Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi.
A1+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
121-124 -mavzular. Harfiy ifodalarga misol va masalalar yechish (4 soat). 125-127-mavzular. Tenglamaga olib kelinadigan masalalarni yechish (3 soat). 128-129- mavzular. Rost va yolg‘on mulohazalarga misollar (2 soat). 130-131-mavzular. Parallel va perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar (2 soat). 132-133-mavzular. Uzunlik va masofa o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar (2 soat). 134-135-mavzular. Yuz o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar (2 soat). 136-138-mavzular. Vaqt o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar. Kalendar (3 soat). 139-140-mavzular. Burchak turlari. Yoyiq burchak (2 soat). 141-143-mavzular. Burchak gradusi. 30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transportir yordamida o‘lchash. Soat millari (3 soat). 144-146-mavzular. Shakllarni burish. Burchak simmetriyasi (3 soat). 147-148-mavzular. Massa o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar (2 soat). Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 3 soat). Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 3 soat). Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 3 soat). Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 3 soat).