3 – Ma'ruza. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi Reja



Yüklə 25,52 Kb.
səhifə11/11
tarix02.03.2022
ölçüsü25,52 Kb.
#53315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Biologiya yosh fiziologiyasi

Periferik nerv tizimi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .

Bu nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo`linadi.



Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi organlar faoliyatiga qarama-qarshi ta'sir ko`rsatadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi ta'sirlanganda yurakning qisqarishlari soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, me'da-ichak yo`lining harakat funktsiyalari susayadi, ko`z qorachig`i kengayadi, moddalar almashinuvi tezlashadi.

Parasimpatik nerv sistemasi ta'sirlanganda esa yurakning faoliyati susayadi, ba'zi qon tomirlari kengayadi, ma'da-ichak yo`lining harakat funktsiyalari ortadi, ko`z qorachig`i torayadi . Vegetativ nerv sistemasi ishini bosh miyaning turli sohalari va bosh miya katta yarim sharlari po`slog`i boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ishining rivojlanishi hara-katlarning rivojlanishiga bog`liq, chunki skelet muskullarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faollashiga, ovqat hazm qilishiga, nafas olishga, siydik ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo`ladi. Favqulot sharoitida vegetativ nerv sistemasi tashqi ta'sirlarga javob berib, ayniqsa turli emotsional reaktsiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining funktsional xolatini o`zgartirish hususiyatiga ega, Vegetativ nerv tizimining organizm ichki muhiti turg`unligini saqlashdagi ro`li juda muhimdir. Simpatik nerv sistemasi markazlari orqa miyaning ko`krak va bel bo`limlarida, parasimpatik nerv sistemasining markazlari o`rta miyada, bosh miyaning uzunchoq bo`limlarida va orqa miyaning dumg`aza bo`limida bo`ladi.



Nerv sistemasining ontogenezda rivojlanishi. Vegetativ nerv sistemasi hayotiy zaruriy funksiyalarni amalga oshiradigan tizim sifatida bolaning ilk rivojlanish bosqichlaridayoq shakllanadi. Ammo, tug'ilish vaqtida hali simpatik va parasimpatik bo'limlar hali uncha uyg'unlashmagan bo'ladi (bunga yurak qisqarishlari misol bo'ladi). Keyinchalik, bola rivojlana borgan sari markaziy nerv sistemasining oliy bo'limlari ta'siri kuchaya boradi, shu bilan birga ichki organlar faoliyatining normal ishlashini ta'minlaydigan funksiyasi ham takomillashib boradi.
Yüklə 25,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin