Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi: 1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona raxbar buyruqlariga kat’iy buysunushini talab kiladi. Yuqori darajadagi raxbar quyi bo’g’in raxbari vakolatiga kiruvchi masalalarni xal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti xar bir ijrochining xuquq, burch, majburiyatlarini kat’iy belgilab quyishdir.
Boshqaruv - bu tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi uchun yo’naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyati harakatining ketma-ket bajarish jarayoni bo’lib, firmaning bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarini echish va ularni amalga oshirish uchun zarur. Bu harakat boshqaruv vazifalarini bajarish deb ataladi.Funktsiya” so’zi lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib, bajarish, vazifa, faoliyat, majburiyat ma’nosini bildiradi.Boshqaruv funksiyalari - bu biror ob’ektga rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan faoliyat turi, deb tushuniladi.Boshqaruv vazifalariMenejmentni taraqqiy qilishda boshqaruv vazifasida boshqa vazifa ro’yxatlari paydo bo’ldi. Bularga quyidagi boshqaruv faoliyat turlari kiradi: masalalarni echish, aloqa yo’llari, baholash va boshqalar.]Bu guruh vazifalariga quyidagilar kiradi:rejalashtirish;tashkil qilish;muvofiqlashtirish va tartibga solish;nazorat;rag’batlantirish.