39-MAVZU: ASOSIY VOSITALAR HISOBI.
(ma’ruza 2 soat)
REJA:
1. Asosiy vositalar haqida tushuncha, ularning turlari va baxolash.
2. Asosiy vositalar xarakatini xujjatlarda rasmiylashtirish tartibi.
3. Asosiy vositalar amortizasiyasini hisoblash va hisobga olish tartibi.
Tayanch iboralar:
Asosiy vositalar haqida tushuncha. Asosiy vositalarni
baholash tartibi. Asosiy vositalar amortizasiyasi. Amortizasiya hisoblash usullari.
Asosiy vositalar harakatini buxgalteriya hisobi. Asosiy vositalar amortizasiyani
buxgalteriya hisobi. Asosiy vositalarni lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga olish va
berish tartibi. Lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan va berilgan asosiy
vositlarni buxgalteriya hisobi.
Asosiy vositalar - uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq
vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish soxasida ham, noishlab chiqarish soxasida
ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy
aktivlardir.
Asosiy vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab
chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining
jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi. Lekin ular maxsulot ishlab chiqarish yoki
199
ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq
muddat qatnashsa ham asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab
chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga qisman o’tkazb boriladi. Korxonaning
xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar korxonaga olinadi va foydalanishga
beriladi, eskiradi, ta'mirlanadi, bir bo’limdan nkkinchi bo’limga o’tkazladi va
eskirishi, sotilishi natijasida korxona hisobidan chiqariladi.
Korxona asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalannsh, boshqa
korxonalarga sotish, be’pul berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha be’ul
foydalanishga berish va hisobdan chiqarish xuquqlariga egadir.
Ishlab chiqarish asosiy vositalari moddiy ishlab chiqarish soxasida ishlatilib,
ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta katnashib, asta-sekin eskirib, ueining
qiymatini yaratilgan maxsulot tannarxiga qisman o’kazib boradi. Ularga moddiy
ishlab chiqarish soxasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi
moslamalar, mashina asbob-uskunalar, trans’port vositalari, noishlab chiqarish va
xo’jalik inventarlari, yig’ik ish va maxsuldor xayvonlar, ko’p yillik ko’chat
qilingan daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi.
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ishlab chiqarishga taalluksiz bo’lgan
madaniy-maishiy, sog’likni saqlash muassasalari, kommunal ho’jalik korxonalvri
va shu kabi tarmoqar xizmat qiladi va nshlab chiqarish jarayonida katnashmaydi.
Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, uz qiymatini qisman yo’qotib boradi.
Asosiy vositalal xalq xo’jaligining qanday tarmongida ishlatilishiga qarab,
shuningdek tarmoqar (sanoat, qishlok xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, trans’port, aloqa,
qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va xokazo) bo’yicha guruxlanadi
Asosiy vositalar quyidagi qiymatlar bo’yicha baxolanadi:
- dastlabki qiymat;
- joriy qiymat.
- qoldiq qiymat:
- tugatish qiymati.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning mavjudligi
va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara
shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar to’g’risidagi axborotlarni
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 "Er";
0111 "Erni obodonlashtirish";
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";
0180 "Ko’p yillik o’simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
200
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy
vositalarning mavjudligi va ularning harakati to’g’risidagi axborotlarni olish
imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10-oktyabrda 114-son bilan
tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar"
(20.01.2004 y. 1299-sonli ro’y., "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va
foydalanish bo’yicha yo’riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga
oshiriladi.
Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi
ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang’ich qiymatda hisobga olinadi:
a) korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi
hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan;
b) korxonaning o’zida tayyorlangan shuningdek, to’lov evaziga boshqa
korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish,
tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu
ob’ektlarni xarid qilishda, to’langan va qoplanmaydigan soliq (yig’imlar)
shuningdek, yetkazib berish, yig’ish, o’rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan
holda;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan shuningdek, hukumat
idoralari tomonidan subsidiya ko’rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi bozor
bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymat bo’yicha.
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati faqat qayta qurilganda,
ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda
o’zgartirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001
yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari
to’g’risida"gi qaroriga muvofiq barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik
shaklidan qatьi nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy
bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar
bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo’yicha 8510 "Mulkni qayta baholash
bo’yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan
kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlarning (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari
bo’yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Korxonaning o’zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga
asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti
bo’yicha kirim qilinadi.
201
Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan
asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100)
debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo’yicha kirim
qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim
qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530
"Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Biroq,
soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad
(foyda) solig’ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush
sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida
hisobdan chiqarishda ularning boshlang’ich qiymati tegishli (0100) asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib
ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |