MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi hisobi qanday buxgalteriya
yozuvlari yoziladi?
2.
Jamgarilgan foyda (to’lanmagan zarar hisobi qanday?
3.
Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasining rezerv kapitalini yaratishga
yunaltirilishi qanday buxgalteriya yozuvlari yoziladi7
4.
Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasining jamgarma foydasiga
o’tkazlishi qanday buxgalteriya yozuvlari yoziladi?
5.
Hisobot yilida ko’rilgan zararning qanday buxgalteriya yozuvlari
yoziladi?
193
MAVZU YUZASIDAN TAVSIY ETILADIGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.Ostanaqulov «Bux. hisobi nazaryasi » Darslik Toshkent 2007 y.
2. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari. Toshkent-2004.
3. Sanaev N,Xasanov B, To’laev A, Sanaev G. Buxgalteriya hisobi
asoslari. Kasb-xunar kollejlari uchun darslik Toshkent-2005.
4. Sanaev N,Xasanov B, Buxgalteriya hisobi asoslari. Masalalar to’plami
Toshkent-2005.
5. G.Sanaev. Bux. hisob. asoslari. Darslik Toshkent – 2005 y.
37-MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINI KONTSEPSTIYASI VA
TAMOYILLARI.
(ma’ruza 2 soat)
REJA:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining o’rni va roli.
2. Buxgalteriya hisobida, xalqaro andozalarga asoslangan milliy andozalarni
ishllashning zarurligi.
3. Buxgalteriya hisobining konsepsiyasi va tamoyillari.
Tayanch iboralar:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteruya hisobining
o‘rni va roli. Buxgalteruya hisobida, halqaro andozalarga asoslangan milliy
andozalarni qo‘llashning zarurligi. Buxgalteriya hisobining konsepsiyasi va
tamoyillari.
1996 yil 12 sentyabrdan amalga kiritilgan Buxgalteriya hisobi Qonuni
Respublikamiz hisob tizimining asosiy qonuni hisoblanadi. Respublikaning bozor
iqtisodiyotiga bosqichma - bosqich o’tish tajribasi shuni ko’rsatadiki endilikda
xalqaro hisob qoidalariga asoslangan hisob va moliyavii hisobotvi tuzish
tamoyillariga e'tiborni yaratish zarur. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 1994 yil 26 martdagi 164-sonli "O’zbekiston Respublikasida
buxgalteriya hisobi va hisoboti tshgrisidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida"gi
qarori bilan qabul qilingan va amalga kiritilgan Nizom buxgalteriya qonunchiligiga
1995 - 1998 yillar davomida kiritilgan o’zgarishlar qilinishi munosabati bilan
hamda Respublikamiz hisob siyosatini xalqaro hisob andozalari darajasiga
yetkazish maqsadlarida qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu
maqsadlarda,
hamda
hisob
sistemasini
mustaxkamlash
maqsadlarida
Respublikamiz yetakchi mutaxassislari ishtirokida buxgalteriya hisobi milliy
andozalari tayyorlanib, Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
1999 yil 5 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 54-
sonli "Maxsulot (ishlar, dizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi
va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomni tasdiqlash
to’gisidagi qarori bilan 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, 1994 yil 26 martdagi
164-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom uz kuchini yo’qotdi. Respublikadagi
194
barcha yuridik korxonalar 1999 yil 1 yanvaridan boshlab buxgalteriya hisobining
tasdiqlangan va amalga kiritilgan (amalga kiritilmoqda) milliy andozalari asosida
olib borishlari lozim.
Ushbu andozalarni qo’llash amaliyotini ko’rib chiqishda dastlab moliyaviy
hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslaridan boshlash lozim.
Ushbu konseptual asos O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi
to’gisidagi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilarda moliyaviy
hisobotni tayyorlash va taqdim etish tartibini belgilab beradi. Konseptual asosni
o’rganishda dastlab quyidagi itisodiy terminlar mazmunini yoritish kerak.
Jumladan: Moliyaviy hisobot deganda-qanday xo’jalik yurituvchi sub'ektning
ma'lum bir davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish
usuli tushuniladi. Moliyaviy hisobotni maqsadi- xo’jalik yurituvchi sub'ektning
moliyaviy axvoli uning faoliyat ko’rsatkichlari to’gisida hamda pulmablag’’lari
xarakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng
doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar deganda, doimiy va bo’lg’usi
investorlar kreditorlar maxsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar,
shuningdek xukumat muassasalari vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa
manfaatdor foydalanuvchilar tushuniladi. Ushbu konseptual asosda quyidagi
moliyaviy hisobotning tamoyillari ham keltirilgan.
Moliyaviy hisobot deganda-qanday xo’jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir
davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usuli
tushuniladi. Moliyaviy hisobotni maqsadi- xo’jalik yurituvchi sub'ektning
moliyaviy axvoli uning faoliyat ko’rsatkichlari tugrisida hamda pul mablag’lari
harakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng
doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar deganda, doimiy va bo’lgusi investorlar kreditorlar maxsulot
yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek xuqumat muassasalari
vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar
tushuniladi. Ushbu konseptual asosda quyidagi moliyaviy hisobotning tamoyillari
ham keltirilgan.
-hisoblash tamoyili, daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida etirof etiladi va
kelgan davrda tushushi yoki paydo bo’lishiga qarab (pul mablag’larini olish yoki
tulash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
-ikki yoklama yozuv tamoyili, ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni
yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ikki
yoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operasiyalarini qayd etishi
kerak, ikki yoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operasiya bo’yicha bitta
summaning o’zi buxgalteriya hisobining ikkita hisob varaqlarida, yani
bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
-
uzluksizlik tamoyili, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan,
yani belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb
hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat qo’lamini ancha
qisqartirish niyat ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.
195
--xo’jalik operasiyalar aktivlar va passivlarni pul bilan baxolash, barcha
operasiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda axborotlarni
umumlashtirish maqsadida pul bilan badolanadi.
-ishonchlilik, axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo’lmasa va
unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo’ladi, extietkorlik, qarorlar qabul
qilishda extiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan
baxolanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baxolanmasligiga yo’l
quymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baxo chiqarish uchun zarurdir.
--mazmunning shakldan ustunligi, agar hisob kitob hujjatlarida va moliyaviy
hisobotda axborot operasiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks
ettirsa, bunday axborot uning xuquqiy shakli bilangina emas, balki moxiyati va
iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
--ko’rsatkichlarni qiyosiyligi, moliyaiy axborot foydali va mazmunli bo’lishi
uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan
qiyoslanadigan bo’lishi kerak. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt
moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu
siyosatdagi barcha o’zgarishlardan va shunday o’zgarishlarning natijalaridan
habardor bo’lishlari lozim.
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik, moliyaviy hisobotda beriladigan axborot
ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan mustaqil bo’lishi lozim:
--hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi, hisobot davrida
bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur
davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olinga asos bo’lgan xarajatlargina
aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni
o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biron-bir taksimlash tizimiga muvofiq bir necha
hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga
taqsimlanadigan amortizasiya xarajatlariga ta’luqlidir.
--aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baxosi, aktivlar va majburiyatlarning
haqiqiy
baxolash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib
olish qiymati asosiy baxodir. Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim xollarda
haqiqiy baxo sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
--tushunarlilik, moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot
foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi kerak, ahamiyatlilik, moliyaviy axborot
foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning extiyojlarini qondirish
va ularga operasion, moliyaviy va xo’jalik faoliyatiga baxo berishda ko’maklashish
uchun ahamiyatli bo’lishi kerak.
--jiddiylik, agar axborotni kiritmaslik yoki noto’g’ri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy
qarorlariga ta'sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotlarning ahamiyatiga uning
moxiyati dam, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o’tkazishi
mumkin.
--haqqoniy va holis taqdim, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo’jalik
yurituvchi subektning moliyaviy axvoli, operasiyalar natijalari, pul
196
mablag’lari xarakati to’g’risida xaqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak,
tugallanganlik, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida
axborot yetarlicha to’la hajmda taqdim etilishi kerak, izchillik, hisob siyosati bir
davrdan ikkinchi davrga izchil o’tkazilib boradi, deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar
xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy axvolidagi o’zgartirish tamoyilini
belgilash uchun har hil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini takdoslash
imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
--o’z vaqtida taqdim, hisobot axborotlarining asosiz darajada kechiqtirilishi bilan
u uzining iqtisodiy ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vao’tida
taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jixatlari
malum bulgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo’lishi mumkin, bu esa
uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jixatlar
malum bulgunicha kechiqtirilsa,xatto eng ishonchli axborot ham
foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qror
qabul qilishga majbur bo’ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik urtasida
mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul
qilishda foydalanuvchilarning extiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda
qondirish masalasini hal etish kerak. Aktivlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektlar
qiymati baxosiga ega bo’lgan moddiy, shu jumladan pul mablag’lari, debitorlik
qarzlari va nomoddiy mulkdir. Majburiyatlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligini
ifodalaydi.Xususiy sarmoya - ustav, qushilgan, rezerv sarmoyadan va
taqsimlanmagan foydadan iborat. Rezervlar-xo’jalik yurituvchi sub'ektning va
kreditorlarni zaralari oqibatlarida qushimcha tarzda himoya qilishni ta'minlash
uchun rezervlarni vujudga keltirish. Daromadlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning
asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatdan olingan daromadlarni uz ichiga oladi.
Xarajatlar - mulkni ishlab chiqarishni boshqarish bilan, hamda maxsulot sotish,
ishlarni bajarish xizmatlar ko’rsatish va zararlar bilan bog’liq xarajatlarni o’z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |