shunga ko’ra, amaliyotda qo’llanib kelingan bilim, ko’nikma, malakalarga asoslangan davlat ta’lim standartini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirildi
shunga ko’ra, amaliyotda qo’llanib kelingan bilim, ko’nikma, malakalarga asoslangan davlat ta’lim standartini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirildi.
Shunga ko’ra o’qitish sifati va samaradorligini oshirish muxim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim- tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida tashkil etish davr talabidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish va kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri haqidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyaviy bilimlarini shakllantirishga yo‘naltiradi.
O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarga ta’lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi innavatsion pedtexnologiyalarda hamda interfaol metodlarni optimal tanlashdan iborat.
Kimyo predmetini o’qitish maqsadlarini aniqlashda birinchi navbatda umumta’lim maktablarida o’qitish va tayyorlashni umumiy maqsadalariga asoslanmoq zarur.
Umumiy o’rta ta’lim maqsadi, bu ta’lim, tarbiya va davlat ta`lim standartlariga muvofiq o’quvchilarni fikrlash, bilimlari asosini to’liq egallashini ta’minlash, o’quvchlarga dunyoning hozirgi ilmiy ko’rinishini shakllantirishda,
kimyo fanining ahamiyatini, anglagan holda bilim, ko’nikm malaka va kompetensiyalarni hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik texnologiya atamasiga YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi: Pedagogik texnologiya–o‘qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida
o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyatini uyg‘un ravishda tashkil etish,
mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo‘llash,
ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir.