49.Qanday mantiqiy operatorlarni bilasiz?
Mantiqiy (bul) operatorlar ikkita va undan ko‘p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi:
And — kon’yunktsiya (mantiqiy И-YOKI);
Or — diz’yunktsiya (mantiqiy ИЛИ-VA);
Not — mantiqiy inkor;
Хоr — ИЛИ-VA ni rad etuvchi;
Eqv — mantiqiy ekvivalentnlik;
Imp — mantiqiy implikatsiya. Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo‘lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, har doim ikki operand ustida bajariladi.
50.Agregat funksiya deganda nimani tushunasiz? SQL agregat (guruh) funksiyalari ustun qiymatlaridan bitta natija qiymatini olish uchun qo’llaniladi. Sodda qilib aytganda, ushbu funktsiyalardan foydalanib, ustun qiymatlari to’plamidan bitta qiymatni olamiz. Masalan: barcha qiymatlarning yig’indisi, minimal, maksimal yoki o’rtacha qiymat, shuningdek jadvalning qatorlarini hisoblash.
Agregat funksiyalar jadvaldan yig’ilgan axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu funksiyalari jadvaldagi satrlar guruhi bilan amal bajarib, bitta natija chiqaradi.Agregat funksiyasini ishlatishda kalit so’zlardan ham foydalanish mumkin. Ana
Shunday kalit so’zlardan biri GROUP BY kalit so’zidiri. Bu kalit so’z maxsus
Maydonlarda boshqa maydon terminlaridan foydalangan holda agregat funksiyalarini
Ishlatish imkoniyatini beradi. Bu SELECT operatorida agregat funksiya va maydon
Nomlarini bitta SELECT buyrug’ida ifodalash imkoniyatini yaratadi. Masalan, siz
Har bir souvchinig eng qimmat qiymatda sotgan mahsulotini ko’rmoqchisiz. Buni siz
Har bir sotuvchini alohida tanlab (SALESPEOPLE jadvalidan), uning sotgan
Mahsulotlari ichidan eng qimmatini toppish yo’li bilan ham aniqlashingiz mumkin.Agregat funksiyalar qo‘llanishi
Agregat (yoki STATIK) funksiyalar, sonli yoki xisoblanuvchi ustunlar Bilan ishlaydi. Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‘lib, bita qiymat qaytaradi.
Bu funksiyalarni ko‘rib chiqamiz:
SUM() – Ustundagi xamma qiymatlar summasini xisoblaydi.
AVG() – Ustundagi xamma qiymatlar o‘rtasi qiymatini xisoblaydi.
MIN() – Ustundagi xamma qiymatlar eng kichigini aniqlaydi.
MAX() – Ustundagi xamma qiymatlar eng kattasini aniqlaydi.
COUNT() – Ustundagi qiymatlar sonini xisoblaydi.
COUNT(*) – So‘rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini xisoblaydi.