7. Agar ishsizlik darajasi joriy yilda 7,6 %, ishsizlikning tabiiy darajasi 6 % bo‘lsa, real YaIM ni potentsial YaIM dan farqini hisoblang. Ouken koeffitsentini 3 ga teng deb oling.
8. Mamlakatdagi 16 va undan katta yoshdagi aholi soni 25 mln. kishini tashkil etsa va shu aholining 20 foizi ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketgan, biroq ulardan 10 foizi ishlayotgan shaxslar bo‘lsa, ishchi kuchi va iqtisodiy faol aholi sonini hamda bandlik darajasini aniqlang.
9. Mamlakatdagi katta yoshdagi aholi soni 150 mln. kishiga teng. Ish bilan band bo‘lganlar soni 90 mln. kishini, ishsizlik darajasi 25 foizni tashkil etadi. Ishchi kuchi va ishsizlar sonini aniqlang.
10. Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng bo‘lib, YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, ushbu yil uchun ishsizlikning haqiqiy darajasini hisoblang.
11. Joriy yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi, ishsizlikning tabiiy
darajasi 5 foizga teng. YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik
koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, potentsial YaIM 60 trln.so‘m bo‘lganda real YaIMni
hisoblang.
12. Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy soni 750 kishi, mehnatga layoqatli bo’lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar soni 20, ish bilan band aholi soni 380 bo’lsa ishsizlar sonini toping.
13. Aholi soni 300 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 122 mln. kishi, mehnatga
layoqatli yoshdagi aholi soni 170 mln. kishi, friktsion ishsizlar 6 mln. kishi, tarkibiy ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potentsial YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning tsiklik ishsizlik dinamikasiga ta’sirchanlik koeffitsenti 2,4.
Topilsin:
A) ishsizlikning haqiqiy darajasi;
B) haqiqiy YaIM hajmi.