28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
“Asosiy vositalarni balansdan chiqatirish va qo’shimcha lar kiritish haqida” O’zbekiston Respublikasi moliya vazirlining 2010 yil 6 apreldagun28 sonli burug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 16 avgustdagi 101 son burug’i bilan tasdiqlangan Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibito’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. ” 0110 "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida berilgan
yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida shuningdek,
yer maydonlarini xarid qilishda to’lanadigan qo’shimcha xarajatlar, ko’chmas
mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish
bilan bog’liq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari
hisobga olinadi.
Erlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni
chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo’yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er"
schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida
foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish yoki qurish uchun
sotib olinganda, mavjud konstruktsiyalar va boshqa to’siqlarni bartaraf etish
qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda
konstruktsiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu
xarajatlarni kamaytiradi.
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda bo’lsa va mavjud konstruktsiyalar
yangi qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo’yicha
xarajatlar 0110
"Er"
schyotiga kapitalizatsiya
qilinmaydi,
balki eski
konstruktsiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajat sifatida aks ettiriladi.
0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida yer maydonlari tuzilishini
o’zgartirish, kelish yo’llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining
to’xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash
xarajatlari hisobga olinadi.
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirish" schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga
olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog’liq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
202
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirish bo’yicha kapital xarajatlarga shuningdek, rekonstruktsiya va
modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo’shiladi.