Mustaqil ishlash uchun masalalar
1. Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy soni
650 kishi, mehnatga layoqatli bo‘lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar soni 19,
ishchi bilan band aholi soni 380 bo‘lsa ishsizlik darajasini toping.
2. Aholi soni 200 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 112 mln. kishi, mehnatga
layoqatli yoshdagi aholi soni 160 mln. kishi, friksion ishsizlar 6 mln. kishi, tarkibiy
ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan.
Ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potensial YaIM 2500 shartli
birlikka teng. YaIMning siklik ishsizlik dinamikasiga ta’sirchanlik koeffitsenti 2,5.
Topilsin:
A)
ishsizlikning haqiqiy darajasi;
B) haqiqiy YaIM hajmi.
3. Ishsizlikning tabiiy darajasi 6 %, ishsizlikning haqiqiy darajasi 7,33 %,
potensial YaIM yiliga 3 %ga o‘sadi, YaIMning davriy ishsizlik dinamikasiga
ta’sirchanligi koeffitsenti 3 ga teng. Keyingi yilda
tabbiy ishsizlik darajasida
resurslarning to‘liq bandliligi ta’minlanishi uchun ishlab chiqarishning haqiqiy
darajasi qanday sur’atda o‘sishi lozim?
4. Ishsizlikning tabiiy darajasi 5 %, potensial YaIM 40 mlrd. so‘m,
ishsizlar
soni 1 mln. kishi, ish bilan bandlar 14 mln. kishi. Topilsin:
a) ishsizlikning haqiqiy darajasi;
b) YaIMning nisbiy va mutlaq uzilishi;
v) Haqiqiy YaIM hajmi.
5. Ishsizlik darajasi 8 %, ishchi kuchi soni 10 mln. kishi, aholi soni 19
mln.kishi, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 %.
Topilsin:
a)
ishsizlar soni;
b) YaIMning nisbiy va mutlaq uzilishi.
6. Aholi soni 27 mln. kishi, 14 mln. kishi-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va
maxsus davlat muassasalarida bo‘lgan
shaxslar; 1 mln. kishi-ishchi kuchi
tarkibidan chiqib ketdi. 2 mln. 400 ming kishi ishsizlar; 0.1 mln. kishi to‘liqsiz ish
kuni bandlar va ish qidirayotgan. Ushbu ma’lumotlar
asosida ishchi kuchi
sonini va ishsizlik darajasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: