137
ishlab chiqarish-xo’jalik va moliyaviy faoliyatiga to’g’risida tavsifnoma bera
oladigan buxgalteriya balansi va bir necha jadvallardan iborat bo’ladi.
Mamlakatdagi korxonalarning buxgalteriya
hisoboti buxgalteriya balansi,
moliyaviy natijalar va ularni ishlatish xaqida
hisobot, korxona mulkining xolati
haqida hisobot, korxonaning bor mablag’’lari va ularning xarakati haqida
hisobotdan iboratdir. Buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarni yig’ish
darajasiga
qarab boshlang’ich va yig’ma hisobotlarga bo’linadi. Boshlang’ich buxgalteriya
hisoboti deb muayyan korxona yoki uning qismlarining xo’jalik va moliyaviy
faoliyatini aks ettiruvchi ma’lumotlarga ega bo’lgan buxgalteriya balansi va bir
necha hisobot jadvallari yig’indisiga aytiladi. Ko’pgina korxonalarning ba’zi bir
qismlari aloxida balansga o’tkazilgan bo’lib, ular
tomonidan xam buxgalteriya
balansi va tegishli hisobot jadvallari tuziladi. Yig’ma buxgalteriya hisoboti
boshlang’ich hisobotlar ma’lumotlarini yig’ish asosida tuzilgan bo’ladi. Bu
hisobotda bir xil soxadagi bir necha korxonalarning ishlab chiqarish-xo’jalik va
moliyaviy faoliyatlari mahlum hisobot shakllariga yig’ilgan xolda aks ettiriladi.
SHu asosda tuzilgan hisobot shakllari yigindisiga yig’ma hisobot deyiladi. Katta
korxonalarni o’zlarnning ba’zi bir bo’limlarini aloxida balans tuzishga o’tkazib
qo’yishlari mumkin. Bu korxonalarda davriy va yillik hisobot tuzish paytida ana
shu aloxida balans to’zadigan bo’limlarning ma’lumotlari xam qo’shilgan
xolda
yig’ma balans tuziladi. Buxgalteriya hisobotlari qaysi davrga tuzilishiga qarab ikki
turga, ya’ni davriy va yillik buxgalteriya hisobotlariga bo’linadi. Davriy
buxgalteriya hisoboti xo’jalik yilining ma’lum sanasiga joriy buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari asosida tuziladi. Davriy buxgalteriya hisoboti qaysi muddatga
tuzilishiga qarab oylik va choraklik buxgalteriya hisobotlariga bo’linadi.
Korxonalar
birinchi chorak yakuni, yarim yillik va to’qqiz oylik yakuni bo’yicha
buxgalteriya hisoboti «Buxgalteriya balansi» bilan «Moliyaviy natijalar va ularni
ishlatish haqida hisobot» dan iborat bo’ladi. Yillik buxgalteriya hisoboti joriy
yilning oxirida tuzilada. Bu hisobot korxonaning bir yillik ishlab chiqarish —
xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiruvchi ma’lumot, keltirilgan bir qancha
shakllardan iborat. Korxonalar yillik buxgalteriya
hisoboti quyidagilar, iborat
bo’ladi:
Buxgalteriya balansi;
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot
Asosiy vositalar xarakati tugrisidagi hisobot
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot
Kichik
va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy hisoboti
soddalashtirilgan shaklda tuzilidi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga zarurat to’g’ilganda tushuntirish va izoxlar xam
beriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar
tashkil moliya hisobotdan
tashqari ichki buxgalteriya hisobotini xam tuziladi. Ichki buxgalteriya hisobotidan
korxona ichida ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulotlar tannarxi ustidan nazorat
o’rnatish, ularni boshqarish, korxonaga baho berish va uning bo’limlari xo’jalik
faoliyatiga baxo berish xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va taftish o’tkazish
uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ichki buxgalteriya hisobotining tuzilishi va
138
mazmuni qanday bo’lishligini korxonani boshqarish tadbirlarini hisobga olgan
xolda nazariy jixatidan ishlab chiqish kun tartibida turibdi.
Korxonaning ichki
buxgalteriya hisobotida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, tayyor maxsulotlarni
sotish bilan bor xarajatlar, moddiy zaxiralarning xajmi, tayyor maxsulotni
sotishning borishi, pul mablag’’larining xolati va xarakati debitorlik va kreditorlik
qarzlariga doir ma’lumotlar berishi kerak. Ichki buxgalteriya hisoboti korxonaning
raxbari va uning xamma bo’linmalarini boshqarish
uchun kerakli bolgan
axborot
bilan ta’minlaydi. Ichki buxgalteriya hisoboti tizimini yaratishda buxgalteriya
hisobining zamonaviy electron hisoblash mashinalaridan keng foydalanishga
asoslangan shaklini qo’llash juda qo’l keladi.
Dostları ilə paylaş: