41
4.
Oy oxiriga qoldiq, Oy oxiriga qoldiqqa.
Sintetik va analitik schyotlari bo’yicha oborot qaydnomalardan
tashqari amaliyotda sintetik schyotlar bo’yicha shaxmat oborot
qaydnomalaridan ham foydalaniladi. Ularning mohiyati shundaki, bu
qaydnomalar schyotlardagi qoldiqlar va oborotlar yig’indisini ko’rsatibgina
qolmas dan balki, ularning mazmunini va schyotlarning o’zaro bog’lanishini
ham aks ettiradi (2- jadval).
Ammo shaxmat oborot qaydnomalari amalda kam qo’llaniladi.
CHunki, korxonadagi har bir schyot bo’yicha shaxmat oborot qaydnomalar
qo’llanilsa, u holda ishlash juda noqulay va murakkab bo’ladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini yuritishda ham bu
yozuvlarning asosini ko’rish mumkin. SHuning uchun ham shaxmat oborot
qaydnomalarining asoslarini kengroq nazariy o’rganish, amaliyotda undan
unumliroq foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: