IZOBARIK JARAYON – Gey-Lyussak qonuni orqali ifodalanib, o‘zgarmas bosimda sodir bo‘ladi.
Izobarik jarayonda solishtirma hajmning o‘zgarishi absolyut haroratning o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsionaldir.
|
Izobarik jarayon p va Ts koordinatalarda quyidagicha ko‘rinishiga ega (3.2-rasm).
3.2-rasm
Izobarik jarayonda tizimga berilgan issiqlik miqdori entalqpiya o‘zgarishiga sarf bo‘ladi.
dqp= di
qp=Cp (T2 – T1).
IZOTERMIK JARAYON Boyl-Mariott qonuni orqali ifodalanib, o‘zgarmas haroratda o‘tadi.
3.3-rasm
O‘zgarmas haroratda bosimning o‘zgarishi hajmning o‘zgarishiga teskari proporsionaldir.
|
Izotermik jarayon p va Ts koordinatalarida quyidagicha ko‘rinishga ega (3.3-rasm).
Izotermik jarayonda berilgan issiqlik tashqi ish bajarishga sarf bo‘ladi.
dqT=pd
ADIABATIK JARAYON – tashqi muhit bilan issiqlik almashmasdan sodir bo‘luvchi jarayondir.
|
3.4-rasm
YUqorida ko‘rilgan jarayonlardan farqli bu holda p, va T lar o‘zgaruvchan.
Adiabatik jarayon p va Ts koordinatalar tizimida quyidagi ko‘rinishiga ega (3.4-rasm).
Bu jarayonning matematik tenglamasi quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
pk = const
bu erda, k – adiabata ko‘rsatkichi bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi:
k = CP/C
k ning qiymati gazning atom soniga bog‘liq va uni nazariy yo‘l bilan hisoblash mumkin.
Bir atomli gazlar (He, Ar, …) uchun k =1,66;
ikki atomli gazlar (O2, N2, CO, …) uchun k =1,40;
uch va undan ko‘p atomlik gazlar (CO2, H2S, …) uchun k =1,33.
Adiabatik jarayonning tenglamalari:
Dostları ilə paylaş: |