29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari


Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va okimlari



Yüklə 76,48 Kb.
səhifə19/21
tarix27.12.2023
ölçüsü76,48 Kb.
#199101
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org

55. Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va okimlari. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otishga qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo’ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g’oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo’lmayotgan, demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo’rlik yo’li bilan hal qilishga intilishda ko’rinadi.
O’zbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000 yil 15 dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam bo’ldi.


56. Terrorizm va diniy terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va ularga karshi kurash mexanizmlari. Terrorizm bu insoniyatning ashaddiy dushmani. Xalqaro tinchlik va osayishtalikka tahdid solayotgan hozirgi davrning o’ta salbiy ijtimoiy hodisasi. Aniqroq qilib aytganda terrorizm – millati, dini va ma’lum hududi yo’q ofat, XXI asrning dahshatli vabosi. U bugun vujudga kelmagan, qadim-qadimdan mavjud.
Terrorizm so’zi lotincha – terrore so’zidan olingan bo’lib dahshat , vahima, falokat ma’nosini anglatadi. Terrorizm qadim va o’rta asrlar davrida boylik orttirish uchun kurashgan bir guruh qaroqchi, banditlar harakati ko’rinishida bo’lgan. XIX asr o’rtalaridan bu harakat «o’ta inqilobiy harakat», fitnachilar, qo’poruvchilar harakati shaklini oldi.
Masalan Rossiyada narodniklar chiqishi va boshqa XX asr o’rtalaridan boshlab terrorizm keng siyosiy tus oldi, ko’p mamlakatlarga yoyildi, xalqaro xarakter shaklini oldi. insoniyatga behisob fojealar keltirdi. U qaysi mamlakatda sodir bo’lmasin surbetlarcha oddiy xalq va din nomidan ish ko’radi. o’zini go’yo xalq manfaatini va dinning sofligini ko’zlovchilar sifatida ko’rsata boshladi.
Masalan G’arbiy Germaniyada «Q’izil armiya», Italiyada «Q’izil brigada», Ispaniyada basklar tashkiloti, Olg’sterda (Angliya)«Inqilobiy xaloskorlar armiyasi», Peruda «Porloq hayot», Afg’onistonda «Hisb-ut-tahrir», «Al-Q’oida», «Islom lashkarlari» va boshqa nomlar bilan Yuritildi. Xalqaro terrorizmning eng ishonchli tayanchi Afg’oniston, CHechiniston, janubiy Tojikiston bo’lib qoldi.
Halqaro terrorizmning mohiyati va maqsadi nimadan iboratq Terrorizm bu – begunoh odamlarni, xususan davlat va jamiyat rahbarlarini suiqasd yo’li bilan o’ldirish, garovga olish, jamoat binolari, turar joylar, ijtimoiy ob’ektlarni, transport vositalarini portlatish yo’li bilan xalqni hukumatdan narozi qilish, parokandalikni vujudga keltirish orqali hokimiyatni qo’lga olishga qaratilgan jinoiy guruh harakatidir.
Xalqaro terrorizmning hozirgi xususiyatlari nimadan iboratq
Bular tubandagilar:
Terrorizm ilgari ham, hozir ham halq nomidan gapiruvchi go’yo halq manfaatini aks ettiruvchi sohta ko’rinishi saqlab kelayapdi. Bu bosh xususiyat bo’lib, uning barcha ko’rinishlariga xosdir.
Ilgari terrorchilar turli mamlakatlarda bir-birlaridan ajralgan holda harakat qilardi. Endilikda esa ularning faoliyati bir yoki bir nechta qudratli markazlar tomonidan boshqariladigan halqaro jinoyatchi guruhlarning siyosiy harakatiga aylandi.
Hozirgi terroristlar juda katta moddiy, texnika imkoniyatga ega. Eng zamonaviy qurollarga, hatto raketa texnikasi, ximiyaviy va bakterologik qurollarga, aloqa vositalariga ega.



Yüklə 76,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin