28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


-MAVZU: ASOSIY VOSITALAR HISOBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
39-MAVZU: ASOSIY VOSITALAR HISOBI. 
(ma’ruza 2 soat)
 
REJA: 
1. Asosiy vositalar haqida tushuncha, ularning turlari va baxolash. 
2. Asosiy vositalar xarakatini xujjatlarda rasmiylashtirish tartibi. 
3. Asosiy vositalar amortizasiyasini hisoblash va hisobga olish tartibi. 
 
Tayanch iboralar:
Asosiy vositalar haqida tushuncha. Asosiy vositalarni 
baholash tartibi. Asosiy vositalar amortizasiyasi. Amortizasiya hisoblash usullari. 
Asosiy vositalar harakatini buxgalteriya hisobi. Asosiy vositalar amortizasiyani 
buxgalteriya hisobi. Asosiy vositalarni lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga olish va 
berish tartibi. Lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan va berilgan asosiy 
vositlarni buxgalteriya hisobi. 
Asosiy vositalar - uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq 
vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish soxasida ham, noishlab chiqarish soxasida 
ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy 
aktivlardir. 
Asosiy vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab 
chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining 
jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi. Lekin ular maxsulot ishlab chiqarish yoki 


199 
ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq 
muddat qatnashsa ham asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab 
chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga qisman o’tkazb boriladi. Korxonaning 
xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar korxonaga olinadi va foydalanishga 
beriladi, eskiradi, ta'mirlanadi, bir bo’limdan nkkinchi bo’limga o’tkazladi va 
eskirishi, sotilishi natijasida korxona hisobidan chiqariladi. 
Korxona asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalannsh, boshqa 
korxonalarga sotish, be’pul berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha be’ul 
foydalanishga berish va hisobdan chiqarish xuquqlariga egadir. 
Ishlab chiqarish asosiy vositalari moddiy ishlab chiqarish soxasida ishlatilib, 
ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta katnashib, asta-sekin eskirib, ueining 
qiymatini yaratilgan maxsulot tannarxiga qisman o’kazib boradi. Ularga moddiy 
ishlab chiqarish soxasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi 
moslamalar, mashina asbob-uskunalar, trans’port vositalari, noishlab chiqarish va 
xo’jalik inventarlari, yig’ik ish va maxsuldor xayvonlar, ko’p yillik ko’chat 
qilingan daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi. 
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ishlab chiqarishga taalluksiz bo’lgan 
madaniy-maishiy, sog’likni saqlash muassasalari, kommunal ho’jalik korxonalvri 
va shu kabi tarmoqar xizmat qiladi va nshlab chiqarish jarayonida katnashmaydi. 
Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, uz qiymatini qisman yo’qotib boradi. 
Asosiy vositalal xalq xo’jaligining qanday tarmongida ishlatilishiga qarab, 
shuningdek tarmoqar (sanoat, qishlok xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, trans’port, aloqa, 
qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va xokazo) bo’yicha guruxlanadi 
Asosiy vositalar quyidagi qiymatlar bo’yicha baxolanadi: 
- dastlabki qiymat; 
- joriy qiymat. 
- qoldiq qiymat: 
- tugatish qiymati. 
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning mavjudligi 
va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara 
shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar to’g’risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
0110 "Er"; 
0111 "Erni obodonlashtirish"; 
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirish"; 
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar"; 
0130 "Mashina va asbob-uskunalar"; 
0140 "Mebel va ofis jihozlari"; 
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi"; 
0160 "Transport vositalari"; 
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar"; 
0180 "Ko’p yillik o’simliklar"; 
0190 "Boshqa asosiy vositalar"; 


200 
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar". 
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy 
vositalarning mavjudligi va ularning harakati to’g’risidagi axborotlarni olish 
imkoniyatini ta’minlashi lozim. 
Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10-oktyabrda 114-son bilan 
tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar" 
(20.01.2004 y. 1299-sonli ro’y., "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to’plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va 
foydalanish bo’yicha yo’riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi 
ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang’ich qiymatda hisobga olinadi: 
a) korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi 
hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan; 
b) korxonaning o’zida tayyorlangan shuningdek, to’lov evaziga boshqa 
korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish, 
tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu 
ob’ektlarni xarid qilishda, to’langan va qoplanmaydigan soliq (yig’imlar) 
shuningdek, yetkazib berish, yig’ish, o’rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni 
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan 
holda; 
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan shuningdek, hukumat 
idoralari tomonidan subsidiya ko’rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi bozor 
bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymat bo’yicha. 
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati faqat qayta qurilganda, 
ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda 
o’zgartirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 
yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va 
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari 
to’g’risida"gi qaroriga muvofiq barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik 
shaklidan qatьi nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy 
bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar 
bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo’yicha 8510 "Mulkni qayta baholash 
bo’yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan 
kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlarning (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari 
bo’yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi. 
Korxonaning o’zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga 
asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti 
bo’yicha kirim qilinadi. 


201 
Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan 
asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) 
debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo’yicha kirim 
qilinadi. 
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim 
qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 
"Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Biroq, 
soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad 
(foyda) solig’ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. 
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush 
sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida 
hisobdan chiqarishda ularning boshlang’ich qiymati tegishli (0100) asosiy 
vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib 
ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin