sanoatda 
emas, balki boshqa tarmoqlarda ham keng qo’llanila boshlagan. 
Jurnal - order shaklining asosiy registri hisoblangan jurnal-orderlar 
(memorial - order shaklidaga bosh kitobdagidek) xo’jalik muomalalari ni 
shaxmat tamoyilida aks ettirshpga asoslangan. 
Jurnal - orderlar ikki yo’nalishda - debetli yoki kreditli belgi bo’yicha 
tuzilishi mumkin. Kreditli belgi qulayroq deb qabul qilingan, chunki u tovar 
- moddiy boyliklar va pul mablag’’laridan foydalanish ustidan nazoratni 
amalga oshirishga xizmat qiladi, shuning uchun ham u jurnal - orderlarni 
tuzishda qabul qilingan. Uning mohiyati shundan iboratki, har bir jurnal - 
orderlarda mazkur sintetik schyotning (yoki bir turdagi schyotning) kreditli 
aylanmasi ular bilan korrespondentsiyalanuvchi debetlan adigan schyotlar 
bo’yicha aks ettiriladi. 
Ko’pchilik jurnal - orderlarda ro’yxatga olinadigan muomalalar, ularni 
korrespondentsiyalanadigan schyotlar bo’yicha aks ettirishdan tashqari, 


120 
xarajat moddalari va mazkur hisob obhektini tasvirlash uchun talab 
qilinadigan iqtisodiy ko’rsatkichlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan 
boshqa 
belgilar bo’yicha ham guruxlanadi. SHunday tarzda moddiy boyliklar, 
umumishlab chiqarish, mahmuriy va umumxo’jalik xarajatlarni, ishlab 
chiqarish va boshqalarni hisobga olshp bo’yicha jurnal - orderlar (va ularning 
yordamchi vedomostlari) yuritiladi. 
Hisobning jurnal - order shakli (ko’pchilik schyotlar bo’yicha) sintetik 
va tahlilii hisobni birga olib borshp, hisobot ko’rsatkichlarini bevosita hisob 
registrlarining o’zidan olish, ish amallari sonini qisqartirish va xo’jalik 
muomalalarini aks ettirishni ancha tartibga solish imkonini ta’minlaydi. 
Sintetik va tahliliy hisobni birgalikda yuritish uchun chiziqli (lineyniy) yozuv 
va summalarni tahliliy qismlar bo’yicha guruhlash usullaridan foydalaniladi. 
CHiziqli yozuv sintetik va tahliliy hisobning birgalikda olib borili-shining eng 
oddiy va yaqqol amalidir. Hisobning jurnal - order shaklida tegishli registrlar 6-
sonli jurnal - order va 16 -sonli vedomost ko’rinishida keltiriladi. Ikki hisob turini 
birgalikda olib borish, shuningdek, xaridorlar, hisobdor shaxslar va boshqalar bilan 
hisob - kitoblarni hisobga olishda ham qo’llaniladi. Sintetik va tahliliy hisob 
summalarini tahli-liy qismlar bo’yicha guruhlash yo’li bilan birgalikda yuritish, 
ayniqsa, har xil xarajatlarni aks ettirish uchun qulaydir. 
Hisobot ko’rsatxsichlarini bevosita registrlaridan olishni jurnal - order shaklida 
har xil yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Lekin ularning. barchasi hisobot 
jadvallariga to’g’ridan - to’g’ri kiritiladigan summalar ko’rsatuvchi hisob 
ma’lumotlarini bevosita registrlarning o’zida guruhlashni ta’minlashga asoslangandir. 
Hisobning jurnal - order shakdida erntilgan ish amallari sonining 
qisqartirilishi juda muhim ahamiyatga egadir. Bu srda, masalan, memorial - order 
shaxslida ishl&tiladigan memorial-orderlar va ro’yxatga olish jurnali yo’q. Ko’pchilik 
schyotlar bo’yicha sintetik hisob tahliliy hisob bilan birlashtirilgan. Bularning 
barchasi hisob registrlarida qilinadigan yozuvlarni bartaraf qilshp va hisobni asosan 
quyidagi uchta ish amallari: muomalalarni hujjatlarda qayd etish, hujjatlardan 
ma’lumotlarni hisob registrlariga ko’chirish va hisob registrlarining yakuniy 
ko’rsagkichlarini hisobotda umumlashtirish yordamida amalga oshirish imkonini 
beradi. 
Jurnal - order shaklidagi xo’jalik muomalalarini aks ettirishning tartibga 
solinishini uning barcha registrlarida ko’rish mumkin. Masalan, 2 -sonli jurnal - 
orderda hisob - kitob schyotidan pul xarajatlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlar 
qathiy muayyan ustunlarga yozib boriladi. YOzuvlarning yanada ham ko’proq 
tartibga solinishi yuqorida eslatib o’tilgan 15 - sonli vedomost, 10 - sonli jurnal - 
order (ishlab chiqarish xarajatlari) va boshqa registrlar yordamida erishiladi. Ularda 
aks zttiriladigan har bir sum-ma nafaqat mag’lum bir ustungagina emas, balki tegishli 
bo’lgan qatorga ham yozib boriladi. Ko’rib chiqilgan xususiyatlar jurnal - order 
shaklini hisob-ning boshqa turlaridan keskin farq qiladigan, shubhasiz, afzalliklaridan 
hisoblanadi. Lekin u kamchiliklardan xam xoli emas. Masalan, ayrim regi-strlarning 
tuzilishi juda murakkab bo’lib, ularni to’ldirish jarayoni juda hiyin kechadi. Unda 


121 
hisobli ro’yxatga olish texnikasini o’zlashtirish ko’p harakatni talab qiladi, chunki 
har bir jurnal - order tegishli hisobning obhekti xususiyatlariga moslashgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin