28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

“Asosiy vositalarni balansdan chiqatirish va qo’shimcha lar kiritish haqida” 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirlining 2010 yil 6 apreldagun28 sonli 
burug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 16 
avgustdagi 101 son burug’i bilan tasdiqlangan Asosiy vositalarni balansdan 
chiqarish tartibito’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. ” 
0110 "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida berilgan 
yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida shuningdek, 
yer maydonlarini xarid qilishda to’lanadigan qo’shimcha xarajatlar, ko’chmas 
mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish 
bilan bog’liq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari 
hisobga olinadi. 
Erlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni 
chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo’yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" 
schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida 
foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur. 
Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish yoki qurish uchun 
sotib olinganda, mavjud konstruktsiyalar va boshqa to’siqlarni bartaraf etish 
qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda 
konstruktsiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu 
xarajatlarni kamaytiradi. 
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda bo’lsa va mavjud konstruktsiyalar 
yangi qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo’yicha 
xarajatlar 0110 
"Er" 
schyotiga kapitalizatsiya 
qilinmaydi, 
balki eski 
konstruktsiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajat sifatida aks ettiriladi. 
0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida yer maydonlari tuzilishini 
o’zgartirish, kelish yo’llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining 
to’xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash 
xarajatlari hisobga olinadi. 
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirish" schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga 
olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog’liq kapital xarajatlar hisobga olinadi. 


202 
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirish bo’yicha kapital xarajatlarga shuningdek, rekonstruktsiya va 
modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo’shiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin