28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


MAVZU-26. HISOB YURITISH REGISTRLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

MAVZU-26. HISOB YURITISH REGISTRLARI. 
 (ma’ruza 2 soat).
 
REJA:
1.
 
Buxgalteriya hisobi registrlari to’g’risida tushuncha. 
2.
 
Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari. 
3.
 
Hisob registrlariga yozish tartibi. 
4.
 
Hisob registrlarini turkumlanishi. 
 
Tayanch iboralar:
3 xil registr: daftarlar, kartochkalar va varaqlar, 
vedomostlar, sintetik registrlar, analitik registrlar, memorial-order, ikki 
yoqlama yozuv, bosh daftar, jurnal-order, hisobning qog’ozsiz shakli. 
 
Bu jadvallar buxgalteriya hisobida schyotlarning aloqasi va schyotlardagi 
yozuvlarining iqtisodiy mazmunini hisobiga olgan holda ishlab chiqiladi. Hisobi 
registrlari tashqi ko’rinish yozuvlarining turlari va ma’lumot hajmiga ko’ra 
turkumlanadi.
Eslab qoling! 
Buxgalteriya hisobi registrlari deb boshlang’ich va yig’ma xujjatlarda aks ettirilgan 
xo’jalik mablag’lari va xo’jalik jarayonini tartibi va harakatini ularning tashkil topish 
manbaalari, iqtisodiy mazmuniga muvofiq guruhlarga bo’lib ro’yxatga olish uchun 
mo’ljallangan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. 
Esda tuting 
Tashqi ko’rinishiga ko’ra 3 xil buxgalteriya hisobi registrlari majud bo’lib, ular daftarlar, 
kartochkalar va varaqlar hamda vedomostlardan iborat. 
YOzuv turlariga ko’ra xronologik uslubi va kombinatsiyalashtirilgan registrlar 
farqlanadi. Xronologik hisob registrlari xo’jalik operatsiyalarini xronologik tartibda, yaoni 
operatsiyani qisqacha mazmuni, bo’lgan vaqti va summasini yozib borish uchun 
mo’ljalangan. Statistik hisob registrlari operatsiyalarni sistematik tarzda yozish uchun 
mo’ljallangan. Bunda operatsiyalar maolum belgilarga ko’ra guruhlangan holda aks 
ettiriladi. 
Kombinatsiyalashgan registrlarda xronologik yozuv sistematik yozuv bilan 
qo’shilgan holda aks ettiriladi. Ularni qo’llash ishlarini ixchamlashtiradi, hisobda 
qo’llaniladigan registrlar sonini kamaytiradi. 
Registrlar ulardan olinayotgan maolumotlar hajmiga ko’ra sintetik va analitik 
turlariga bo’linadi. 
Sintetik registrlar sintetik hisob maolumotlarini aks ettiradi. Analitik registrlardan 
analitik hisob yuritishda foydalaniladi. 
Korxona mablag’lrining but saqlanishi debitor qarzlarni o’z vaqtida qaytarib olish va 
ho’jasizlikning oldini olish, shuningdek buxgalteriya hisobotlari va balansning o’z vaqtida, 
to’liq holda yozilishiga bog’liqdir. 


108 
Buxgalteriya hisobi registrlariga xo’jalik operatsiyalarini yozish, korxonalar 
xo’jalik-moliyaviy faoliyatining u yoki bu tomonini aks ettiruvchi boshlang’ich 
xujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Buxgalteriyada qo’llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning o’zaro 
bog’liqligi xo’jalik operatsiyalarni ularda ketma-ket yozish usullari hamda hisobda 
qo’llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini belgilaydi. Bunda 
korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriya hisobida sodir bo’lgan har xil 
operatsiyalarni o’z vaqtida, to’g’ri, izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir 
tizimida jamlanishini ta’minotlaydi. 
Buxgalteriya hisob shakllari buxgalteriya hisobini yuritish texnikasi va uni 
tashkil qilish borgan sari rivojlanib, o’zgarib kelmoqda. Buxgalteriya hisobining 
qator shakllari mavjud. Ular quyidagi asosiy printsiplarga ko’ra bir biridan farq 
qiladi.

1. Registrlarning soni, vazifalari va tashqi ko’rinishiga ko’ra. 
2. Registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va anali 
tik hisobni qo’shib olib borish tartibiga ko’ra. 
3. Registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasiga ko’ra. 
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq vaqt hisobda asosiy 
o’rinni egallab kelgan. Hisobning bu shakli xar tomonlama tekshirilgan dastlabki 
xujjat asosida yoziladi. 
Keyinchalik memorial-orderlarning raqamlari va summalari operatsiyalarni 
ro’yxat qilish jurnaliga (xronologik registr tartibi bilan) yozib boriladi. 
Ro’yxatga olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi ustida va tartib 
bilan hamda raqamlanishini nazorat qilib turish uchun shuningdek, oy davomida 
bajarilgan barcha xo’jalik opratsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun 
xizmat qiladi. Undan tashqari, har oyning oxirida jurnaldagi xo’jalik 
operatsiyalarining jami summasi sintetik schyotlar bo’yicha oy oxiriga tuzilgan 
oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan solishtiriladi. Bu usulda sintetik 
schyot bo’yicha muntazam registrlarda aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarining 
to’plamini tekshirish xamda ikki yoqlama yozish qoidasiga qatoiyan rioya 
qilinganligini tekshirish mumkin. 
Ro’yxatga olingan memorial-orderdan sintetik schyotlar bo’yicha muntazam 
registr bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi.
Unda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi. 
Memorial-order shakli qo’llaniladigan korxona, tashkilot va muassasalarda 
analitik hisob registrlari sifatida kartochkalar yuritiladi. Memorial-orderga ilova 
qilinadigan kartochkalardagi yozuvlar boshlang’ich va yig’ma xujjatlarga 
asoslangan bo’ladi. Hisobot oyining oxirida analitik schyot registrlari bo’yicha 
jami summa yigiladi va shunga muvofiq oborot yoki qoldiq vedomosti tuziladi. 
Ulardagi maolumotlar sintetik schyotlar jami summasi bilan solishtiriladi va 
shunday qilib yo’l qo’yilgan xatoliklarni aniqlash yoki uning oldini olish 
imkoniyati yaratiladi. 
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli yuqorida ko’rib o’tilgan hisob 
shakllarida mavjud kamchiliklarni yo’qotish va hisob shakllarini takomillashtirish 


109 
natijasida vujudga kelgan. Uning xususiyatlaridan biri shundaki, bunday yozuvlar 
hisobot olish davomida jamlash va guruhlash vedomostlarida, shu jurnalda 
guruhlanib beriladi. Jurnal orderidan tashqari erdamchi vedomostlar ham yuritiladi. 
SHaklning xususiyatlaridan yana biri hisob registrlarining buxgalteriya 
hisoboti tuzishga moslanganligidadir, yaoni unda ”memorial- order”, ”bosh jurnal”
shakllariga qaraganda xujjatlarning aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik 
hisoblar qo’shilib ketadi, hisobotning qo’shimcha ishlarini bajarmasdan, 
to’g’ridan-to’g’ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo’ladi va xakozo.
SHaklning 
kamchiligi 
hisoblash 
mashinalaridan 
foydalanish 
chegaralanganligidadir. 
Korxonalarda hisob ishlarini yuritish va xo’jalik operatsiyalarini hisobga 
olishni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi. 
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob yozuvlarining maolum texnika 
vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Bunda korxona buxgalteriya 
hisobida sodir bo’lgan har xil xo’jalik operatsiyalari o’z vaqtida to’g’ri, izchillik 
bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minotlanadi. 
Buxgalteriya hisobining shakllari quyidagi asosiy printsiplariga ko’ra bir-
biridan farq qiladi. 
a) sintetik hisob registrlarining tuzilmasi; 
b) sintetik va analitik hisob registrlari, xronologik va muntazam registrlarning 
o’zaro aloqasi; 
v) buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi ko’rinishi; 
g) buxgalteriya hisobi registrlariga yozuvlarni izchillik bilan yozish tartibi va 
texnikasi. 
Tajribada buxgalteriya hisobining juda ko’p xil shakllarini sanab chiqish 
mumkin.Bularni ko’pchiligi bir-biriga mos keladi, chunki ko’plari avval qo’llanib 
kelaetgan shakllarning airim elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga 
kelgan. 
Buxgalteriya hisobi tarixan shuni ko’rsatib turibdiki, keyingi yillarda 
buxgalteriya hisobi shakllarining ko’p turliligi tipozitsiyalash tirish va 
unifikatsiyalashtirish kabi ilg’or yo’nalishlarga amal qilgan holda birmuncha 
qisqartirilgan. 
Buxgalteriya hisobining ilg’or shaklini qo’llash masalasi juda muhim va 
qiyin masaladir.Bu masalaning dolzarbligi xozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarida 
personal hisoblash texnikasini intensiv qo’llash natijasida ortib bormoqda. 
Xozirgi kunda buxgalteriya hisobining ilg’or shakllaridan hisobni tashkil 
qilishda keng qo’llanilayotgan ayrim turlarini ko’rib chiqishdan oldin buxgalteriya 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin