67
kapitali”, “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”, “Kelgusida
qilinadigan xarajat va tulovlar zaxirasi”, “Dargumon qarzlar bo’yicha
zaxiralar” kabi sintetik schyotlar kiradi.
Xo’jalik faoliyatiga jalb etilgan yoki qarzga olingan mablag’’lar
manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Mol etkazib beruvchi va
pudratchilar bilan hisob - kitoblar”, “ Banklarning qisqa muddatli kreditlari”,
“Banklarning o’zoq muddatli kreditlari”, “Qisqa muddatli qarzlar”, “Uzoq
muddatli qarzlar” va boshqa sintetik schyotlar kiradi.
Bu schyotlar guruhining tayinlanishi va tuzilishi tushunarli bo’lishi
uchun misol tariqasida “Ustav kapitali” schyotining nimaga xizmat qilishi va
tuzilish bilan batafsil tanishib chiqamiz. Ustav kapitali qonun va taosis
xujjatlari asosida tashkil qilinadi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning
taosis etish xujjatlarida ko’rsatilgan bo’ladi.
Muomala munosabatlarining hisobi “Bo’naklar bo’yicha hisob -
kitoblar”, “Xaridor va byurtmachilar bilan hisob - kitoblar”, “Hisobdor
shaxslar bilan hisob - kitoblar” va boshqa sintetik schyotlarda olib boriladi.
Xo’jalik suboektlaridan barcha muhim maolumotlarni buxgalteriya
schetlaridan olinadi.Balans hamda hisobotlar ham shu schetlarning
maolumotlari asosida tuziladi.SHuning uchun ham bunday maolumotlarni
olish maqsadida bir qator schetlarni tanlab olish zarurki, natijada xo’jalik
faoliyati to’g’risidagi maolumotlarni olish imkoniyati bo’lsin.
SHu maqsadda va buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish uchun
schetlar rejasi tuziladi.
Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi deb, xo’jalik suboektlari
buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish uchun bir tizimga solingan schyotlar
ketma-ketligiga aytiladi.
Xozirgi kunda Respublikamiz xo’jalik suboektlarini yangi
schyotlar rejasiga o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari va chora tadbirlar olib
borilmoqda. O’zbekiston Respublikasida ishlatishga tavsiya etilayotgan
korxona moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
korxona faoliyatining hisobini amalga oshiradigan, standardlashtirilgan
schyotlar rejasidir. Bu schyotlar rejasi mamlakatning oldingi schyotlar
rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek schyotlarning sanalanishi va joylashish
tartibi bo’yicha farq qiladi.
Tavsiya etilayotgan schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida
bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat bo’lib, ularning 1-8 bo’limlari-balans
sxemasiga, 9 bo’limi-moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot sxemasiga mos
ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning extiyojlariga
mos
ravishda
yangi
schyotlar
bilan
to’ldirishda
egiluvchanlikni
taminlaydigan,
to’rt
xonali
sanalanishga
ega
(schyotlar
rejasi
klassifikatsiyasiga qarang).
YAngi schetlar rejasini kuyidagi kurinishda yakkol tasavvur kilish mumkin:
Dostları ilə paylaş: